Aksiyadorlik jamiyati – bu jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bо‘lib, u aksiyalar chiqarish yо‘li bilan tashkil etiladi.
Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog‘oz – aksiya chiqaradi. Aksiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanishadi va foydadan о‘z hissasi – divedendni olib turadilar. Aksiyadorlik jamiyati о‘z majburiyat-lari bо‘yicha о‘ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyati majburiyatlari bо‘yicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun faqat о‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan aksiyalarning nominal qiymatlaridan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bо‘lishi lozim. Aksiya bо‘linmas hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etishda uning jami aksiya-lari ta’sischilar orasida tarqatilishi kerak.
Aksiya fond birjalarida muomalada bо‘ladi, bir shaxsdan boshqasiga erkin о‘tadi va aksiyalar uchun uning hissasi tо‘g‘risidagi hujjatt hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatini:
- aksiyadorning umumiy majlisi;
- kuzatuv kengashi;
- ijro organi boshqaradi.
Aksiyadorlarning umumiy majlisi oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgi-lanmagan bо‘lsa, u aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilish huquqiga ega. Aksiyadorlik jamiya-tining kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbar-likni amalga oshiradi. Aksiyadorlik jamiyatining joriy (kunda-lik) faoliyatiga yagona ijro organi (direktor) yoki kollegial (maslahat) ijro organi (boshqaruv, direksiya) rahbarlik qilishi mumkin.
Aksiyadorlik shaklidagi tadbirkorlikning quyidagi afzal-liklari bor:
- aksiyadorlik jamiyati – bu biznesning kо‘proq demokratik shaklidir. Unga xohlagan kishi bevosita yoki obuna bо‘lish yо‘li bilan aksiyani sotib olib, a’zo bо‘lishi va mulk egasiga aylanishi mumkin;
- vaqtincha bekor turgan sarmoyalar markazlashuviga eri-shiladi;
- nisbatan samarali sohalarga kapital oqimini tashkil qilish imkoniyati tug‘iladi;
- davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlari kengayadi;
- moliyaviy barqarorlikka erishiladi;
- tadbirkorlikda tavakkalchilik xavfi kamayadi (hissador о‘z aksiyasi miqyosida ziyon kо‘rsa, korxona egasi butun mulkidan ajraladi);
- bir vaqtning о‘zida ishlab chiqaruvchilar, tovar yetkazib beruvchilar, haridorlar va mahalliy davlat organlari manfaat-larining о‘zaro muvofiqlashuviga erishiladi.
Aksiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bо‘lishi mumkin.