5-jadval
О‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish dinamikasi14
Yillar
|
KBXT subyektlari soni (ming birlik)
|
KBXT da band bо‘lganlari soni (ming kishi)
|
KBXT da bandlarning umumiy bandlikdagi ulushi, %
|
YAIM da KBXT ning ulushi, %
|
2000
|
142,9
|
4462,7
|
50,0
|
31,0
|
2001
|
170,8
|
4842,5
|
53,0
|
33,8
|
2002
|
208,7
|
4911,8
|
55,0
|
34,6
|
2003
|
255,9
|
5436,7
|
56,1
|
35,0
|
2004
|
277,4
|
6038,3
|
57,2
|
35,6
|
2005
|
308,7
|
6679,0
|
65,5
|
38,2
|
2006
|
384,1
|
7258,6
|
69,3
|
42,1
|
Bu holat esa mamlakatda hali kichik biznesni rivojlantirish borasida mavjud salohiyat va imkoniyatlardan samarali foydalanib, rivojlangan mamlakatlar kо‘rsatkichlariga erishish bо‘yicha uzoq va mashaqqatli ish olib borilishi zarurligini kо‘rsatadi.
Mamlakatning tadbirkorlik iqlimi haqida sо‘z yuritganda, birinchi navbatda, kichik biznes sohasidagi ishlarning holati bо‘yicha mulohaza qilinadi. U iqtisodiyot sog‘lig‘ining barometri hisoblanadi. Tashqi sarmoyadorlar u yoki bu iqtisodiyotga sarmoya-larni investitsiyalash haqidagi qarorni qabul qilishdan avval ki-chik va xususiy biznesning rivojlanganlik darajasini о‘rganish-lari tasodifiy emas. Ularning fikriga kо‘ra, bu о‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning kо‘zguda aks ettirilishi, bozor iqtiso-diyoti jarayonlari barqarorligining kafolati hisoblanadi.
О‘zining «Soni», «Panasonik», «Toshiba», «Mitsubisi», «Seyko» korporatsiyalari bilan dunyoga mashxur bо‘lgan Yaponiyani olaylik. Bu korporatsiyalar mamlakatning iqtisodiy yuzini tо‘liq darajada belgilamaydi. Yaponiyaning umumiy iqtisodiyotida ular faqat bir foizni tashkil qiladi, 99 foizi esa bu kichik korxonalardir. Yapon iqtisodiyotining muvaffaqiyati kо‘proq kichik biznesning faoliyatiga bog‘liq. Bu kichik korxonalar nafaqat muvaffaqiyatli ishlaydilar, balki sanoat gigantlariga qudratli raqobatni tashkil qiladilar, ular shubhasiz о‘zlari-ning kichik sheriklarisiz butun jahonga mashxur bо‘la olmasdi-lar. Yaponiyada katta korporatsiyalar mahsulotlarining deyarli 40% kichik korxonalardan iborat bо‘lgan subpudratchilar tomonidan bajariladi.
AQSH iqtisodchilari va tadbirkorlarining fikricha, yirik korporatsiyalar iqtisodiyotining suyagidir, uning muskullari esa, katta biznesni harakatga keltiruvchi kichik kompaniyalardir. Ma-salan, «Djeneral elektrik» kompaniyasi asosan kichik korxonalar bо‘lgan subpudratchilarning 45 mingta firmalari bilan bog‘langan.
Shunday qilib, har qanday mamlakatning iqtisodiy salohiyatida kichik biznesning roli g‘oyatda kattadir. Boshqacha qilib aytganda, u davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi va gullab-yashnashining garovidir. Shuning uchun О‘zbekistonda kichik biznes, yakka tartibdagi tadbirkorlik, fermer va dehqon xо‘jaliklari rivojlanishini rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratilgan.
Shunday ekan, kichik korxonalarning roli va ahamiyati nimadan iborat? Bular, qisqacha aytadigan bо‘lsak, quyidagi omillarda namoyon bо‘ladi:
- kichik korxonalar bozorning tovarlar va xizmatlar bilan tez tо‘ldirilishiga yordam beradilar, ichki bozorni shaxsiy ishlab chiqarilgan tovarlar bilan boyitadi;
- kichik korxonalar yengil va oziq-ovqat sanoatining salmo-g‘ini oshirib, mamlakatni xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga yо‘nalganlik holatidan chiqarib, iqtiso-diyotni tarkibiy qayta qurishga faol ta’sir qiladi;
- kichik korxonalar, iqtisodiyotning dvigateli bо‘lgani hol-da, sohaviy va mintaqaviy yakka hokimlikni bartaraf qilishga, raqobat sohasini kengaytirishga yordam beradi;
- kichik firmalarning faoliyatida ilg‘or, ixcham texnolo-giyalardan foydalanish alohida о‘rin tutadi, zero, bu ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim yо‘nalishlardan biridir;
- kichik korxonalar eksportga mо‘ljallangan va raqobat-bardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, mamlakatning eksport salohiyatini oshiradi;
- mahalliy idoralarning iqtisodiy bazasini mustahkamlash, qishloq aholi punktlari, kichik shaharlarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatishda ularning roli kattadir;
- kichik korxonalar unutilgan, an’anaviy xalq amaliy san’ati, badiiy hunarmandchilikning tiklanishiga kо‘maklashadi, bu nafaqat iqtisodiyot, balki xalq madaniy merosini tiklashda g‘oyatda muhimdir;
- kichik korxonalar kо‘pincha yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar bilan ta’minlab, ularning yо‘ldoshi bо‘la-di, bu yirik va kichik biznes manfaatlarini birlashtirishning samarali usuli bо‘ladi;
- kichik korxonalarda pensionerrlar, nogironlar, yoshlar, talabalar, uy bekalarining mehnat qilish imkoniyati bor, bu esa ularning moddiy ahvolining yaxshilanishiga yordam beradi;
- kichik biznes mehnatni qо‘llash sohasini kengaytirish, ish bilan band bо‘lmagan aholini va samarasiz ishlovchi korxonalardan ozod bо‘lgan xodimlarni ishga joylashtirish uchun yangi imko-niyatlar yaratishga, boshqacha qilib aytganda, ishsizlikni kamay-tirishga imkon beradi;
- kichik biznesning rivojlanishi hisobiga xususiy mulkchilik sohasi kengayadi, bu jamiyat va davlatning tayanchi bо‘lib xizmat qiluvchi о‘rta hollar sinfining shakllanishi, mamlakatda barqa-rorlikning muhim sharti bо‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, kichik biznesning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy farovonligini oshirishda va muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishda katta rol о‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |