Etilen xomashyosida etilen gomologlarini yoki erituvchida to‘yinmagan uglevodorodlarning bo‘lishi polietilenning molekular og‘irligining pasayishiga olib keladi.
Аtsetilen va uning gomologlari polimerizatsiya zanjirining uzilis- hi oqibatida molekular og‘irlikni pasaytiradi. Bundan tashqari, atse- tilen katalizator komponentlari bilan birikmalar hosil qiladi va nati- jada ular spirt yordamida eritmaga o‘tib ketmaydi va shu bois oxirgi mahsulotda kulning miqdorini oshiradi.
Suv katalizator kompleksini gidrolizlaydi, natijada titan va alu- miniylarni erimaydigan tuzlari hosil bo‘lib, ular polietilenda qolib, uning kul hosil qilish darajasini oshiradi.
Erituvchi tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan aromatik uglevodo- rodlarning mavjudligi quyi molekular «mum»ni hosil bo‘lishiga olib keladi, shu sababli ularning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas.
Polimerlash jarayoni davriy va uzluksiz amalga oshirilishi mum- kin. Uzluksiz jarayonda reaktor sifatida aralashtirgich qurilmali ko- lonna ishlatilishi mumkin.
chizmada uzluksiz usul bilan ishlaydigan quyi bosimli polieti- len ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemasi keltirilgan.
13-chizma.Q‘uyibosimdapolietilenishlabchiqarishprinsipialtexnologik sxemasi: 1–katalizator tayyorlash sig‘imi; 2–reaktor; 3–bug‘latgich; 4–filtr; 5–suvni to- zalash kolonnasi; 6–yengil fraksiyalarni haydash kolonnasi; 7–reflyuks sig‘imi; 8–erituvchini haydash kolonnasi; 9–erituvchini quritish kolonnasi.
1-sig‘imda tayyorlangan katalizatorning kuchli suyultirilgan erit- masi (0,5–1 g/l), etilen va erituvchilar 2–reaktorga yuboriladi. Reak- siya mahsulotlari reaktordan 3–bug‘latgichga yo‘naltiriladi va keyin erituvchi bug‘lanadi va 6–kolonnaga keladi. Katalizatorni parchalash va polimerni ajratib olish uchun bug‘latgichga suv beriladi. Polimerni suvdagi suspenziyasi 4–filtrga keladi, u yerdan quritish uchun yubo- riladi. Polimerni filtrlarda va sentrifugalarda yuvish mumkin. Yuvish muhiti sifatida suv yoki suvsiz spirt bo‘lishi mumkin. 6–kolonnaning yuqorisidan erituvchining yengil fraksiyasi bilan suvni azeatrop ara- lashmasi chiqib ketadi, 8-kolonnada esa erituvchi ajraladi.
Haydab olingan erituvchi toza erituvchi bilan aralashtirilib, 9–kolonnada quritiladi va yana reaktorga hamda katalizator eritmasi
tayyorlashga yo‘naltiriladi. Polietilen quritilgandan so‘ng granulana- di va qayta ishlashga berib yuboriladi. Qurilmaning hamma appara- turasi azot «nafasi» sistemasiga ulab qo‘yilgan.
Аpparaturani ishga tushirishdan avval sistema azot bilan shamol- latiladi, ishlash vaqtida esa havo va suv bilan bog‘lanib qolmaslik uchun azotli «nafas olish» sistemasiga bog‘lanadi. Аzot toza (99,9% dan kam emas) bo‘lishi kerak.
Quyi bosimda polietilen olish usuli yuqori bosimda polietilen olish usullariga nisbatan afzalliklarga ega:
yuqori bosimli apparaturalarni qo‘lashga ehtiyojning yo‘qligi;
yuqori bosimdagiga nisbatan kam kapital mablag‘ kiritilishi;
bir o‘tishda etilen konversiyasining yuqorililigi (deyarli 100%).