Aylanib yurish. Buyruq: «Chapga (o‘ngga) zal bo‘ylab qadam bilan-yur!» Agar farmoyish harakat qilayotganda berilsa, u holda «Yur!» ijro buyruqni zalning burchagidan berilishi kerak .
Diagonal bo‘ylab harakat qilish. Buyruq: «Diagonal bo‘ylab-qadam bilan yur!» (6-rasm). Teskari yo‘nalishda harakatlanish. Bu- butun kolonnaning boshlovchi orqasidan teskari yo‘nalishda harakat qilishidir. Buyruq: «Teskari yo‘nalish bo‘yicha o‘ngga (chapga) qadam bilan yur!» (7-rasm).
«Ilon-izi» bo‘lib yurish. Bu - birin-ketin bir necha teskari yo‘nallishlardan iborat yurishdir. Farmoyishlar: «Qarama-qarshi tomonlarga chapga (o‘ngga) qadam bilanyur!»; «Ilon-izi – bo‘lib qadam bilan yur!» (8-rasm).
6-rasm 7-rasm 8-rasm
Orani ochish va yaqinlashtirish.Orani ochish-saf interval yoki oraliq masofani uzoqlashtirish usullari.Yaqinlashtirish-orasi ochilgan safni zichlashtirish usullari orani ochish boshlangan kishidan tashqari, hamma o‘ng tomonga (chapga, o‘ngga va chapga) burilib turuvchi bilan uning orasida talab qilingan masofa hosil qilingan masofa hosil bo‘lgunga qadar yuradi va yuzini frontga qaratadi. Buyruq berilgandan keyin o‘qituvchi hamma shug‘ullanuvchilar safda o‘z joyiga turguniga qadar bir-ikkilab sanab turadi. Orani yaqinlashtirish uchun quyidagi jamoa beriladi: «Chapga (o‘ngga, o‘rtaga) Yaqinlashing!» hamma harakatlar teskari tartibda bajariladi
4
2.3. UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR. Umurivojlantiruchi mashqlar deb, turlicha tezlik va ko‘lamda maksimal va o‘rtacha zo‘r berish orqali tananing alohida qismlari bilan bajariladigan haraktlar yoki ularning birikmalariga aytiladi. Ulardan maqsad-jismoniy sifatlarni rivojlantirish, qaddi-qomatni to‘g‘ri shakllantirish, shug‘ullanuvchilarni murakkabroq harakat malakalarini egallashga tayyorlashdir.Umumrivojlantiruvchi mashqlar predmetsiz va predmetlar (gantellar, to‘ldirma to‘plar, toshlar, shtangalar, rezina amortizatorlar,tayoqlar va boshqalar) bilan har xil gimnastika asboblarida va shuningdek, bir-biriga o‘zaro yordam ko‘rsatish orqali bajarilishi mumkin.
Mashqlar klassifikatsiyasi
Klassifikatsiyaga anatomik belgi asos qilib olingan mashqlar kishining ayrim tana qismlariga ta’sir ko‘rsatishga qarab bo‘linadi:
1.Qo‘l muskullari va elka kamari uchun mashqlar.
2.Gavda va bo‘yin muskullari uchun mashqlar.
3.Oyoq muskullari uchun mashqlar.
4.Butun tana muskullari uchun mashqlar
Hamma mashqlar o‘z navbatida uslubiy yo‘nalishga ko‘ra kuchni, qayishqoqlikni, yakka harakat tezligini, ayrim muskul gruppalarini taranglatish va bo‘shashtirish qobilyatini tarbiyalovchi mashqlarga bo‘linadi, to‘rtinchi guruh mashqlari esa qomatni to‘g‘ri rivojlantiruvchi va nafas olish mashqlari kiradi.
Qo‘l muskuli va elka kamari uchun mashqlar.
Qo‘lni oldinga, yuqoriga va yon tomonlarga navbatma-navbat va birin-ketin ko‘tarish; shu mashqning o‘zini gantellar, tayoqlar, to‘ldirma to‘plar, toshlar, shtangalar bilan bajarish; shu mashqlarni o‘zini sherikning qarshiligini, rezina bint yoki amortizatorlar yordamida bajarish mumkin.
Qo‘llarni bukish va yozish:
a) tik turganda, o‘tirgan va yotgan holatlarda qo‘llarni tez va sekin bukish va yozish;
b) gantellar, to‘ldirma to‘plar, toshlar, shtangalar bilan qo‘llarni bukish va yozish (9-rasm); shu mashqning o‘zini sherikning qarshiligini engib bajaring (10-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |