Ўзбкистон республикаси



Download 2,55 Mb.
bet30/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

Aralash xolding – nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa soha-larda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullanish maqsadla-rida tuziladi.
О‘zbekistan Respublikasi qonunchiligiga binoan xol­ding kompaniyalari quyidagi yо‘llar bilan tashkil etiladi:
- yirik korxonalarni qayta tashkil qilishda ularning tarkibiy bо‘linmalarini mustaqil yuridik shaxs (shо‘ba korxonalar) sifatida bunyod etish yо‘li bilan;
- yuridik jihatdan mustaqil korxonalarning aksiya paketlarini birlashtirish yо‘li bilan;
- yangi aksiyadorlik jamiyatlarini ta’sis etish yо‘li bilan.
Xoldinglar monopoliyaga qarshi organning ruxsati bilan tashkil etiladi. Xoldingni tashkil etishga ruxsat olish uchun monopoliyaga qarshi organga boshqa hujjatlar bilan birga:
- nizom loyihasi;
- xoldingni tuzishga xohish haqida bayonnoma yoki ta’sischilar shartnomasi;
- tuziladigan xoldingga kiritish uchun tavsiya qilinayotgan korxonalar rо‘yxati;
- shu korxonalardan har qaysisining xо‘jalik faoliyati turlari va hajmi haqidagi ma’lumotlar topshiriladi.
Agar xoldingni tuzish biron bir mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish monopoliyasiga olib keladigan bо‘lsa, bunday xoldingni tuzishga ruxsat berilmaydi.
Davlat korxonalari – bu davlat mulki bо‘lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar bо‘lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas’uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni bajaradi.
Qо‘shma (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag‘lariga tayanadi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.
Qо‘shma korxona tuzishga hamkorlarni nima majbur qiladi? AQSH olimlari quyidagi omillarni keltiradilar:
- kapital xarajatlar hajmining qisqarib ketishi va yangi quvvatlarni barpo etishdagi xavotirlik;
- aniq geografik bozorga о‘tish;
- yangi faoliyat sohasiga о‘tish;
- ishlab chiqarish sohasining bazasi yoki xom ashyo manbaini qо‘lga kiritish;
- ishlayotgan ishlab chiqarish liniyalarining kengayganligi;
tovar yoki xizmatlarni sotishning yangi tarmoqlari paydo bо‘lganligi;
- mavjud marketingning samaradorligi oshganligi;
takrorlanib turuvchi yoki mavsumiy beqarorlikni bartaraf etish imkoniyati;
- qо‘shma korxonadagi hamkorlar yordamida ishlab chiqarish xarajat-larini kamaytirish imkoniyati.
Qо‘shma korxonalar о‘zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va boshqa vazifalarni yechishga qaratilgan. Ular sanoat, qishloq xо‘jaligi, qurilish, transport, savdo, fan va xalq xо‘jaligining boshqa sohalarida tarkib topishi mumkin.
Qо‘shma korxonalar, asosan, chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, maxalliy xom ashyo va ish kuchi hisobiga ishlaydi. Korxona о‘zining mustaqil balansiga ega bо‘ladi va xо‘jalik hisobi asosida faoliyat yuritadi. Respublikamizda AQSH, Italiya, Turkiya, Fransiya, Germaniya, An­gliya, Koreya, Yaponiya kabi qator davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikda qо‘shma korxonalar qurilib, ishga tushirilgan.
Konsern – bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik kо‘p tarmoqli korporatsiY. Konsern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning kо‘pgina mamlakatlarida joylashgan unlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkshyutlar orasida о‘zaro korporatsiyalangan turg‘un aloqalar mavjud bо‘lib, ular konsern rivoji yо‘lida umumiy moliyaviy resurslardan va yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish