XVII – XVIII ASRLARDA XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA REJA: 1. XVII asr boshlarida yirik davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi.
2. “O’ttiz yillik urush”dan so’ng xalqaro maydondagi siyosiy voqealar.
3. Shimoliy urush tamom bo’lishidan to buyuk Fransiya burjua inqilobi boshlanguncha o’tgan davr ichidagi xalqaro munosabatlar.
Tayanch so’z va iboralar:Fransuz tili. “O’ttiz yillik urush”. Yevangeliya uniyasi. Katoliklar ligasi. Vestfaliya sulhi. Pireniya sulhi. Kyurfiristlar. Ispan merosi. Shimoliy urush. “Vorislik urushi”. Pyotr I. Yekatirina II. Nikita Ivanovich Panin. Rossiya – Turkiya urushi.
XVII asr boshlarida yirik davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi.XVII asrning xususiyati uning ilk yangi davrning qoq markazida bo’lganligidadir. Ushbu asrdagi xalqaro siyosatning mazmuni va tamoyillarini hosil qilgan davlatlararo ziddiyatlar, bir tomondan, XIV asrning merosiga tayanardi, ikkinchi tomondan, ushbu siyosatning kelgusi asrdagi rivojlanishini ma’lum darajada belgilab berardi. Ushbu davrda diplomatiyaning tutgan o’rni yanada ahamiyatli bo’lib bordi, diplomatik xizmataing oyoqqa turishi va takomillashishi ro’y bermoqda edi. Fransuz tili diplomatik aloqalarning rasmiy tiliga aylangan. XVII asrda paydo bo’lgan dastlabki gazeta va jurnallardan siyosiy va diniy kurashda, demak xalqaro munosabatlarda ham, keng foydalanilgan. Bundan tashqari, diniy omilning xalqaro munosabatlar holatiga ta’sir ko’rsatishi davom etgan. XVII asrning o’rtalarigacha davlatlararo ittifoqlarning shakllanishi va harbiy to’qnashuvlarning yuzaga kelishi asosan diniy tamoyillar negizida ro’y berardi. Ko’p hollarda xristian dinidagi turii konfessiyalar (yo’nalishlar va oqimlar)ning vakillari prinsipial raqiblar sifatida namoyon bo’lgan. Bu esa Yevropa mamlakatlarini o’zaro qarama-qarshiligiga olib kelgan.
Qudratli buyuk davlat – Usrnoniylar imperiyasi xalqaro munosabatlarning yana bir omili edi. Ulkan harbiy va moddiy kuchga ega bo’igan Istanbul Yevropada yuzaga kelayotgan xalqaro munosabatlar tizimida tnuhim rol o’ynagan. Yevropa davlatlari Usmoniylarga qarshi ittifoqlar tuzish yo’lidan borishgan, garchand imperiyaga yaqin joylashgan mamlakatlar tinchlikni saqlashga moyillik bildirsa ham.
Kuchlar muvozanatini saqlash g’oyasi xalqaro munosabatlar tizimida belgilovchi tamoyillardan biriga aylangan. Yirik davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlar alohida ahamiyatga ega edi. Ushbu davlatlar o’zlarining atrofiga o’rta va kichik mamiakatlarni jalb etib, turii ittifoqlar tuzishardi. Shu tarzda ko’plab mamlakatlar diplomalik va harbiy nizolarga tortilardi. Asosiy maqsad, birorta davlatning boshqa davlat evaziga haddan tashqari kuchayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va mavjud vaziyatni saqlash edi.
Tashqi siyosatning asosiy ko’rinishlaridan biri bu – davlatlar tomonidan olib boriladigan urushlar edi. Xalqaro nizolarni keltirib chiqaradigan sabablar orasida chegara mojarolari, sulolaviy da’volar, savdo monopoliyasi uchun kurash va boshqalami ko’rsatish mumkin. Uzoqqa cho’ziladigan tavsifga ega bo’lgan harbiy operatsiyalarning ko’lami kengayib bordi. Bu esa asosan yollanma askarlardan iborat doimiy armiyalarning mavjud bo’lishini talab qilardi.
“O’ttiz yillik urush” (1618–1648- yy.) XVII asrdagi xalqaro hayotning eng yirik voqeasi bo’ldi. Bu urush umumyevropa miqyosdagi birinchi urush edi. Uning girdobiga ko’plab mamlakatlar tortilib ketdi.
“O’ttiz yillik urush”ning boshlanishidan oldin Germaniyada ichki kurash ayj oldi. XVII asr boshida kontrreformatsiyaning hujumi kuchayib bordi. Protestantlar tomonidan erishgan mavqelarini birin-ketin yo’qotib borishi nafaqat umumgerman, balki xalqaro ta’sirga ega edi. Germaniyada diniy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvida Yevropa davlatlari orasidagi murakkab o’zaro bog’liklar va ziddiyatlar katta rol o’ynadi.
1608–1609- yillarda bu yerda nemis knyazlarining, konfessional (diniy) negizdagi ikki harbiy-siyosiy ittifoqi yuzaga keldi: Yevangeliya uniyasi (Injilchilar ittifoqi) va Katolik ligasi. Ikkala ittifoq ham xorijiy davlatlarning ko’magini oldi. Natijada Germaniyadagi har qanday harbiy to’qnashuv, davlatlar orasidagi keskinlashgan munosabatlar sharoitida, xalqaro nizoga aylanib ketishi mumkin edi. Aynan shunday holat “O’ttiz yillik urush”ning boshida ro’y berdi va Germaniya harbiy harakatlar maydoniga aylandi.
G’arbiy Yevropaning siyosiy hayotidagi asosiy to’qnashuvi – bu Ispaniya va Avstriya Gabsburglari ittifoqining Fransiya bilan qaytadan boshlanib ketgan kurashi edi. Ikkala kuch ham qit’aning ushbu qismida uslivorlikga da’vogarlik qilardi. Chexiyadagi iokal nizodan boshlangan urush Shimoliy Germaniyaga yoyildi, keyinchalik esa Markaziy Yevropaning ulkan hududlarini qamrab oldi. Yevropa mamlakatlarining muayyan tnanfaatlari urushning turli bosqichlarida ularning qatnashuvini belgilab berdi. “O’ttiz yillik urush” to’rtta davrdan iborat: “Chexiya davri” (1618–1629- yy.), “Daniya davri” (1625–1629- yy.), “Shvedlar davri” (1630–1635- yy.) va “Fransuz-shvedlar davri” (1635–1648- yy.). Dastlabki uch davrda Gabsburglarning qo’li baland keldi. Oxirgisida esa imperiya va uning ittifoqchilari mag’lub etildilar.
Kurashayotgan tomonlarning tinkasi quridi, asosiy harbiy harakatlar olib borilgan Germaniyada aholi xonavayron etildi. Natijada armiyalarning ta’minotini amalga oshirish imkonsiz bo’lib qoldi. Qolaversa, urushayotgan mamlakatlarning o’zida ijtimoiy vaziyat keskinlashib bordi. Urushni to’xtatish zaruriyati yuzaga keldi.
1638- yilning o’zidayoq Rim papasi va Daniya qiroli urushni to’xtatishga da’vat etishdi. Ikki yildan so’ng Regensburgdagi German reyxstagi tinchlik muzokaralarini boshlash g’oyasini qo’llab-quvvatladi. Biroq, sulhni diplomatik tarzda tayyoriashga kechroq kirishildi. Faqatgina 1644- yilda Myunsterda tinchlik kongressi ochildi; bu yerda imperator va Fransiya o’rtasida muzokaralar olib borildi. 1645- yilda Vestfaliyaning Osnabryuk shahrida esa shved-german munosabatlari muzokaralar orqali muhokama qilindi.
1648- yil 24- oktyabrda Myunster va Osnabryukda imzolangan tinchlik shartnomalari nafaqat ushbu o’ttiz yiilikka, balki reformatsion kuchlari va ularning raqiblari o’rtasidagi qarama-qarshiligi davriga yakun yasadi. Vestfaliya sulhida Yevropada hududiy o’zgarishlar masalalari hal etilgan edi. Bundan tashqari, Germaniya imperiyasining siyosiy tuzilishi, uning hududlaridagi din masalasi, Gollandiya va Shveytsariyaning mustaqilligini xalqaro huquq tomonidan tasdiqlanishi ham sulhida o’z aksini topdi. Tinchlik Yevropa davlatlari tartibiga va Germaniyadagi vaziyatga sezilarli o’zgarishlarni kiritgan majburiy yon berishlar natijasida tuzildi.
Hududiy jihatdan hammadan ko’proq Shvetsiya foyda ko’rdi. Bundan tashqari, Shvetsiya katta pul to’lovini qoiga kiritdi va o’zining xalqaro mavqeini oshirdi. Shvetsiya Boltiqda hukmronlik qilish maqsadiga erishdi va Yevropaning buyuk davlatiga aylandi.
Fransiya ham o’ziga kerakli siyosiy natijaga erishdi – Germaniya imperiyasining siyosiy mavqei zaiflashdi va uning hududiy tarqoqligi saqlanib qolindi. Hududlarga ega bo’lish masalasida esa Fransiya imperiya hisobidan nisbatan oz yerlarni qoiga kiritdi.
Vestfaliya sulhi (1648- yil, 24- oktyabr’) Germaniyaning siyosiy tarqoqligini ikki yuz yilga mustahkamladi. Nemis knyazlari o’zaro ittifoqlar va xorijiy davlatlar bilan shartnomalar tuzish huquqini qo’lga kiritishdi. Bu esa ularning suverenligini ta’minladi. Vestfaliya sulhidan so’ng imperiyaning o’zi, rasman saylanadigan monarx va doimiy reyxstaglari mavjud davlatlar ittifoqi bo’lib qolib, amalda “imperiya mansabdorlarning” quramasiga aylandi. Katolitsizm va lyuteranlik bilan bir qatorda kalvinizm ham imperiyada rasmiy din maqomini oldi. Vestfaliya sulhi natijasida Ispaniya urushlarining bir qismini yakunladi, xolos: Fransiyaga qarshi harbiy harakatlar davom ettirildi. Ular orasidagi tinchlik faqatgina 1659- yilda tuzildi. Gabsburglarning Yevropadagi ustuvorligiga Vestfaliya sulhi barham berdi. Yagona xristian imperiyasini barpo etish g’oyasi, hamda Ispaniyaning katolik zo’ravonligi puchga chiqdi. Shunday bo’lsa ham, Avstriya imperiyasining o’zi urushda mag’lubiyatga uchramadi, nemis knyazlari esa (ham katoliklari, ham protestaritlari) o’zlning to’la suverenligida mustahkamianishdi. Vestfaliya sulhi, Yevropada kuchlarning yangi nisbatini o’rnatib, ikki yirik tarixiy davrning chegarasiga ayiandi.