Og’iz inshoatlari usti yopiq zovur va ochiq suv to’plagichlar bilan yoki kollektorlar
bilan tutashgan joylarda quriladi. Zovurlarning suv yig’gichlarga, suv yig’gichlarning
kollektorlariga, kollektorlarning suv qabul qilgichlarga borib quyiladigan og’iz
qismi zax
qochirish sistemasidagi ma’suliyatli joy hisoblanadi. Suv qabul qilgichdagi tuproqli yon
bag’irlar o’pirilib, zovur og’zining baland gorizontlar bilan to’silib qolishi yoki uni
hayvonlar shikastlantirishi butun sistemaning normal ishlashini izdan chiqaradi, shuning
uchun bunday hollarga yo’l qo’yilmaydi.
Kollektor – zovur tarmoqlari elementlarini vertikal tutashtirish prinsiplari.
Katta va
kichik kanallardagi suv sathlarini tutashtirishning asosiy qoidasi shundan iboratki, kichik
kanalning suvi kattasiga quyilayotganda katta kanal qichigida suvning dimlanishiga yo’l
qo’ymasligi kerak. Masalan gruppaviy suv yig’gichga borib tutashadigan zovurning
og’zida suv sathining otmetkasi yig’ish zovuridan pastda bo’lishi kerak. Zovurning og’iz
(quyilish) qismidagi chuqurligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
42-расм
2
)
(
l
I
I
t
t
Ж
З
ОГИЗ
, (4.29)
bu yerda: t – zovurlarning loyixaviy chuqurligi;
I
Z
– zovur
tubining nishabi;
I
J
– zovur trassasi o’tgan joyning nishabi;
l – zovur uzunligi, m.
Katta kanal bilan kichik kanaldagi suv sathining farqi 0,1 – 0,25 m bo’lganda
kollektor – zovur iarmoqlarining yaxshi ishlashi ta’minlanadi.Ammo zax qochirish
sistemasining har bir navbatdagi pog’onasi suv qabul qilgich tomonga qarab shunchadan
pasaya borishi katta kollektorlarning juda chuqurlashib ketishiga
olib keladi va qabul
qilgichlardagi suv sathining ham ancha pastda bo’lishini talab etadi.
Kollektor – zovur tarmoqlarini ikki variantda vertikal tutashtirish mumkin:
a) gorizontni gorizontga ulash – bunday tutashtirish unchalik ishonchli bo’lmaydi –
yu, ammo suv qabul qilgichni osongina tanlab olishni ta’minlaydi;
b) katta kanal gorizontini kichik kanalning tubiga to’g’irlab ulash – bunday
tutashish birinchisidan ancha yaxshi – yu, ammo suv qabul qilgichni tanlash bir oz
qiyinroq bo’ladi.
Rostlovchi chuqur zovurdagi suv sathini eltuvchi kollektordagi suv sathiga
tutashtirish qiyin bo’lgan yerlarda (joyning nishabligi kam – 0,0002 dan oz bo’lgani
sabablil) suvni nasos stansiyalari bilan chiqarib yuborish kollektor – zovur sistemasi
quriladi (Хorazm, Qoraqalpog’iston va boshqalar).
Kollektor – zovur tarmoqlari armaturasi deganda zovurlar
kollektorlar orqali chetga
oqizib yuboriladigan suvlarning sarflanishini rostlab turuvchi gidrotexnika inshoatlari
tushiniladi.
Тarmoqlardagi gidrotexnika inshoatlari kollektorlardagi suvning tezligini rostlab
turishga (sharsharalar, tezoqarlar), zovur va kollektorlarda suv sarfini o’lchab turishga
(suv o’lchash inshoatlari: reykali gidrometrik postlar,
rotorli oqim schyotchiklari, suv
sarfini o’lchaydigan dinamik qo’rsatqichlar va boshqalargal) mo’ljallanadi.
Kontrol savollar
1.
Zax qochirishdagi rostlash tarmoqlarining vazifasi nimadan iborat?
2.
Тurli tabiiy va xo’jalik sharoitlaridagi zax qochirish normasini ta’riflab bering.
3.
Zax qochirish normasi bilan kritik chuqurlik o’rtasida qanday tafovut bor va ular
qanday faktorlarga bog’liq?
4.
Zovurlarga suv qo’shilib turishiga va suv to’sar qatlamning holatiga qarab ularga
suv kelib ketishini aniqlashda qo’llaniladigan hisoblash sxemasi va formulasini
keltiring.
5.
Vertikal zovurga (mukammal tipdagi quduqqa)
suv qelib qetish sxemasi va
formulasini keltiring.
6.
Zovur modulini aniqlash, uning qiymatini belgilash. Unga ta’sir etuvchi faktorlar
nimalardan iborat?
7.
Sizot suvlarining kritik minerallanishini ta’riflab bering (tuproq xlorid – sulfat va
xlorid tuzlar bilan sho’rlanganda uning o’lchamlari).
8.
Qritiq zovur oqimi nima va u qanday aniqlanadi?
9.
Sug’oriladigan yerlardagi chuqur, siyrak va yuza zich zovurning afzalliklari va
kamchiliklarini texnika – iqtisodiy jihatdan asoslab bering.
10.
Zovur qanday qilib gidravlik hisoblanadi(hisoblash
sxemasi va nomogrammalardan
qanday foydalaniladi)?
11.
Zax qochirish va sug’orish tarmoqlarini planli ravishda o’zaro bog’lab
joylashtirishning xususiyatlari, maqsadga muvofiqligi nimadan iborat?
12.
Zovur qurish texnologiyasini va zovurni loyixalash hamda qurishda filtr qoplami
hisobini siz qanday tushunasiz?
13.
Rostlovchi zax qochirish tarmoqlaridagi qanday inshoatlarni bilasiz?
14.
Kollektor – zovur tarmoqlari elementlarini vertikal tutashtirish prinsiplari qanday
(formulalar bilan asoslab bering)?
15.
Zovur qazish chuqurligi qanday aniqlanadi?
16.
Suv to’sar qatlam turli holatlarda joylashganda zovurlar oralig’i qanday
aniqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: