marzalarning chegaralari planda aniqlanib va rejalab chiqilgandan keyingina kirishiladi.
Qurilish ishlari olib borilayotganda nishabliklarga qattiq rioya qilinadi. Тransheya, nov,
quvur tublarining asosiy otmetkalari nivelir yordamida, oraliq otmetkalari esa vizirqlar
yordamida aniqlab chiqiladi. Zax qochirish tarmoqlaridagi
asosiy inshoatlar qurilishi
boshlanmasdan avval tayyorgarlik ishlari olib boriladi: ish polosasi o’simlik, har xil
toshlardan tozalanadi va tekislab chiqiladi. Ish katta kanallardan boshlanadi. Dastlab
xo’jaliklararo kollektorlar, so’ngra, xo’jalik kollektorlari qaziladi, oxirida suv to’plash va
birlamchi zovurlar kovlanadi. Har bir kanal alohida – «pastdan yuqoriga» tomon qazib
boriladi, aks holda kanal transheyasiga suv yig’ilib qolishi,
bu esa mexanizmlarning
unumli ishlashiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Usti ochiq zovurlar tubining eni qurilishda ishlatiladigan mexanizmlar gabaritiga
qarab (0,7 – 1,0 m) olinadi.
Iqtisodiy muloxazalarga ko’ra draglayn va ditcher bilan uskunalangan bir kovshli
ekskovator bilan kavlanganda yo’l qo’yiladigan o’rtacha minimal ish hajmi ekskovator
qovshi sig’imidan kamida yetti marta katta bo’lishi kerak. Chuqurligi 3 m bo’lgan tik
devorli transheyalar teskari lopatali bir kovshli gusenitsali (kovshning sig’imi 0,5 – 1,0
m
3
) ekskovatorlar bilan yoki bo’ylama qaziydigan ko’p kovshli transheya qazgichlar
bilan kovlanadi.
Zovur kanallari va transheyalari ko’pincha draglayn tipidagi (kovshning sig’imi
0,5 – 1,0 m
3
) ekskovator bilan kovlanadi. Kelajakda zovur yotqizish kombaynlaridan
ko’prok foydalaniladi. Bo’ylamasiga qazish paytida bu ekskovatorning qazish salmog’i
12 – 15 m
3
ga yetadi. Ekskovator kanal o’qi bo’ylab
harakatlanib, qazilgan tuproqni
ikkala tomonga o’yib ketadi. Ish hajmining salmog’i juda katta (40 – 50 m
3
) bo’lgan
hollarda ekskovator uch marta yurib o’tadigan kovlash sxemasi qo’llaniladi.
Bo’ylama kovlashda zovur tubining eni kovshning enidan 10 % katta, dioganal
bo’ylab kovlanganda 50 % katta bo’lishi, ko’ndalangiga kovlashda esa – kovshning bir
yarim barobar uzunligidan ham kattaroq bo’lishi kerak. Zovurlar tubining minimal eni
ekskovator kovshining kattaligiga va zovurning qanchalik chuqur bo’lishiga bog’liq
ekanligi quyida ko’rsatilgan (A.A.Rachinsqiy ma’lumotlari, 1963).
Zovurlar chuqurligi,m
Zovurlar tubining minimal eni,m
Draglayn – qovshi 0,5 m
3
Qovshi 0,25 – 0,35 m
3
<2,5
>3,0
1,0
0,7 – 0,8
Тuproq uyumining tagidan zovur kanalining yoqasigacha bo’lgan
oraliq basharti
shu zonadan yo’l o’tishi belgilangan bo’lsa – 3 m, agar yo’l o’tmasa – 1 m bo’ladi.
Тuproq uyumlari (marzalar)ning balandlligi 1,0 – 1,5 m. Yog’inlarning ularni o’zan
ichiga yuvib tushirmasligi uchun ikki yon bag’ri greyderlar bilan tekislab qo’yiladi.
Тuproq uyumlarini buldozerlar, greyderlar bilan zovurdan nariga, sathi zovur
chetidan I > 0,03 nishabda bo’lgan joylarga olib borib tashlanadi va dala yo’llariga
ko’tarma qilib yotqizish uchun foydalaniladi.
Usti yopiq zovur uchun transheya qazilganda tuproq bir tomonga uyib ketiladi.
Filtr qatlami yotqizilgandan keyin qovlab chiqarilgan tuproq buldozerlar yordamida
transheyaga ikki qavat qilib bostiriladi: avval quvurlar ustidan 0,5 m balandlikkacha 0,1
– 0,2 m holida yotqiziladi, so’ngra transheyaning qolgan qismi batamom ko’mib
yuboriladi. Тransheya ustiga (gruntning cho’kishini hisobga olib) 0,4
m balandlikda
tuproq uyub qo’yiladi.
Quruvchilar zax qochirish tarmoqlari loyixasiga to’la muvofiq ravishda,
shuniningdek, yer qazish ishlari hajmini aniqlash uchun birlamchi zovurlar, suv yig’ish
zovurlari va kollektorlarning bo’ylama va ko’ndalang profillarini chizib chiqadilar (40 –
42 - rasmlar).
Usti yopiq zovurlardagi quvurlar usti tuproq bilan yoppasiga qavatma – qavat qilib
qo’miladi. Birinchi usul quvurlar kalta bo’lganda (43 - rasm), ikkinchisi esa uzun quvurli
drenajlarda qo’llaniladi.
0,005 mm dan mayda zarrali soz tuproqlar filtr uchun yaramaydi. Zarralari 0,25
mm dan 20 mm gacha bo’lgan qum va shag’al aralash gruntlar fmltr materiali xizmatini
o’tashi mumkin. Filtr sifatida joylashtirilgan qumlarning filtrlash koeffitsiyenti 5 m/sutka
dan kam bo’lmasligi kerak. Ignasimon va plitkasimon shakllardagi
maydalangan tosh
siniqlarini filtr materiali sifatida ishlatish tavsiya etilmaydi. Filtr materiallarining
diametrlari quyidagicha bo’lishi kerak.
Qumli gruntlar
Shag’al aralash gruntlar
Mayda
O’rtacha
Yiriq
0,25 – 0,5
0,5 – 1,0
1,0 – 2,0
Mayda
O’rtacha
Yiriq
2,0 – 4,0
4,0 – 10,0
10,0 – 20,0
bu yerda: D
50
- filtr materiali zarralarining diametri, qolgan zarralarning 50 protsenti
og’iligi jihatidan
bu miqdordan kichikdir;
d
50
– grunt zarralarining diametri.
Gruntning nojinslik koeffitsiyenti:
10
60
d
d
K
H
;
10
60
,
D
D
K
H
. (4.28)
d
60
- grunt zarralari diametri, qolgan zarralarning 60 protsenti vazn jihatidan undan
kichikdir;
d
10
- grunt zarralarining diametri, qolgan zarralarning 10 protsenti vazn jihatidan undan
kichikdir;
D
60
, D
10
– o’sha kattaliklarning o’zi to’kma material uchun.
40-
расм