1. О‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlari tо‘g‘risida»gi Qonuni. 2000 yil 25 may.
2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasi-dagi qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli Farmoni. Xabarnoma jurnali, 2005 yil, 2-son.
3. Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishishimiz lozim. // Xalq sо‘zi gazetasi, 2006 yil, 11 fevral.
4. Qosimova M.S., Xodiyev B.Y., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. О‘quv qо‘llanma. –T.: О‘qituvchi, 2003.
5. Lapusta M.G. Predrinimatelstvo. –M.: INFRA-M, 2004.
FAOLIYATI 3.1. Kichik biznesning mohiyati va kichik korxonalarni tashkil qilish asoslari
Kichik biznes, kichik korxonalar, xususiy firmalar kabi tushunchalar bozor iqtisodiyoti leksikasining ajralmas qismi-ga aylangan. Bular qanday tushunchalar, kichik korxonalarning shakllanish asosi va ular faoliyatlarining tamoyillari nima-lardan iborat?
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar kichik biznesning subyektlari bо‘ladilar, ular xodimlarning о‘rtacha soni qonun tomonidan belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmaydi.
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatishga shaxsiy va boshqa shaxslarning jalb qilingan mulklari asosida shaxsiy mehnatni va yollash bо‘yicha mehnatni qо‘llash vositasida tavakkal-chilik va mulkiy javobgarlik ostida foyda (daromad) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar xususiy tadbirkorlikning subyektlari bо‘ladilar.
Yuridik shaxsni tashkil qilmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar ham kichik va xususiy tadbirkorlikning subyektlari hisoblanadilar.
Kichik korxonalar quyidagicha tashkil qilinishlari mumkin:
- fuqarolar, oila a’zolari va boshqa shaxslar tomonidan;
-davlat, ijara, jamoa, hissadorlik jamiyatlari, xо‘jalik assotsiatsiyalari, qо‘shma korxonalar va boshqalar tomonidan;
- jamoat tashkilotlari tomonidan;
- aytib о‘tilgan idoralarning hamkorligi asosida;
- mulk egasining roziligi bilan jamoa tashabbusi bо‘yicha amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida.
Bundan tashqari, kichik korxonalar, birlashmalar va korxonalarning tashabbusi bilan (monopoliyaga qarshi idoraning qarori bо‘yicha) majburan tashkil qilinishlari mumkin.
Kichik korxonalar avvalo xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va maishiy xizmatlar kо‘rsatish uchun tashkil qilinadi. Ammo ular xalq xо‘jaligining har qanday sohalarida ham tashkil qilinishi, mulkchilikning har qanday shakllari asosida harakat qilishi mumkin. Bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxslar kichik korxonalarning ta’sischilari bо‘lishi mumkin.
Kichik biznesning faoliyati sohasi keng yoyilgan bо‘lib, u xо‘jalik faoliyatining barcha turlarini (agar ular qonun tomonidan man etilmagan bо‘lsa) omalga oshirishi mumkin. U bitimlar tuzish, mulkni harid qilish, tashqi bozorga chiqish, savdo vositachiligi va boshqa bitimlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Kichik biznes bu xо‘jalik yuritishning mustaqil mavjud bо‘ladigan va faoliyat yuritadigan shaklidir. U ishlab chiqari-layotgan mahsulotlarning hajmi va turlarini mustaqil belgi-lashi, uni о‘z ixtiyoriga kо‘ra sotishi, tovarlar va xizmatlarga narxlarni belgilashi, rivojlanish fondlari, ijtimoiy soha, rezerv fondiga foyda ajratmalarining meyorlarini belgilashi, yollanma xodimlar mehnatlarsha xaq tо‘lash shakllari va miqdorlarini mustaqil belgilashi mumkin.
Barqaror faoliyat yuritish maqsadlarida kichik korxonalar, uyushmalar birlashishlari, har xil kooperativlarning tarkibiga kirishlari mumkin.
Shunday qilib, kichik korxona xо‘jalik yurituvchi subyektning yangi shaklidan iborat emas. U boshqa korxonalardan faqat kichikroq kо‘lamlari bilan farqlanadi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |