Ўзбкистон республикаси



Download 2,55 Mb.
bet34/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

Asosiy adabiyotlar


1. О‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlari tо‘g‘risida»gi Qonuni. 2000 yil 25 may.
2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasi-dagi qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli Farmoni. Xabarnoma jurnali, 2005 yil, 2-son.
3. Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishishimiz lozim. // Xalq sо‘zi gazetasi, 2006 yil, 11 fevral.
4. Qosimova M.S., Xodiyev B.Y., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. О‘quv qо‘llanma. –T.: О‘qituvchi, 2003.
5. Lapusta M.G. Predrinimatelstvo. –M.: INFRA-M, 2004.

3- BOB. KICHIK KORXONALARNING TADBIRKORLIK

FAOLIYATI

3.1. Kichik biznesning mohiyati va kichik korxonalarni

tashkil qilish asoslari


Kichik biznes, kichik korxonalar, xususiy firmalar kabi tushunchalar bozor iqtisodiyoti leksikasining ajralmas qismi-ga aylangan. Bular qanday tushunchalar, ki­chik korxonalarning shakllanish asosi va ular faoliyatlarining tamoyillari nima-lardan iborat?
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar kichik biznesning subyektlari bо‘ladilar, ular xodimlarning о‘rtacha soni qonun tomonidan belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmaydi.
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatishga shaxsiy va boshqa shaxslarning jalb qilingan mulklari asosida shaxsiy mehnatni va yollash bо‘yicha mehnatni qо‘llash vositasida tavakkal-chilik va mulkiy javobgarlik ostida foyda (daromad) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar xususiy tadbirkorlikning subyekt­lari bо‘ladilar.
Yuridik shaxsni tashkil qilmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar ham kichik va xu­susiy tadbirkorlikning subyektlari hisoblanadilar.
Kichik korxonalar quyidagicha tashkil qilinishlari mumkin:
- fuqarolar, oila a’zolari va boshqa shaxslar tomonidan;
-davlat, ijara, jamoa, hissadorlik jamiyatlari, xо‘jalik assotsiatsiyalari, qо‘shma korxonalar va boshqalar tomonidan;
- jamoat tashkilotlari tomonidan;
- aytib о‘tilgan idoralarning hamkorligi asosida;
- mulk egasining roziligi bilan jamoa tashabbusi bо‘yicha amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida.
Bundan tashqari, kichik korxonalar, birlashmalar va kor­xonalarning tashabbusi bilan (monopoliyaga qarshi idoraning qarori bо‘yicha) majburan tashkil qilinishlari mumkin.
Kichik korxonalar avvalo xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va maishiy xizmatlar kо‘rsatish uchun tashkil qilinadi. Ammo ular xalq xо‘jaligining har qanday sohalarida ham tashkil qilinishi, mulkchilikning har qanday shakllari asosida harakat qilishi mumkin. Bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxslar kichik korxonalarning ta’sischilari bо‘lishi mumkin.
Kichik biznesning faoliyati sohasi keng yoyilgan bо‘lib, u xо‘jalik faoliyatining barcha turlarini (agar ular qonun to­monidan man etilmagan bо‘lsa) omalga oshirishi mumkin. U bitimlar tuzish, mulkni harid qilish, tashqi bozorga chiqish, savdo vositachiligi va boshqa bitimlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Kichik biznes bu xо‘jalik yuritishning mustaqil mavjud bо‘ladigan va faoliyat yuritadigan shaklidir. U ishlab chiqari-layotgan mahsulotlarning hajmi va turlarini mustaqil belgi-lashi, uni о‘z ixtiyoriga kо‘ra sotishi, tovarlar va xizmatlarga narxlarni belgilashi, rivojlanish fondlari, ijtimoiy soha, rezerv fondiga foyda ajratmalarining meyorlarini belgilashi, yollanma xodimlar mehnatlarsha xaq tо‘lash shakllari va miqdorlarini mustaqil belgilashi mumkin.
Barqaror faoliyat yuritish maqsadlarida kichik korxonalar, uyushmalar birlashishlari, har xil kooperativlarning tarkibiga kirishlari mumkin.
Shunday qilib, kichik korxona xо‘jalik yurituvchi subyektning yangi shaklidan iborat emas. U boshqa korxonalardan faqat kichikroq kо‘lamlari bilan farqlanadi, xolos.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish