Buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakalarning bosib olina boshlashi reja: Geografik kashfiyotlarning sabablari



Download 16,84 Kb.
bet1/6
Sana05.08.2021
Hajmi16,84 Kb.
#138962
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu 4


4-mavzu. BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR VA MUSTAMLAKALARNING BOSIB OLINA BOSHLASHI

Reja:

1. Geografik kashfiyotlarning sabablari.

2. Portugaliyaliklarning Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochishlari. G`arbiy Afrikadagi qul savdosi va Yevropa dalvatlarning istilochilik yurishlari.

Salib yurishlari vaqtida rivojlangan levant savdosi o’rta asr oxiriga kelib doimiy savdo aloqalari tusini oladi. SHarqdan keladigan har xil mollar - ziravorlar (murch, dolchin, qalampirmunchoq, muskat yong`og`i va shu singarilar), qand, zargarlik, attorlik mollari, SHarqning har xil matolari va boshqa mollar G`arbiy Yevropadagi yuqori va o’rta sinflarnnng iste’moliga tobora ko’proq kira boradi, Janubiy Italiya, Janubiy Fraktsiya SHarqiy Ispaniya (Kataloniya) shaharlaridagn savdogarlar SHarq bilan savdo qilishi natijasida juda katta boylik to’playdilar. Biroq XV asrning ikkinchi yarmida O’rta dengiz orqali bo’ladigan savdo inqirozga uchraydi. Bir qancha sabablar ilgari ham levant savdosining rivojlanishiga to’sqinlik qilib kelgan edi.SHarq mollari arablar, vizantiyaliklar, italyanlar va boshqa xalqlarning qo’lidan o’tganlngi tufayli ularning narxi benihoya oshib ketardi. G`arbiy va g`arbi-shimoliy Yevropa mamlakatlaridagi savdogarlar juda uzoqdagi SHarq bozorlariga borishlari amrimahol edi. YAqin SHarqnipg turklar tomonidan istilo qilinishi levant savdosining ahvolini yanada mushkullashtirdi. Turklarning talonchiligi, dengiz qaroqchiligi, savdo kemalaridan, karvonlar va bozorlardan juda ko’p xilma-xil soliqlar olinishi tufayli O’rta dengizning sharqiy qismi bilan savdo qilish xavfli, kam foyda keltiradigan bo’lib qoldi va bu savdo ahyon-ahyondagina bo’lib turdi. Hindistonga olib boradigan, hali turklar bosib olmagan birdan-bir yo’l - Misr orqali va Qizil dengiz orqali boradigan yo’l qolgan edi, holos. Ammo bu yo’lni arablar o’zlariga tamomila monopoliya qilib olgan edilar. Hatto venetsiyaliklar ham SHarqqa borganda faqat Aleksandriyagacha borar va u yerda ularni arab savdogarlari o’z ziravorlari bilan kutib olardilar. G`arbiy Yevropadagi turli mamlakatlarning savdogarlarn va dengizchilari arablar bilan turklarga duch kelmasdan Hindistonga boradigan boshqa yo’l topish ustida tobora ko’proq bosh qotira boshladilar.

Afsonaviy Hindistonni qidirib topishga Yevropaliklarni yana boshqa bir sabab ham qiziqtirgan edi. Yevropada tovar xo’-jaligining rivojlanishi qimmatbaho metallarni ko’proq talab qila boshlaydi. Oltin bilan kumush Yevropa feodallari va o’sib borayotgan burjuaziyaning xo’jalik maqsadlariga tobora ko’proq zarur bo’la boshlaydi. Ammo G`arbiy Yevropada himmatbaho metallar qazib olish ishlari juda sust rivojlanmoqda edi. SHarq bilan bo’ladigan savdo oltin va kumush masalasida qo’-shimcha -qiyinchilik tug`dirmoqda edi, Levant savdosining savdo

balansi Yevropa uchun foydasiz bo’lib qoldi. Yevropa SHarqnipg qimmatli g`aroyib. mollari evaziga o’zining qishloq xo’jalik va o’rmon xo’jaligi mahsulotlarini, mis, qalay, qisman movut va boshqa ayrim sanoat mollarini bera olardi. Yevropaning bu mollari har holda SHarq mollariga nisbatats umuman ancha arzon yurar va shuning uchun SHarqdan sotib olinadigan mollarning qiymatini qoplay olmas edi. SHunday qilib, Yevropaliklar har yili SHarqqa yetmay qolgan summaniig muayyan miqdorini qimmatbaho metallar bilan to’lashga majbur bo’lardilar, nati-jada oltin va kumush Yevropaga kirmas, balki undan SHarq mam-lakatlariga chiqib ketar edi.

SHu tarzda «oltin muammosi» juda tez hal etishni talab qiladigai keskin iqtisodiy muammoga aylandi. Hindistonga boradigan yangi dengiz yo’lini qidirish bilan birga Yevropalik-lar zo’r berib oltin qidirish payiga ham tushdilar. «Portuga-liyaliklar oltinni Afrika qirg`oqlaridan, Hindistondan va butun Uzoq SHarqdan qidirardilar, oltin shunday bir tilsimli so’z ediki, u ispanlarni Atlantika okeani orqali Amerikaga borishga undagan edi; oltin - oq tanlining o’zi kashf qilgan yangi qirg`oqda qadam qo’yishi bilanoq epg avvalo talab qiladigan narsasi bo’lib qoldi».

O’rta dengizda monopol vaziyatga ega bo’lganligi tufayli le-vant savdosidai har holda katta foyda olayotgan italyan sav-dogarlari emas, balki G`arbiy Yevropaning Atlantika okeaniga yaqin turgan boshqa mamlakatlaridagi savdogarlar va ular bilan bog`liq bo’lgan feodallar Hindistonga boradigan yo’lni qidirib topishdan ko’proq manfaatdor bo’lib chiqdilar. Portugaliya bilan Ispaniya birinchi navbatda ana shunday mamlakatlar edi.




Download 16,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish