Savol va topshiriqlar
1. 0 ‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi haqida
та ’ruza tayyorlang.
2. Turkiston general-gubematorligining tashkil topishi, chega-
ralari va та ’muriy-hududiy bo ‘linishi haqida nimalar bilasiz?
3. Rossiya-Buxoro (1868y) va Rossiya-Xiva (1873y) urushlari
oqibatida chegaralar qay tarzda о ‘zgardi?
4. XIX asrning 80-90-yillari va XX asr boshlarida Turkiston
о ‘Ikasining та ’muriy-hududiy bo ‘linishini kartadan aniqlang.
5. 0 ‘rta Osiyoning 1917-1920 yillar tarixiy geografiyasiga doir
та ’lumot to ‘plang.
Mavzuga doir manba
...Samarqand — Samarqand viloyatining ma’muriy markazi,
Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘idan 7
verst uzoqlikda,
C ho'ponota tepaligidan janubi-g.‘arbda joylashgan. Yuqorida
joylashganligi (dengiz sathidan 2580 fut balandlikda) bois shahar
o'zining salqin yozi va ijobiy sanitar
shart-sharoitlari bilan
janubiy Turkistonning boshqa shaharlaridan keskin ajralib
turadi.
...Samarqand aholisi 89693 (1910 yil) kishini tashkil etib, 11794
ko‘chmas mulk 8250000 rublga baholangan.
Shahar daromadi
231929 rublni, harajatlari 223899 rublni tashkil etgan.
...Qo‘qon — Qo‘qonxonligining sobiqpoytaxti, hozirda Farg‘ona
viloyatining uyezd shahri hisoblanib, shu nomli temir yo‘l bekatidan
uzoq bo‘lmagan yerda, dengiz sathidan 1300 fut balandlikda
joylashgan. Aholisi 113000 kishini tashkil etadi.
Turkistonning
muhim savdo shaharlaridan bo‘lib, Toshkent va Buxorodan keyingi
o‘rirmi egallaydi.
...Andijon — Farg‘ona viloyatining uyezd shahri bo‘lib, qariyb
1500 fut balandlikda joylashgan. Qoradaryodan qazilganAndijonsoy
arig‘i bo‘yida, yo‘llar tutashgan markazda bo‘lib, bu yerdan
162
Farg‘onaning turli qismlariga, Yettisuv, Qoshg‘ar va Pomirga borish
mumkin.
...Shaharda 76367 aholi bo‘lib, ulardan 2840
nafari ruslami
tashkil qiladi. Shahar daromadi (1909 yil) 140000 rublni, xarajatlari
165000 rublni tashkil etgan.
...Amudaryoning so‘l sohilida, Amudaryo bo‘limining qarama-
qarshisida Xiva xonligijoylashganbo‘lib, xonlikning maydoni 59250
kv. verstni, aholisi esa 600000 kishini tashkil etadi. Xiva shahrining
aholisi esa 20000 kishi atrofida.
...Buxoro amirligida ham ahamiyatli bolgan aholi markazlari
mavjud; taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro shahrida 80000-
100000 kishi, Qarshida 60000-70000 kishi, G ‘uzorda 20000 kishi
istiqomat qiladi.
...Xiva xonligida shahar aholisi 5 foizni, Buxoro amirligining
esa shahar markazlari soni ko‘p bo‘lganidan bu ko'rsatkich
yuqoriroq, aniqrog‘i, 12-14 foizni tashkil etadi.
...Turkiston aholisining asosiy qismi shaharlardan tashqarida
yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. .Shahar
aholisi rus viloyatlarida umumiy aholining atigi 13,8% tashkil etib,
ahamiyatli shaharlar qadimdan madaniyath xalqlar yashab kelgan
hamda o‘lkaning yirik aholi, savdo va ma’muriy markazlari mavjud
bo‘lgan janubiy qismida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: