Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham kо‘rishga asoslangan sherik-chilik korxonasidir.
Shirkat firmalarining ikki turi mavjud:
- mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatlar.
Mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar ikki yoki undan kо‘proq kishilar-ning mulki asosida yuzaga keladi. Sheriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi. Bu kapitalga har bir sherik о‘z hissasini qо‘shadi. Ular ustav fondiga qancha pul qо‘ysa, shu hissaga binoan foyda olishadi. Bordi-yu firma sinsa, sheriklar zararni hamjihatlikda kо‘taradi, ya’ni bir sherik boshqasining javobgarligini ham zimmasiga oladi.
Shirkat a’zolari о‘rtasida tuzilgan bitim shirkatning huquqiy asosi hisoblanadi. Bu bitim quyidagi bandlarni о‘z ichiga oladi:
- har bir hamkorning vakolatlari;
- bitimning muddati;
- har bir vakilning umumiy ishga qо‘shgan ulushi;
- daromadlar va yuz berishi mumkin bо‘lgan zararlarni о‘zaro bо‘lish yо‘l-yо‘riqlari;
- uyushma mablag‘laridan har bir hamkorning olishi mumkin bо‘lgan aniq va belgilangan pul hajmi;
- uyushmada amalga oshirish zarur bо‘ladigan moliyaviy ishlar tartibi;
- yangi hamkorni qabul qilish tartibi;
- shirkatni tarqatib yuborish tartibi.
Shirkatga davlat, kooperativ, jamoa va boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar va fuqarolar ham qonun yо‘l qо‘ygan hollarda a’zo bо‘lishi mumkin.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalarning ustav fondi faqat ta’sischilar mablag‘ (aksiya)lari hisobiga barpo etiladi. Jamiyat qatnashchilari о‘zlarining qо‘shgan ulushlari doirasida javobgar bо‘ladi. Shirkat о‘z faoliyati uchun ustav fondi miqdorida javobgar hisoblanadi.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalar nomiga «limited» sо‘zi qо‘shiladi, bu inglizcha sо‘z bо‘lib, «cheklangan» ma’nosini bildiradi.
Mas’uliyati cheklangan firmaning bir qator turlari mavjud. Ularning eng keng tarqalgan shakli aksiyadorlik jamiyatlari va korporatsiyalardir. Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish va faoliyatini tashkil qilish tartibi О‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyador-larning huquqlarini himoya qilish tо‘g‘risida»gi qonunda ifodalangan. Ushbu qonunning 2-moddasiga muvofiq: