Зовурлаштирилган территориянининг сув – туз баланси



Download 9,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/91
Sana01.03.2023
Hajmi9,77 Mb.
#915374
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
Bog'liq
bQRQb0ycafFo826gLdD1hUHQ0UQTKWedemhaizKH

Kontrol savollar 
 
1
. Zovurni sizot suv sathining pasayish intensivligiga qarab hisoblash metodi
nimadan
iborat? 
2. Zovurli fonda sizot suvlarining loyixaviy rejimlari qanday hisoblab chiqiladi? 
3.Zovur beqaror rejimda ishlaganida uning parametrlari (S.F.Averyanov usulida) 
qanday hisoblab chiqiladi?
4. Zovurlarning butun yil davomida to’xtovsiz ishlashiga asoslanib, ularni grafik
usulda hisoblash to’g
,
risida gapirib bering. 
5. Zovurlar o’rtasidagi kerakli masofani aniqlashning qanday metodlari bor?
6. Zovur parametrlari analogiyalar metodi asosida qanday aniqlanadi?
7. Ortiqcha namiqqan va nam yetishmaydigan zonalardagi zax qochirish
tarmoqlarining xususiyatlari nimalardan iborat?
8.Gorizontal zovurni hisoblashning mavjud metodlari qanday afzallik va
kamchiliklarga ega? 
VI BOB 
 
VERТIKAL ZOVURLAR 
 
Vertikal zovurlarning afzalliklari va kamchiliklari 
Sug
,
oriladigan sho’r yerlarda gorizontal zovurlarni odatda 3 m chuqurlikda,
kollektorlarni esa undan ham chuqurroq joylashtirishga to’gri keladi, lekin oqma gruntlar
bunga imkon bermaydi. Bunday hollarda nasoslardan foydalaniladi, ya’ni zovurlarga oqib
kelgan suv kollektorlarga yoki ko’pincha kollektordagi suv qabul kilgichlarga nasoslar
yordamida o’tkazib yuboriladi. Muayyaye geologik va gidrogeologik sharoitlarda vertikal
zovur (quduq - zovur) dan foydalanish yaxshi samara beradi.
Mirzacho’l quruq yerlar o’zlashtrila boshlagan dastlabki yillarda usti ochiq
gorizontal zovur sizot suv sathining unga mahalliy suvlar qo’shilishidan ko’tarilmasligini
ta’minlar edi. Quriq yerlarni o’zlashtirishning davom ettirilishi va demak yerlarni
sug
,
orishning tobora orta borishi natijasida sizot suvlarga qo’shimcha, ya’ni, tashqi suvlar
qo’shila boshlandi. Hosildor yerlar qishloq xo’jalik oborotidan tushib, ayrim joylarda
sho’rxoklar paydo bo’ldi. Asosan natriy sulfat tuzlari (Na
2
SO
4
10H
2
O – glauber tuzi)
ko’pchilikni tashkil qilardi. 1964 yilda savxozdagi yer maydonining 40 protsentida sizot
suvlar sathi yer betiga tepib chiqdi. Kollektor tarmoqlarini 2 m ga qadar
chuqurlashtirishga oqma gruntlar imkon bermadi. O’sha qiyinchiliq yillarida vertikal zovur
katta rol o’ynadi, u sizot suvlar sathini jadallik bilan pasaytirib, tuproqning aktiv
qatlamida oson eriydigan tuzlar to’planishini cheklab qo’ydi. «Paxtaorol» savxozida
qo’llanilgan vertikal zovur quduqlari konstruksiyasi 49 rasmda ko’rsatilgan. 


Nasosli vertikal quduqlar tarmoqlarini kengaytirish Buxoro oblastida ayniqsa katta
istiqbolga ega, chunki bu oblastdagi jami sug
,
oriladigan maydon (370 ming ga) ning 60
protsenti kuchsiz sho’rlangan, 20 protsenti – o’rtacha va 20 protsenti kuchli darajada
sho’rlangan yerlardir. Olib borilgan eksperemental – ishlab chiqarish tadqiqotlari davrida 8
ta vertikal quduqdan foydalanish yuzasidan to’plangan materiallarni analiz qilish natijasida
(Х.A.Qodirov – SANIIRI) shu narsa aniqlandiki, har bir quduqning debitini loyixadagi 20 
– 25 l/sek o’rniga 30 – 35 l/sek gacha ko’paytirish mumkin ekan. Bir quduq yordamida
zaxsizlangan maydon 28 – 113 ga ni va uning ta’sir doirasi 300 – 600 m ni tashkil qildi. 
Quduqlardan foydalanish natijasida sizot suvlarining sathi 0,84 m pasaydi. 1961 yilda
8180 t, 1962 yilda 8439 t tuz chiqarib yuborildi. Yer ostidan olinishi lozim bo’lgan
chuchuk suvlardan (700 mln. m
3
chamasida) foydalanish yo’li bilan 70 ming ga
chamasidagi yangi o’zlashtirilayotgan yerlarni muntazam ravishda sug
,
orish mumkin.
Vertikal zovurlar sho’rlangan va qaytadan sho’rlanishga moyil bo’lgan yerlarning sho’rini
istalgan muddatlarda yuvish imkonini beradi. 
Hisoblarning ko’rsatishicha, Buxoro vohasida 198 ming ga yerni melioratsiya
qilish uchun 655 ta quduq qurish talab etiladi (bitta quduq joyining gidrogeologik – 
litologik sharoitlariga qarab 150 ga dan 890 ga gacha maydonga xizmat qiladi). Qolgan
maydonda (172 ming ga chamasida) tegishli zovur qurish maqsadga muvofiq emas. 
Vertikal zovurdan foydalanilganda sizot suvlar albatta nasoslar yordamida chiqarib
yuborilishi kerak, shuning uchun bunday zovurdan faqat suv o’tkazuvchi gorizontni
tashkil etuvchi barcha suv o’tkazuvchi qatlamlar o’rtasida gidravlik bog
,
lanish mavjud
bo’lgan joylardagina foydalanish mumkin. Agar tuproq qavati tagida yotuvchi suv


o’tkazuvchi qatlam ancha qalin va suv o’tkazuvchanlik xususiyati yaxshi bo’lsa, vertikal
zovur yaxshi natija beradi. 
Vertikal zovur (quduq - zovur) gorizontal drenajga nisbatan quyidagi afzalliklarga
ega:
1) sizot suv sathini juda chuqurlikkacha pasaytirish imkonini beradi; 
2) quduqlardan tortib chiqariladigan yer osti suvlaridan qishloq xo’jalik ekinlarini
sug
,
orish va aholini suv bilan ta’minlashning qo’shimcha manbai sifatida foydalaniladi; 
3) yer qazish ishlari hajmi ancha kamayadi; 
4) sizot suvlar har qanday holatda bo’lgan joylarda va yilning istalgan faslida
bularni qurish mumkin bo’ladi.
Suv o’tkazuvchi mayda zarrachali gruntlarda 1 m chuqurlikka to’g
,
ri keladigan
debitning kichikligi va nisbatan ekspluatatsiya xarajatlarining (elektr energiyasining
sarflanishi ekspluatatsiya qilish shtatining saqlanishi va remont qilib turish zarurligi va
ҳ.k.lar) ko’pligi vertikal zovurning kamchiligi hisoblanadi. 

Download 9,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish