Zoologiya fanlari va tadqiqot metodlari Zoologiya fanlari sistemasi



Download 476,47 Kb.
bet5/15
Sana14.04.2022
Hajmi476,47 Kb.
#549961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Zoologiya fanlari va tadqiqot metodlari Zoologiya fanlari sistem

Bir hujayralilar – PROTOZOA kenja dunyosi

Bir hujayrali hayvonlar bitta hujayradan tashkil topgan; ko‘pchiligi mikroskopik kattaliqlagi organizmlar. Hamma hujayralarga o‘xshab, bir hujayralilar ham hujayra qobig‘i, sitoplazma va uning ichida joylashgan bitta yoki bir nechta yadro va boshqa organoidlardan tashkil topgan. Lekin bir hujayralilar tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan mustaqil moddalar almashinuvi, harakatlanish, ta′sirlanish va ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lishi bilan ko‘p hujayralilarning alohida olingan bitta hujayrasidan farq qiladi.


Bir hujayralilar sitoplazmasi ikki qavatdan iborat. Sitoplazmaning tashqi tiniq qavati ektoplazma, ikki donador qavati endoplazma deb ataladi. Odatda hujayra organoidlari ana shu endoplazmada joylashgan. Bir hujayrali hayvonlar hamma tirik organizmlar kabi erkin harakatlanish, ta′sirlanish, oziqlanish va ko‘payish xususiyatiga ega.


Sarkomastigoforalar – SARCOMFSTIGOPHORA tipi
Bu tipga mansuv hayvonlar soxta oyo‘qlar yoki xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ular dengiz, chuchuk suv havzalari va nam tuproqlarda hayot kechiradi. Shuningdek, ular orasida turli hayvonlar va odam organizmida parazitlik qilib, og‘ir kasallik keltirib chiqaradigan turlari ham bor. Bu tipga 18000 ga yaqin tur kiradi. Sarkomastigoforalar sarkodalilar va xivchinlilar sinflariga bo‘linadi.
Sarkodalilar, ya’ni soxta oyo‘qlilar - Sarcodina sinfi.
Sarkodalilar sinfiga hujayra sirtida qattiq po‘sti bo‘lmaydigan bir hujayrali hayvonlar kiradi. Qattiq po‘sti bo‘lmasligi sababli ular hujayrasining shakli doimiy bo‘lmaydi; sitoplazmasi turli o‘simtalar hosil qilib turadi. Bu o‘simtalar harakatlanish vazifasini bajarishi tufayli soxta oyo‘qlar deb ataladi. Sarkodalilar vakili oddiy amyoba –Amoeba proteus 0,3-0,5 mm kattalikda, chirindiga boy ko‘lmak suvlarda va hovuzlarda yashaydi (1-rasm). Hujayrasida qattiq qobiq bo‘lmaganligi shakli doimo o‘zgarib turadi. Sitoplazmasi rangsiz tiniq va quyuqroq tashqi- ektoplazma va donador, suyuqroq ichki- endoplazmadan iborat.
Hayot kechirishi. Amyobaning sitoplazmasi doim harakatlanib turishi tufayli sitoplazma sirtida turli shakldagi soxta oyo‘qlar deb ataladigan o‘simtalar hosil bo‘lib va yo‘qolib turadi. Soxta oyo‘qlari yordamida amyoba harakatlanadi va ozig‘ini tutadi. Harakatlanayotgan amyoba duch kelgan turli bir hujayrali suvo‘tlari, bakteriyalar va boshqa mayda organizmlarni soxta oyo‘qlari yordamida qamrab oladi. Tutilgan oziq sitoplazmaga o‘tganida unga bir tomchi hazm shirasi ajralishi bilan hazm vakuoli shakllanadi. Oziq hazm vakuoli bilan birga sitoplazma bo‘ylab harakatlanadi va hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lmay qolgan oziq sitoplazmaning to‘g‘ri kelgan joyidan chiqarib yuboriladi.
Amyoba sitoplazmasiga hujayra membranasi orqali tashqi muhitdan doim suv diffuziya orqali o‘tib turadi. Sitoplazmada joylashgan qisqaruvchi vakuol yordamida amyoba hujayrasidan ortiqcha suv va moddalar almashinuvining zararli mahsulotlari chiqarib yuboriladi. Qisqaruvchi vakuolaning faoliyati tufayli sitoplazmadagi suv doim yangilanib turadi. Suv bilan birga sitoplazmaga nafas olish uchun zarur bo‘lgan kislorod ham kirib turadi. Kislorod ishtirokida sitoplazmadagi murakkab organik moddalar oddiy moddalarga parchalanadi. Natijada organizmning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiya va zararli bo‘lgan karbonat angridrid gazi yoki boshqa moddalar hosil bo‘ladi. Karbonat angridrid gazi tana yuzasi orqali, zararli moddalar qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqariladi. Hosil bo‘lgan energiya amyobaning hayot faoliyati uchun sarflanadi.
Ko‘payishi. Amyoba faqat jinssiz ko‘payadi. Qulay sharoitda amyoba yadrosi bevosita ikkiga bo‘linadi. Shundan so‘ng sitoplazma ham ikkiga bo‘linadi va ikkita yosh amyoba hosil bo‘ladi. Ular birmuncha vaqt oziqlanib, o‘sadi. Ana shundan keyin bo‘linish yana takrorlanadi. Noqulay sharoitda amyoba yumaloqlanadi va sitoplazmasi atrofiga qalin qobiq hosil qilib, sistaga aylanadi. Sista amyobani noqulay sharoitdan himoya qilishi bilan birga uni shamol va chang zarralari orqali tarqalishiga ham imkon beradi. Qulay sharoit kelishi bilan sista yorilib, undan amyoba chiqadi va uning hayoti davom etadi.
Sarkodalilarning xilma-xilligi. Amyobalar orasida odam va hayvonlar organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham bor. Dizenteriya amyobasi juda mayda 0,04 mm bo‘lib, juda kalta to‘mtoq soxta oyo‘qlar hosil qiladi. Amyoba odamning yo‘g‘on ichagining shilliq pardasiga kirib olib ko‘payadi. O’sib yetishgan amyobalar sistaga aylanib, ichak bo‘shlig‘iga tushadi. U yerdan axlat bilan tashqariga chiqib ketadi. Bir kecha-kunduzda kasal odam ichagidan amyobaning 300 mln ga yaqin sistasi chiqishi mumkin.
Parazit amyobalar qoramollar, it, ot, cho‘chqa va boshqa hayvonlarning ichagi va kasallangan tishlarida, shuningdek asalarilarning ayirish organlari naychalarida
ham topilgan. Hamma parazit amyobalar sistalar orqali yuqadi.
Sarkodalilar ildiz oyo‘qlilar, quyoshsimonlar va nurlilar kenja sinflariga ajratiladi. Ildizoyo‘qlilarga amyobalar, foraminiferalar va chig‘anoqli amyobalar turkumlari kiradi. Chig‘anoqli amyobalar chuchuk suvlarda va botqoqliklarda yashaydi. Ularning tuzilishi amyobalaga o‘xshash, lekin tanasi qum zarrachalari yoki organik moddalardan iborat chig‘anoq ichida bo‘ladi. Chig‘anoq og‘izchasidan soxta oyo‘qlar chiqib turadi.
Chuchuk suvlarda kattaligi 1 mm ga yaqin bo‘lgan, quyoshsimonlar ko‘p uchraydi. Ularning soxta oyo‘qlari endoplazmadan Quyosh nuri singari tarqaladi. Dengiz planktoni tarkibida hayot kechiradigan nursimonlar keng tarqalgan. Ularning tanasi sharsimon; soxta oyo‘qlari tanadan nurga o‘xshab taraladi; endoalazmasi or-

ganik moddalardan iborat ko‘pincha ichida joylashgan. Kapsuladan qumdan iborat ninchalari chiqib turadi. Nursimonlar nobud bo‘lgandan so‘ng skleti dengiz cho‘kib, tog‘ uni (trepel) deyiladigan cho‘kma hosil qiladi. Trepel jilvir qog‘ozlar, metallarga ishlov berishda foydalaniladi.Forimenferalar dengiz tubida va planktonda hayot kechiradi. Ularning bitta yoki birnechta


1-rasm. Oddiy amoeba.

kamerali chig‘anog‘i ohakdan iborat. Fominferalar Orol dnegizi va Qizilqum quruqliklaridan ham to‘pilgan. Forimenferalar Mezazoy erasi dengizlarida ayniqsa keng tarqalgan. Ular chig‘anog‘i qoldiqlari dengiz tubida to‘planib, ohaktosh konlarini hosil qilgan.
Xivchinlilar - Mastigophora sinfi

Bu sinfga mansuv hayvonlar sitoplazma o‘simtasidan hosil bo‘lgan bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ko‘pchiligida xivchin bittadan, ba’zan ikkita yoki undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Xivchinlilarning hujayrasi organik pellikuladan iborat qobiq bilan o‘ralgan. Shuning uchun ular tanasining shakli doimiy bo‘ladi. Xivchinlilar sinfi o‘simliksimon va hayvonsimon xivchinlilar kenja sinflariga bo‘linadi.

Download 476,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish