Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini о ‘ziga olgan bu xalq tarixida
birinchi marta ishchi va dehqordaming ittifoqdosh 0 ‘zbekiston Sovet
Sosialistik Respublikasi ta ’sis etildi, unga Tojikiston Avtonom SSR
kirdi“.
1925
yil 13 mayda SSSR Sovetlarining III s’ezdi Turkmaniston
va 0 ‘zbekiston respublikasining SSSR tarkibiga kirishi to‘g‘risida
shu respublikalar „xalqlarining erkin xohishi“ni inobatga olib
tasdiqladi.
Shu tariqa, 0 ‘zbekiston ittifoqdosh respublikasining qonunan
rasmiylashtirish jarayoni tugallandi va jahon xaritasida SSSR
tarkibidagi ittifoqdosh respublika bo‘lgan 0 ‘zbekiston
milliy sovet
respublikasi paydo bo‘ldi.
1937 yilda qabul qilingan 0 ‘zbekiston SSR Konstitusiyasida
yozib qo‘yilgan respublikaning suvereniteti, erkinligi, tengligi va
mustaqil rivojlanish huquqiga ega ekanligi haqidagi qoidalar faqat
,,qog‘ozda“ edi, xolos.
Amalda esa, 0 ‘zbekiston mustamlaka
mavqeini egallab, hamma jihatdan metropoliyaga butunlay qaram
bo‘lib qolgan edi. 20-yillarning boshlarida partiya X, XII, XIV,
s’ezdlari tomonidan ilgari surilgan xalqlaming iqtisodiy va madaniy
qoloqligini tugatish vazifasi ham hal qilinmadi, bu boradagi partiya
qarorlari bajarilmadi. Bu davrga kelib milliy respublikalar huquqlari
butunlay cheklab qo‘yildi. Ular yangi Konstitusiyaga muvofiq
eng muhim va asosiy masalalami hal qilishi
u yoqda tursin, hatto,
viloyat va tuman bo‘linishlari chegaralarini belgilash huquqiga
ham ega emas edilar.
1925
yil may oyida 0 ‘zbekiston SSSR tarkibiga kiritildi. SSSR
Konstitusiyasi, uning asosiy qonun-qoidalari 0 ‘zbekiston SSR
hududida bevosita ishlaydigan bo‘ldi. 1927 yilda qabul qilingan
0 ‘zbekiston SSR ning birinchi va 1937
yilda qabul qilingan
ikkkinchi Konstitusiyasi ham amalda SSSR Konstitusiyasining
ko'chirma nusxasi edi. Chunki 0 ‘zbekiston qog'ozdagi „suve-
ren“ respublika bo‘lib, amalda markazga tobe va qaram bir o‘lka
edi, xolos. U o‘z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir
dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani ittifoq hukumatidan
167
xoli ravishda mustaqil hal eta olmasdi.
Bunga uning haddi
sig‘masdi. Binobarin, respublikaning ichki va tashqi siyosatiga
daxldor barcha masalalar faqat hukmron markaz xohish-irodasi
bilangina hal etilardi. Hatto O'zbekistonning ma’muriy-hududiy
tuzilishiga oid masalalar ham ittifoq hukumati roziligini so‘ra-
masdan 1929 yilda Tojikiston ASSR 0 ‘zbekiston SSR tarkibidan
chiqarilib, Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasiga
aylantirildi
hamda SSSRga qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: