Tana qoplag‘ichi.
Qushlar terisi pat bilan qoplangan. Patlar tu-
zilishiga ko‘ra kontur patlar va parlarga bo‘linadi. Kontur patlar
vazifasiga binoan kontur-qoplag‘ich (tana yuzasidagi patlar), qoqish
(qanotlar), boshqarish (dum), momiq patlarga ajratiladi. Pat ingichka
va qattiq o‘zakdan hamda uning ikki tomonida joylashgan keng va
yumshoq yelpig‘ichdan iborat. Pat yelpig‘ichi o‘zakdan chiqib, ket-
ma-ket ikki marta shoxlanadigan muguz o‘siqchalarning qalin to‘ri-
dan hosil bo‘ladi. Pat o‘qining pastki yelpig‘ichsiz uchi teridagi pat
xaltasiga kirib turadi. Pat o‘zagidan chiqadigan 1-tartib o‘siqchalar
o‘zaro parallel joylashgan. Har bir o‘siqchaning ikki yonida yanada
ingichkaroq 2-tartib o‘siqchalar joylashgan. Bir-biri ning ustiga tushib
turadigan yondosh o‘siqchalar juda mayda ilgakchalar yordamida
qo‘shilib ketgan (82-rasm). Patlar yengil, egiluvchan va deyarli havo
Do'stlaringiz bilan baham: |