Zoologiya fanlari va tadqiqot metodlari Zoologiya fanlari sistemasi



Download 476,47 Kb.
bet12/15
Sana14.04.2022
Hajmi476,47 Kb.
#549961
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Zoologiya fanlari va tadqiqot metodlari Zoologiya fanlari sistem

BO’SHLIQ ICHLILAR – COELENTERATA TIPI
Umumiy tavsifi. Tipga 9000 dan ortiq turni o‘z ichiga olgan eng sodda tuzilgan ko‘p hujayralilar kiradi. Ularning to‘qima va tana organlari bo‘lmaydi. Ko‘pchilik bo‘shliqichlilar dengiz va okeanlarda, faqat ayrim turlari suvda hayot kechiradi. Ular orasida yakka va koloniya bo‘lib yashovchi, o‘troq va erkin yashovchi turlari bor.
Bo‘shliqichlilar tipiga kiruvchi hayvonlarning tanasi nurli, ya’ni radial simmetriyali bo‘ladi. Tanasi ikki qavat bo‘lib joylashgan hujayralardan iborat. Tashqi qavati ektoderma, ichki qavati entoderma deyiladi. Ektoderma va entoderma har xil tuzilishga ega bo‘lgan hujayralardan iborat. Bu ikkala qavatni hujayrasiz parda – mezogliy ajratib turadi. Ektoderma va entoderma tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Tana bo‘shlig‘i ichak vazifasini ham bajaradi. Bu bo‘shliq tashqi muhit bilan faqat og‘iz teshigi orqali bog‘langan. Nerv hujayralari ko‘pincha tanada tarqoq joylashgan. Bo‘shliqichlilar ektodermasida otuvchi hujayralar bo‘ladi.
Bu tip gidroid poliplar, sifomeduzalar va marjon poliplar sinflariga bo‘linadi.
Gidrozoilar - Gydrozoa sinfi
Gidrozoylar dengiz va okeanlarda koloniya bo‘lib yashaydi. Ayrim vakillari chuchuk suvlarda yakka hayot kechiradi. Gidrozoilar Gidroidlar-Gidroidea va Sifonoforalar-Siphonophora sinflariga bo‘linadi.
Gidroidlar – Gidroidea kenja sinfi. Gidra bu sinfning tipik vakili hisoblanadi.
Yashash muhiti va tuzilishi. Gidra tiniq suvli ko‘l, hovuz va daryolarning tinch oqadigan joylarida suv o‘tlari va boshqa narsalarga yopishib hayot kechiradi. Bizda gidrani bahor, yoz va erta kuzda uchratish mumkin. Uning stilindrsimon tanasining uzunligi 5-7 mm keladi. Tanasi ostki tomoni tovon deyiladi. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi. Gidraga singari o‘troq hayot kechiradigan bo‘shliqichlilar polip deyiladi (“polip”-“ko‘poyo” ma’nosini anglatadi). Tanasining yuqori uchida og‘iz teshigi joylashgan. Og‘iz teshigi atrofida 5-12 ta uzun va ingichka paypaslagichlari bo‘ladi.
Ichki bo‘shlig‘i va tana devori. Gidraning tanasi ichi bo‘sh xaltachaga o‘xshaydi. Bo‘shliq paypaslagichlarning ichiga ham davom etadi. Gidraning tashqi va ichki qavatini ajratib turadigan mezogliy pardasi juda yupqa bo‘ladi.
Ektoderma hujayralari. Gidra tanasi devorining tashqi qavati har xil hujayralardan tashkil topgan (6-rasm). Ularning ko‘p qismini teri-muskul hujayralari tashkil etadi. Hujayralarning kengaygan asosiy qismida qisqaruvchi muskul tolalari joylashgan. Teri-muskul hujayralari zich joylashganligi tufayli muskul tolalari gidraning butun tanasi bo‘ylab tortilgan bo‘ladi. Hujayralardagi muskul tolalari qisqarganida gidra tanasi kalta tortib yumaloqlanadi. Qaysi tomondagi muskul tolalari qisqarsa gidraning tanasi o‘sha tomonga egiladi. Tananing ikki yonidagi muskullar galma-galdan qisqarganida gidra goh paypaslagichlarida, goh tovonida turib, sekin-asta umbaloq oshib harakatlanadi. Gidra “odimlab” ham harakatlanadi. Buning uchun u avval tanasini egib, paypaslagichlari bilan o‘zi o‘tirgan joyga yopishadi. Shundan so‘ng tanasining keyingi qismini tortib olib, birinchi “qadami” ni tashlaydi. Keyin bosh tomonini oldinga suradi va yana tovon qismini tortib oladi. Bu gidraning ikkinchi “qadami” bo‘ladi. Gidra teri-muskul hujayralari yordamida paypaslagichlarini tortib olishi yoki cho‘zishi mumkin.
Tashqi qavat hujayralari orasida otuvchi hujayralar ham bor. Bunday hujayralar ayniqsa paypaslagichlarda juda ko‘p bo‘ladi. Otuvchi hujayralarning sirtida ingichka sezgir tukchalar, uning ichida otuvchi kapsulasi (pufakchasi) bo‘ladi. Kapsula kuydiruvchi suyuqlikka to‘la bo‘lib, suyuqliqla ingichka va uzun naychaga o‘xshash otiluvchi ipcha spiral o‘ralib turadi.
Suvda suzib yurgan jonivorlar (mayda qisqichbaqasimonlar, baliq chavoqlari) sezgir tukchalarga tegib ketgani8da kapsuladan otiluvchi ipcha otilib chiqib, hayvon tanasiga sanchiladi. Kapsula ichidagi zaharli suyuqlik ipcha naychasidan o‘lja tanasiga oqib o‘tadi. Odatda, gidraning paypaslagichlarida joylashgan yuzlab otuvchi hujayralarning ipchalari birdaniga otilib chiqadi. Zaharli suyuqlik ta′sirida mayda hayvonlar tezda nobud bo‘lishi yoki palaj bo‘lib qolishi mumkin. Tutilgan o‘ljani gidra paypaslagichlari yordamida og‘ziga tortib oladi va yutib yuboradi. Otuvchi hujayralar gidrani dushmanlardan himoya ham qiladi. Shuning uchun suv hayvonlari (baliqlar, hasharotlar) gidraga tegmaydi.
Ta′sirlanishi. Ektoderma qavati asosida uzun o‘simtali yulduzsimon hujayralar ham uchraydi. Nerv hujayralari tana bo‘ylab tarqoq joylashgan. Nerv hujayralarining uzun o‘simtalari bir-biri bilan tutashib, nerv to‘rini hosil qiladi. Nerv hujayralarining o‘simtalari teri-muskul va otuvchi hujayralar bilan ham tutashadi. Nerv hujayralari yordamida gidra mexanik ta′sir, suvning harorati, kimyoviy tarkibining o‘zgarishini va boshqa ta′sirlarini sezadi.

Download 476,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish