Ўзбкистон республикаси


Kichik biznesning xususiyatlari va imkoniyatlari



Download 2,55 Mb.
bet37/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

3.3. Kichik biznesning xususiyatlari va imkoniyatlari


Kichik biznes korxonalari yirik firmalardan kо‘proq farq qiladilar va bozor iqtisodiyoti sharoitlarida о‘z xususiyatlarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlarga egalar. Boshqaruv va qarorlar qabul qilishdagi mustaqillik, texnologik ajralganlik, epchillik о‘zlarining faoliyatlarini yirik korxonalar qila olmagan ishni eng katta foyda olish bilan bajaradigan qilib tashkil qilishga yordam beradi.
Kichik korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining turlarini о‘zgartirib, iste’molchilarning о‘zgaruvchan talablariga kо‘ra tovarlar ishlab chiqarish bilan bozor holatini о‘zgarishiga tez javob qaytarish qobiliyatiga egalar. Ular odamlarning mavsumiy ehtiyojlarini tо‘laroq va sifatliroq qondirishlari mumkin.
Iste’molchilar bilan bevosita aloqa kichik firmalarning xususiyatlaridan biri bо‘ladi, bu narsa yirik ishlab chiqarishda yо‘q. Masalan, kichik novvoyxona non mahsulotlarini tayyorlaydi va xuddi shu yerda ularni haridorlarga sotadi va haridorlardan buyurtmalar qabul qiladi. Bundan tashqari, xaridorlar shu yerning о‘zida о‘z fikrlarini aytishlari, maslahatlar berishlari mumkin.
Qoidaga kо‘ra, kichik korxonalar tovarlar va xizmatlar bozorining belgilangan segmentida ixtisoslashadilar. Ixtisoslashish – mehnat unumdorligini oshirish, moddiy xarajatlarni pasaytirish, mahsulot sifatini oshirishning eng muhim omilidir.
Kichik biznesda nisbatan kichik boshlang‘ich sarmoyalar bilan shaxsiy ishni boshlash hamda qisqa muddatda ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati bor. Bu holat, qulay sharoitlarda kichik biznes sohasini jadal rivojlantirish imkonini beradi.
Kichik firmaning rahbari boshqa har qanday firmalarga qaraganda kо‘proq darajada xо‘jayinlik tuyg‘usini his qiladi, zero, u yuqori idoralarning buyruqlaridan tо‘laligicha ozod, bu yerda bir shaxsda mulk egasi, menejer, moliyachi, biznesmen birlashadi. Moddiy va ma’naviy muvaffaqiyatni olish maqsadida unumdor mehnat qilish uchun qudratli qо‘shimcha rag‘bat mana shundan iboratdir.
Kichik korxonalar mahalliy sharoitlar, urf-odatlar, an’analarga tez moslashish qobiliyatini namoyon qiladilar. Bu sifatlar kichik biznesga mahalliy aholi uchun an’anaviy tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatish sohasidagi faoliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Shuning uchun ham kichik korxonalar kosibchilik, hunarmandchilik buyumlari, badiiy-dekorativ ashyolar, uy va qishloq xо‘jaligi asboblari, kurilish detallari, bolalar о‘yinchoqlari, milliy xarakterdagi oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish sohasida keng tarqalgan.
Yirik ishlab chiqarishga nisbatan kichik korxonalar о‘zlarini caqlab turish, xizmat kо‘rsatish va boshqarishga kam xarajat talab qiladilar. Bundan tashqari, ular uchun xarajatlarni tez о‘zini qoplashi, mablag‘larning jadal aylanishi xarakterlidir. Bularning barchasi tejamkorlik bilan xо‘jalik yuritishga, foydalilikka erishishga, texnik rivojlanish uchun mablag‘lar jamlashga imkon beradi.
Kichik korxonalarning mehnatni tashkil qilishda mehnat taqsimotining alohida tamoyillarini yо‘lga quyish, xodim-larning ish sohasida bir-birlarini о‘zaro almashtira olishi ular о‘rtasidagi ishonchli munosabatlar kabi xususiyatlarini ham ta’kidlab о‘tish zarur. Ishlab chiqarishning ki­chik kо‘lamlari jamoada meyoriy ruhiy sharoitni yaratish, xodimlar qо‘nim-sizllgini kamaytirish, rahbarlar va bо‘ysunuvchi xodimlar о‘rta-sidagi munosabatlarni demokratik asosda qurish, tashabbus-korlik, ijodkorlik muhitini yaratish bi­lan birga har bir jamoa a’zosining yuqori mas’uliyatli fao­liyatini yо‘lga qо‘yish imko-nini beradi.
Kichik korxonalarning xо‘jalik faoliyatida barqaror va foyda bilan ishlashga erishish imkoniyatini beruvchi eng muhim xususiyatlari ana shulardan iboratdir. Ammo bu imkoniyatlar о‘z-о‘zidan amalga oshadi, kichik biznes gullaydi, tadbirkorlarning hech qanday harakatlarisiz kengayadi, bu sohada hamma narsa tinch va unda alohida muammolar yо‘q deb hisoblash xato bо‘ladi. Kichik biznesni rivojlantirish yо‘lida kо‘pgina tо‘siqlar, qiyinchilik bilan hal qilinadigan muammolar borki, ularni bartaraf qilish uchun anchagina say-harakatlar qilish, doimo izlanishda bо‘lish, о‘rganish zarur.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish