O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
IQTISODIYOT YO`NALISHI 1I-22 GURUHI TALABASI
Qodirov Turobning
MENEJMET FANIDAN
MENEJMENT RISKLARINI BOSHQARISH
MAVZUSIDA YOZILGAN
ESSE
Tayyorlovchi: Qodirov Turob
Qabul qiluvchi: Allanova Zarina
Menejment risklarni boshqarish.
Iqtisodiyotda shunday tushuncha mavjudki, iqtisodiyot mavjud bo’lmasidan oldin bu tushuncha amalda bo’lgan. Ammo e’tibor qaratilmagan bu tushuncha, hali hanuz ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Bu tushuncha riskdir! Unga dunyo miqyosida katta e’tibor berilayotgan paytda, O’zbekistondagi milliy ishlab chiqaruvchilar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlari e’tiboridan chetta qolayotgani, balki yirik korxonalarning, korporatsiyalarning vujudga kelishiga to’sqinlik qilayotgan bo’lsa ajab emas! Ammo, bu muammoni bartaraf qilish uchun quyidagi savollarga javob topmog’imiz darkor:
“Risk” o’zi nima?
Uning faoliyatga ta’siri qanday?
U qayerdan paydo bo’ladi?
Undan qochish yoki uning ta’sirini kamaytirish imkoni bormi?
Xalqaro tajribada risk menejmenti bilan bog’liq muammolar N.I. Babenko ning “Sanoat holdingida integratsiylashgan risk-menejmentini tashkil etish”, D.B. Pomelov “Tashkilotda risk-menejmentining nazariy va axborot ta’minotidagi jihatlari”, N.N.Skriba ning “Risk menejmentini maxsus fanlararo ta'limot sifatidagi konsepsiyasi”, E.Xolms ning “Risk-menejment” va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlarida o’z ifodasini topgan bo’lib, risk tushunchasiga, ya’ni, kompaniyaning riskmenejmenti asosida yotuvchi: istalgan natijadan o’gishuvchi risk-yoqotish, risk-imkon, risk-chetlanish kabi yondoshuvlarga ega bo’lgan turlicha qarashlar va paradigmalar borligini ko’rsatadi.
Shunga ko’ra, Rossiyalik iqtisodchi olim V.T.Sevruk riskka quyidagicha ta’rif beradi: “Risk – bu zarar ko’rish yoki manfaatni qo’ldan chiqarish bilan bog’liq ehtimollar o’lchovidir”. Professor V.M.Usoskin o’zining “Zamonaviy tijorat banklari” nomli izlanishida “Risk doimo noaniqlik bilan kelib, oxiri o’z navbatida oldindan ko’ra bilish yoki mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liq bo’ladi”[1], deb izoh beradi. Agar iqtisodiy adabiyotlarda berilgan ta’riflarni umumlashtirilsa quyidagi ma’noni olish mumkin:
Risk – bu iqtisodiy kategoriya bo’lib, u jamiyatning rivojlanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda aniq bir yechimga ega bo’lmagan holatning miqdor va sifat jihatdan qo’shimcha daromad ko’rish yoki ma’lum zarar ko’rish ehtimoliga aylanishi mumkin bo’lgan voqelikdir. Risk – bu, miqdor va sifat jihatdan yoqotishlar ehtimolini ko’rsatsa, unga hayotning har bir jabhasida duch kelishimiz hech kimga sir bo’lmay qoldi. Xususan, risk iqtisodiyot subyektlari oldida yechimi topilmagan muammolardan bo’lib hisoblanishi, unga bo’lgan e’tibor yildan yilga ko’payotganligidan dalolat beradi. O’zbekistonda risk-menejmenti standarti mavjud emas, uni milliy iqtisodiyotga tatbiq etishdan oldin, xalqaro andozalarni ko’rib chiqqan ma’qul hisoblanadi, zero “Tayyoriga qarab to’n bichish” ham oson, ham qulay va eng asosiysi, vaqtni va pulni tejaydi. Bu o’z navbatida yo’limizni oydinlashtiradi, chunki xalqaro standartlar yuqoridagi savollarga to’liq javob bera oladi!
Moliyaviy-risk menejmenti rivojlanishi, asosiy moliyaviy risklarni baholashning yangi metod va yondoshuvlari shakllangan 3 bosqichdan o’tdi, ular:
Birinchi sifat bosqichi, moliyaviy risklarni baholash, nazorat va boshqaruvi metodologiyasi sohasidagi, 1980-yillar oxiri – 1990-yillar boshidagi risk me’yori qiymati modeli VaR (Value-at-risk, “riskdagi qiymat”) paydo bo’lishi bilan bog’liq. VaR moliyaviy instrument bilan egalik qilgandagi yo’qotishning mutloq maksimal hajmini ko’rsatadi. VaR ko’rsatkichi birinchi navbatda, yirik moliyaviy institutlar tomonidan ma’qullangandan keyin, moliya bozori boshqaruvchilari tomonidan e’tirof etilgan. Bunda ehtimol so’ngisi bo’lib, 1994 yilda J.P. Morgan banki tomonidan RiskMetrics tiziminida risklarni boshqarish metodologiyasini ochilishi bo’ldi. Shunday qilib, moliyaviy risk-menejment sohasidagi birinchi sifatiy yuksalish bozor riskini baholash, nazorat va boshqarish bilan bog’liq bo’ldi.
Moliyaviy risk-menejmentni rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1990-yillarning ikkinchi yarmiga to’g’ri kelib, kredit riskini baholash va nazorati bilan bog’liq. Bu yerda ham J.P. Morgan banki o’zining bozor riskini baholash va nazorat metodi bilan ssuda portfelining kredit riskini baholashi metodini umumlashtirib namoyon qilishi va 1997-yilda bank tomonidan ishlab chiqilgan CreditMetrics tizimi risk qiluvchilarda bozor va kredit riski oqibatlarini ehtimoliy yoqotishlari ko’rsatkichini integral hisoblab chiqish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu birinchi marta ,moliyaviy risklarda qo’llash mumkin bo’lgan, integratsiyalashgan risk-menejmenti haqida gapirishga imkon berdi.
Uchinchi bosqich 1990-yillar oxirida boshlandi va yildan-yilga jarayon rivojlanib bordi. Bu bosqich oldingi bosqichlarga nisbatan, klassik moliyaviy risklarga emas, bevosita operatsion risklarga aloqadorligi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda moliya bozori qatnashuvchilari operatsion risk baholashga umumiy “operatsion VaR” kabi, miqodoriy yondoshuv ishlab chiqishga harakat qilmoqdalar. Bu operatsion risklarni miqdoriy nazorati, moliyaviy risklarni nazorati bilan birgalikda qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilariga qabul qilinayotgan risklarni to’liq baholashga erishish imkoniyatini beradi deb hisoblamoqdalar.
Oxirgi 40 yilda moliyaviy risklarni baholashni 4 ta asosiy yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin, bular:
Sezgirlik tahlili – tashqi omillarning o’zgarishiga sezgirlik tadqiqotini ssenariy metodi
Tebranuvchanlik (волатильность) tahlili - umumiy ko’rsatkichga nisbatan kutilgan qiymatning o'zgarish o'lchovini o'rganish;
Negativ risk tahlili (downside risk). VaR metodi boshqa risk tahlili metodlariga qo’shimcha tarzda qo’llaniladi. Bundan tashqari, LVaR va SaR metodlari ham mashhur.
Nisbiy tahlil - benchmark bilan taqqoslash orqali riskni ko'rib chiqadi (tanlangan indeksda).
Xulosa:
Menejmet risklarni boshqarish bu salbiy oqibatlar ehtimolini kamaytirish va uni amalga oshirish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yo'qotishlarni minimallashtirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarish jarayoni. RISK - ijobiy, neytral yoki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan ehtimoliy hodisa.
Do'stlaringiz bilan baham: |