Qisqa xulosalar
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi.
Boshqaruv uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga kо‘ra tarbiyaviy, modddiy-rag‘batlantiruvchi va ma’muriy-tashkiliy tur-larga bо‘linadi.
Boshqaruvda uzoq va yaqin muddatlarga mо‘ljallangan rejalar tuzish, qarorlar qabul qilish, ijrochilar о‘rtasida ishlarni taq-simlash, qarorlar ijrosini nazorat qilish, ijrochilarni rag‘batlan-tirish rahbar zimmasidadir.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Biznesda boshqaruv psixologiyasining mazmuni va mohiyati nimada?
2. Boshqarish san’ati deganda nimani tushunasiz?
3. Tadbirkor rahbar faoliyatining boshqarish san’atidagi xarakterli xususiyatlar nimalardan iborat?
4. Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari nimada?
5. Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatga tez erishadi?
6. Tadbirkor rahbar qanday talablarga javob berishi kerak?
7. Rahbarda qanday sifatlar mujassamlashgan bо‘lishi darkor?
8. Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlar qaysilar?
Asosiy adabiyotlar
1. Karimov I.A. О‘zbekiston demokratik taraqqiyotining yangi bosqichida –T.: О‘zbekiston, 2005.
2. Lapusta M.G. Predrinimatelstvo.-M.: INFRA-M,2004..
3. Sobirov M.A. О‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari. –T.: Fan, 2004.
4. Qosimova M.S., Xodiyev B.Y., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. О‘quv qо‘llanma. –T.: О‘qituvchi, 2003.
10-BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING IQTISODIY SAMARADORLIGI 10.1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati
Bozor iqtisodiyotiga о‘tish xо‘jalik yuritishning oqilona yо‘llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va hom ashyoni tejab-tergab sarflashni, dastgohlar va uskunalardan yaxshiroq foydalanishni, xodimlar ish unumdorligini oshirishni, mahsulot birligiga tо‘g‘ri keladigan xarajatlarni pasaytirishni, pirovardida, korxona rentabelliligini va foydaliligini oshirishni kо‘zda tutadi.
Kо‘rsatib о‘tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xо‘jalik faoliyatining yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqa-rishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi xarajatlar birligiga tо‘g‘ri keladigan iqtisodiy natijalarning kо‘payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xо‘jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, biznesni tо‘g‘ri yо‘nalishda olib borilayotganligidan darak beradi.
Samaradorlikning ta’rifi asosida ishlab chiqarish xarajat-larining tarkibi va hajmi yotadi. Xarajatlar – bu korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirishda zarur bо‘lgan omillar (sarmoyalar, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, tadbirkorlik faoliyati) uchun sarflangan mablag‘larning pulda aks ettirilishidir. Ular mahsulot tannarxi kо‘rsatkichida namoyon bо‘lib, barcha moddiy xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq tо‘lash xarajatlarining puldagi ifodasidir.
Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki guruhga: doimiy va о‘zgaruvchan xarajatlarga bо‘lish mumkin. Doimiy xarajatlarga mikdori ishlab chiqarish hajmi о‘zgarishi bilan ham о‘zgarmaydigan xarajatlar kiradi. Ular korxona mahsulot ishlab chiqarmagan holda ham tо‘lanishi kerak. Ularga amortizatsiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug‘urta badallari, boshqaruv xodimla-rining ish haqlari va boshqalar kiradi.
О‘zgaruvchan xarajatlar deb, umumiy mikdori bevosita ishlab chiqarish va sotish hajmlariga kiritilgan, shuningdek, mah-sulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar tushuniladi. Bularga xom ashyo, material-lar, yoqilg‘i va elektr energiyasi, ishchilar mehnatiga haq tо‘lash va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining bunday bо‘linishi korxonalar faoliyati samaradorligining har xil kо‘rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir.
Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash uslubi umumiy xarajatlar va ularning ayrim turlarini xо‘jalik faoliyatining natijalari bilan taqqoslashdan iboratdir. Buning uchun turli xil kо‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu kо‘rsatkichlarning belgilangan tasnifi mavjud emas. Har bir korxona iqtisodiyotini о‘rganuvchi ularni о‘zicha, u yoki bu kо‘rsatkichlarning ahamiyatini ta’kidlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama baholagan holda guruhlarga ajratadi.
Barcha kо‘rsatkichlarni quyidagi uchta guruxga birlashtirish maqsadga muvofiqdir: xо‘jalik faoliyatini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlar; resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi kо‘rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni baholovchi kо‘rsatkichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |