V bob
GORIZONТAL ZOVURLARNII HISOBLASHNING ASOSIY MEТODLARI VA
ULARDAN FOYDALANISH
Keyingi yillarda gorizontal zovurlarni hisoblashning turli metodlari ishlab chiqildi.
Gorizontal (ochiq va yopiq) zovurlarni hisoblash zovur yotqizish chuqurligini
belgilashdan, ular oraligidagi masofani, 1 pog m zovurdan oqib keladigan suv miqdori
(m
3
/sutka) ni hamda zaxsizlantirilayotgan territoriyaning har gektaridani oqib ketadigan
zovur
suvi moduli, (l/seq)ni aniqlashdan iborat. Ana shu metodlardan uchtasi ayniqsa
muhim hisoblanadi: 1) sho’r yuvishdan keyin sizot suv sathining kritik davrga moslashish
intensivligiga (tezligiga) asoslanib zovurni hisoblab chiqish metodi (A.N.Kostyakov
metodi); zovur beqaror ishlaydigan rejimda uni hisoblash metodi (S.F.Averyanov metodi);
3) uzluksiz ishlaydigan zovurlarni zaxsizlantirilayotgan territoriyaning suv balansi asosida
hisoblash metodi (A.P.Vavilov metodi).
Sizot suvlari sathining kritik davrga moslashish intensivligiga qarab gorizontal
zovurni hisoblash.
Bu metod birmuncha
faraz qilishga asoslanadi, ya’ni unda zovur sistemasi faqat
sho’r yuvish tugagandan keyingina ishlay boshlaydi deb hisoblanadi. Sho’r yuvish
dpavrida sizot suvlar ∑∆h
i
miqdori qadar ko’tariladi, bu yerda ∆h
i
- yerlarni m
i
normadagi suv bilan bir marta yuvganda sizot suv sathining ko’tarilishi.
Hisoblar yordamida zovurlarning shunday parametrlari aniqlanishi kerakki, ular
sho’r yuvish natijasida ko’tarilgan sizot suvlar sathini toki kritik
davr boshlanguncha zax
qochirish normasiga qadar pasaytirish imkonini beradigan bo’lsin.
Ekish va vegetatsion sugorishlar boshlanadigan davrlarni kritik davr deb qabul
qilish mumkin.
Zovurni hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar bo’lishi zarur:
1)
umumiy sho’r yuvish normasi M
Yu ,
sho’r yuvish davomiyligi va yuva boshlash kuni;
2)
loyihalashtirilayotgan zovur uchastkasida sizot suvlarining vujudga kelgan rejimi, agar
bunday ma’lumotlar bo’lmasa, loaqal sizot suv sathining sho’r
yuvish boshlangan
paytdagi joylashish chuqurligi;
3)
tuproq gruntlarining suv – fizikaviy xossalari: g
,
ovakligi, chegaraviy dala nam sig
,
imi,
sho’r yuvish boshlangan paytdagi ҳaqiqiy namligi;
4)
sho’r yuvish davrida yuz beradigan bug
,
lanish va atmosfera yog
,
inlarining miqdori;
5)
gruntlarning geologik tuzilishi va suv o’tkazuvchi qatlamning
filtratsiya koeffitsiyenti;
6)
suv to’sar qatlamning turish vaziyati;
7)
sug
,
orish sistemasining FIK;
8)
asosiy qishloq xo’jalik ekinlarini sug
,
orish rejimi.
Sho’r yuvish normasi M
Yu
hisoblash yo’li bilan aniqlanadi (7 - § ga qaralsin) yoki
5 – jadval asosida qabul qilinadi.
Zovurni ana shu metod asosida hisoblab chiqish uchun sho’r
yuvish natijasida
sizot suvlarining sathi qanday balandlikkacha ko’tarilishini belgilab olishi zarur.
Sho’r yuvish normasi belgilab olingandan so’ng sho’r yuvish rejimini aniqlashga
kirishiladi. Bunda birinchi sho’r yuvish keyingilariga nisbatan kattaroq normada
o’tkazilishi kerak, chunki tuproqdagi tuzlarni eritish hamda aeratsiya zonasidagi tuproq
qavatini chegaraviy nam sig
,
imi darajasiga qadar namlantirish zarur.
Shundan kkkkeyingi
sho’r yuvishlarning vazifasi tuzlar bilan to’yingan sizot suvlarini zovurga chiqarib
yuborishdan iborat bo’ladi. Sho’r yuvishning ko’p marta o’tkazilishi garchi bu
operatsiyaning qiymati birmuncha ortib ketishiga olib kelsa – da, biroq tuproqshunoslar
ham, agranomlar ham yerlarning sho’ri ko’p martalab yuvilgan taqdirdagina eng katta
samaraga
erishiladi, deb hisoblaydilar.
Sho’r yuvish natijasida sizot suv sathining ko’tarilish balandligini aniqlashga
misol.
Avvalo sho’r yuvishning brutto normasi aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: