Nasliga g‘amxo‘rlik qilish. Qushlarning nasliga g‘amxo‘rlik
qilishi tuxum bosish, jo‘jalarni boqish, isitish va ularni himoya
qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tug‘ilganida dushmani-
ga tashlanib, jo‘jalarini himoya qiladi. Birgalikda uya quradigan
qushlar, masalan, chug‘ur chuqlar dushmanini sezganida ovozi ning
boricha shov
qin solib, boshqa qushlarni yor
damga chaqiradi. Jo‘ja
ochadigan qushlarning urg‘ochisi xavf tu
g‘il
ganida tovush bilan
jo‘jalarini ogohlantiradi; jo‘jalari darhol bekinib oladi. Ona qush
esa dushmanga tashlanadi. Yo‘rg‘a tuvaloqning urg‘ochisi yirtqich
hayvonning e’tiborini o‘ziga tor
tish va jo‘jalaridan uni nari
roqqa
olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib
qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura bosh-
laydi. Qushlar oziq bo‘ladigan narsa topganida ham ovoz chiqa-
rib, jo‘jalarini chaqirib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |