Tadbirkor rahbar faoliyatida har xil ziddiyat (konflikt)lar va mojarolar uchrab turadi. Mehnat shart-sharoitlari, mehnat natija-lari, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilmasligi, mehnat-dan qoniqmaslik tufayli tadbirkor rahbar va xodimlar о‘rtasida ziddiyatlar va mojarolar kelib chiqadi. Bu yerda tadbirkor rahbar bilan xodimlar о‘rtasidagi va shaxslararo ziddiyatlarni fikrlash kerak. Bu hollardagi ziddiyatlarning bir necha sabablari mavjud.
Moddiy-texnik sabablar – mehnat vositalari bilan mehnat jarayonlari, shart-sharoitlari о‘rtasidagi ziddiyatlar. Asbob-uskuna-lar, jihozlar eskiligi uchun mehnat sharoiti yomon, mehnat unumdor-ligi past va hokazo. Bular xodimlarga g‘amxо‘rlik qilishga tо‘siq, moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilmasligiga sabab bо‘ladi.
Xо‘jalik-tashkiliy sabablar – mehnat natijalarini tо‘g‘ri baholamaslik, mehnatni tо‘g‘ri taqsimlamaslik. Bular xodimlarda norozilik tug‘diradi.
Ijtimoiy-kasbiy sabablar – xodimlarning bilimi, malakasi va kasb mahoratini nazar-pisand yetmaslik, xodimdan о‘z о‘rnida foydalanmaslik, mehnat qonunchiligiga amal qilmaslik.
Ijtimoiy-demografik sabablar – xodimlarning yoshi, jinsi, millati, ma’lumoti kabi omillarni, oilaviy sharoitlarini inobatga olmaslik.
Ijtimoiy-psixologik sabablar – xodimlar faoliyatida yaqqol kо‘zga tashlanadigan yaxshi va yomon xislatlar, qobiliyati, qiziqishlari, xotirasi, tafakkuri, his-tuyg‘usi kabi ruhiy holatlar bilan hisoblashmaslik.
Tadbirkor rahbar faoliyatida qо‘l ostidagilar bilan muloqot-muomalada ham ziddiyatli holatlar rо‘y berishi mumkin. Bunga rahbarning yoki xodimning kalondimog‘ligi, muomala madaniyatining pastligi, qiziqqon-jizzakiligi, qо‘rsligi, qо‘polligi, tundligi va boshqalar sabab bо‘ladi. Xodimning dangasaligi, yalqovligi, maqtanchoqligi, loqaydligi, beparvoligi ham ba’zan ziddiyatlar tug‘diradi.
Tadbirkor rahbar va xodimlar о‘rtasidagi ruhiy psixologik ziddiyatlar kelib chiqishga sabab:
1) mehnat jarayonining notо‘g‘ri uyushtirilishi;
2) shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murak-kabligi;
3) jamoa a’zosining о‘ziga xosligidir.
Tadbirkor rahbar bunday ziddiyatli holatlarni tо‘g‘ri idrok etishi, tahlil qilishi, baholashi muhim ahamiyatga ega. Agar rahbar har bir ziddiyatli hodisaga holisona, dо‘stona, samimiy munosabatda bо‘lsa, masala tо‘g‘ri yechimini topadi, bordi-yu, jizzakilik qilib, yengiltaklik bilan baholasa, nosog‘lom axloqiy-ruhiy muhit paydo bо‘lishiga yо‘l qо‘yadi. Tadbirkor rahbar har qanday ziddiyatli holatda о‘zini tutishi, bosiq bо‘lishi, uzoqni kо‘zlashi, murosa-madora qili-shi, holatga moslashishi, suhbatdoshini hamkorlikka, yaxshilikka da’vat qilishi yaxshi natija beradi.
Bizningcha, tadbirkor rahbarning har qanday ziddiyat va mojaroni bartaraf etish yо‘llari quyidagilardan iborat:
1. Mojaroning kelib chiqish sabablarini aniqlash va uning о‘tkirlashishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun chora-tadbirlar kо‘rish.
2. Mojaroli vaziyatni yumshatish – ziddiyatga borgan kishilar bilan oshkora suhbat va ular sonini kamaytirish choralarini izlash.
Vaziyatni tо‘la idrok etish, о‘zlashtirish – «ahvol»ning xо‘jayini bо‘lib olish va qat’iy chora kо‘rish.
Mojaro va uning vaziyatlarini chuqur taxlil qilishi:
- mojarolashayotgan tomon va guvohlar bilan alohida suhbat-lashishi;
- ularning maqsadi, qiziqishlari, hulq-atvori, kasbi, tajribasi, turmush sharoiti va boshqa ruhiy-ma’naviy jihatlarini о‘rganish;
- mojaroli vaziyatning sabablarini, jamoaning unga munosa-batini aniqlash;
- mojaro haqidagi axborotlarni haqiqiy ahvol bilan solish-tirish;
- mojaroni hal etishning har xil usullarini ishlab chiqish va tahlil qilish;
- mojaroni hal etishning eng qulay usuli, shakli, vositasi va sharoitlarini tanlash;
- tanlangan usullarni jamoa tarbiyasi, mehnat vazifalari, maqsadlari bilan qiyoslab, taroziga solib kо‘rish;
- tanlangan va tekshirilgan usulni qо‘llab, mojaroni bartaraf etish;
- mojaro bartaraf etilganidan hammani xabardor qilish;
- mojaro keltirib chiqargan tomonning nohaqliligi isbotlangach ularni tо‘g‘ri yо‘lga boshlash va hokazo.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qaysi bо‘g‘indagi tadbirkor shuni tushunib yetmog‘i kerakki, har qanday sharoitda ham insonga g‘amhо‘rlik qilish, inson ruhiy holatini barqaror etishga qaratilgan jarayonlarni tashkil etish, jamoaning har bir a’zosi mehnatdan moddiy va ma’naviy qoniqish hosil qilishiga erishish uning zimmasidagi muqaddas vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |