Sen-Luida, gollandlardan tartib olingan Arguln va Gorida ham postlar qurildi. Gori tezda fransuzlarning G`abiy Afrikadagi asosiy bazasiga aylandi.
Ishchi kuchiga bo`lgan extiyoj qul savdosini o`sishShiga olib keldi. 17-asrda Amerikaga 2 mln.7500 ming qul kelirilgan. Bu Afrika xalqlari uchun fojiyaga aylandi. ZamindoShlarning guvoxlik berishicha har 6-ta Afrikalik yo`lda xalok bo`lgan.
Qul savdosi natijasida G`arbiy Afrikada ishlab chiqarish va mudofaa soxasi iqirozga uchradi va urf-odatlarni salbiy tomonga o`zgarishiga ma`naviy ta`sir ko`rsatdi.
Portugaliyada dengiz sayohatlariga hukumatning o’zi homiy-lik qilardi. Infant (SHahzoda) Genrix-Dengiz sayyohati (1460 yilda vafot etgan) G`arbiy Afrika qirg`oq bo’ylarini tekshirish uchun katta flot qurdi. 1445 yilda shahzoda Genrix hali hayot ekanligida portugaliyaliklar YAshil Burunni ochdilar. 1471 yilda ular Gvineyaga borib yetdilar va u yerda Oltin qirg`oq deb atalgan joyda kuchli harbiy faktoriya urdilar. Portugaliyaliklar janub tomonga siljishni davom ettirib, 1486 yilda Afrikaning janubidagi Bartolomeo Dias (1459-1500) tomonidan kashf etilgan Yaxshi Umid buruniga borib yetdilar. SHundan keyin qidirilayotgan Hindistonni topish ham qiyin bo’lmay qoldi. Vasko da Gama (1469-1524) boshchiligida to’rtta kemadan iborat kichik bir flotiliya 1497 yil yozida Lissabondan chiqib, 1498 yil bahorida Hindistonning g`arbiy qirg`oqlariga borib yetdi va Kalikuta shahriga tushdi. 1499 yilning avgustida sayyohlar kemalarga oltin va hind ziravorlarini ortib qaytib keldilar. Ikki yil davom etgan mashaqqatli dengiz sayohati vaqtida komapdaning 168 a’zosidan faqat 55 kishi tirik qoldi.
Vasko da Gamaning kashfiyoti Portugaliyada g`oyat katta ta’-sir qoldirdi. Bu kashfiyot munosabati bilan Portugaliya qiroli Monoelga (1495-1521) «Baxtiyor» laqabi berildi va «Hin-diston hokimi» degan unvon oldi.
Keyinchalik Portugaliyaning eng atoqli shoirlaridan Luis Kamoens Vasko da Gamaning sayohatiga atab «Luziana» degan katta bir doston yozadi (1572). Klassik dostonlar «Iliada», «Odisseya» va “Eneida”ga taqlid qilib, Kamoens o’z dostonini bunday deb boshlaydi: «Men Portugaliya qirg`oqlaridan chiqib, noma’lum dengizlar orqali yerning narigi tomoniga ketgan mashhur qahramonlar haqida ...mislsiz botirlik ko’rsatgan, dong`i ko’klarga yetuvchi yangi imperiyaga negiz solgan yengilmas jangchilar haqida kuylamoqchiman».
Hindistonning g`arbiy va qisman sharqiy qirg`oq bo’ylarini, shuningdek, Malakkani portugaliyalik boshqa admirallar -Almeyda (Portugaliya qirolining Hindistondagi birinchi noi-bi (1505-1508) va Albukerk (1509-1515) batamom bosib ola-dilar. Goa shahri (Kalikutaning shimolida) Portugaliya qiroli noiblarining poytaxti bo’lib qoladi. Qizil dengizning Hind okeaniga tutashadigan joyida qurilgan Adan shahri va Fors qo’ltig`idagi Ormuza shahrining bosib olinishi Portugaliyaning Hindistondagi hukmronligi uchun g`oyat katta ahamiyatga ega bo’ldi, bu shaharlar savdo va strategiya jihatidan muhim punktlardir. Bu bilan portugaliyaliklar Hindistondan Qizil dengiz orqali Aleksandriyaga o’tadigan va Hindistondan Mesopotamiya orqali Suriyaga o’tadigan eski savdo yo’llarini tamomila bekitib qo’ygan edilar. XVI asrning 20-yillaridayoq portugliyaliklar Zond arxipelagining anchagina qismini bosib olgan edilar. Ana shu tariqa qisqa bir muddat ichida Portugaliyaning katta bir mustamlaka imperiyasi vujudga keldi. Portugaliyaliklar ziravorlar savdosini o’z qo’llariga olib, italyanlarning savdo monopoliyasiga zarba berdilar. Aleksandriya va qisman Venetsiya o’rnini Portugaliyaning poytaxti Lissabon shahri egalladi.
Hindistonda, qisman Hindi-Xitoydagi (Malzchka) va Iidone-ziya orollaridagi asosiy mustamlakalaridan tashqari, portugaliyaliklar XVI asr boshlarida yana Amerikaning Braziliyasini ham bosib olgan edilar. Braziliya uzoq vaqt davomida Hindistonga boradigap ikki yo’l o’rtasidagi bekat bo’lib xizmat qilib kelgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |