Zoologiya fanlari va tadqiqot metodlari Zoologiya fanlari sistemasi



Download 476,47 Kb.
bet9/15
Sana14.04.2022
Hajmi476,47 Kb.
#549961
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Zoologiya fanlari va tadqiqot metodlari Zoologiya fanlari sistem

Nafas olishi va ayirishi. Tufelka barcha sodda hayvonlar kabi tana yuzasi orqali suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan keraksiz mahsulotlar va ortiqcha suv tanasining oldingi va keyingi qismida joylashgan qisqaruvchi vakuolalar yordamida chiqarib tashlanadi. Har bir qisqaruvchi vakuola yig‘uvchi uzun naychalar, suyuqlik saqlovchi pufakchalar va chiqarish naychasidan iborat. Suv va moddalar almashinuvining keraksiz mahsulotlari dastlab yig‘uvchi naychalarga, ulardan vakuola pufakchasiga o‘tadi. Pufakcha devori qisqarishi tufayli suyuqlik chiqarish naychasi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Tufelka tanasida nerv tolalari topilmagan. Lekin u harorat, kimyoviy, Yorug‘lik va turli mexanik ta′sirni sezish xususiyatiga ega.
Harakatlanishi. Tufelka hujayrasi sirtida joylashgan kiprikchalarning bir me’yorda tebranishi natijasida suzib yuradi. Kiprikchalar tana sirtida spiral qator hosil qilib joylashganligi sababli tufelka o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat qiladi.
Ko‘payishi. Tufelka jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishi oziq mo‘l bo‘lgan qulay ob-havo sharoitida sodir bo‘ladi. Jinssiz ko‘payishi katta va kichik yadrolar qobig‘ining yemirilishidan boshlanadi. Shundan keyin tufelka tanasi o‘rta qismidan ingichka tortib, ikkiga ajraladi va ikkita yosh tufelka hosil bo‘ladi. Har qaysi yosh tufelkalarda yetishmagan organoidlar va yadrolar qayta tiklanadi.
Jinsiy ko‘payishi ikkita tufelkaning og‘iz oldi chuqurchasi joylashgan tomoni bilan yaqinlashuvidan boshlanadi. Har ikkala tufelkada pellikula qobig‘ining bir-biriga tegib turgan joyi eriydi va ularning sitoplazmasi o‘rtasida bog‘lanish hosil bo‘ladi. So‘ngra katta yadro yemirilib, sitoplazmaga tarqalib ketadi va kichik yadro bir necha marta bo‘linadi. Dastlab kichik yadro 2 marta bo‘linib, 4 tadan yadrocha hosil qiladi. Ularning uchtasi yemirilib ketadi, qolgan bittasi ikkiga bo‘linadi. Hosil bo‘lgan yadrolardan biri harakatchan, ikkinchisi harakatsiz bo‘ladi. Infuzoriyalar harakatchan yadrolarini almashinishadi. Almashingan harakatchan yadrolar harakatsiz yadrolar bilan qo‘shiladi. Ana shundan so‘ng infuzoriyalar ajralib ketadi. Ulardagi yadro ikkiga bo‘linib, biridan kichik yadro, ikkinchisidan katta yadro hosil bo‘ladi. Bu hodisa ko‘p hujayrali hayvonlarning urug‘lanishini eslatadi. Infuzoriyalarning jinsiy ko‘payishi kon’yugastiya deyiladi. Jinsiy ko‘payishdan so‘ng infuzoriyalar yana jinssiz ko‘payishga kirishadi. Bunday ko‘payishning mohiyati ikkita har xil organizm o‘rtasida irsiy belgilar almashinuvidan iborat. Jinsiy ko‘payishda infuzoriyalar soni ortmaydi, lekin ularning nasli yaxshilanadi, yashovchanligi oshadi. Infuzoriyalar ham noqulay sharoitda sista hosil qiladi.

Download 476,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish