Ўзбкистон республикаси


Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatlari



Download 2,55 Mb.
bet82/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

9-BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISH PSIXOLOGIYASI

9.1. Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatlari


Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadir-korlik va ishbilarmonlikni, boshqaruv uslublarini takomillashti-rishni talab etadi. Boshqarish uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga kо‘ra tarbiyaviy, moddiy-rag‘batlan-tiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga bо‘linadi.
Tarbiyaviy uslub, insonning ma’naviy takomillashishiga, ruhiyatiga va boshqa ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi.
Moddiy rag‘batlantiruvchi uslub esa mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy qiziqtirish maqsadida tashkil etiladi.
Ma’muriy-tashkiliy uslub asosan jamiyat talablarini qondirishga qaratilgan bо‘lib, ishlab chiqarish jarayonini va mehnat taqsimotini rejali olib borish uchun qо‘llaniladi. Bu uslub ikki turda bо‘lishi mumkin: uzoq muddatga moslashtiriladigan va bir martalik bо‘lishi mumkin. Shart-sharoitiga kо‘ra, kerakli uslub qо‘llaniladi va bu takomillashtirib boriladi. Boshqarish uslublarini takomillashtirishdan asosiy maqsad daromadni tо‘g‘ri taqsimlash, har bir ishchi, xizmatchining о‘z mehnatiga yarasha daromad olishini ta’minlashdir. Demak, boshqarish uslublarini hayotga shunday tadbiq etish kerakki, har bir inson mehnat qilsagina, turmushi yaxshi bо‘lishiga ishonch hosil qilsin.
Xо‘sh, boshqarish san’ati nima? Boshqarish san’ati tadbirkor rahbarlardan talab qilinadigan eng asosiy xislatlardan bо‘lib, uning qо‘l ostidagi ishchi-xizmatchilar bilan yaxshi munosabat о‘rnatishini, korxonada ishlab chiqarishning eng samarali natijalarini beradigan muhit yaratishni taqozo etadi.
Yaponiyaning boshqarish uslubi ana shu tamoyil asosiga qurilgan. Yaponlarning boshlang‘ich ijtimoiy sharoiti shundayki, ular ishchini ijtimoiy himoya qilish bilan birga ma’naviy tarbiyalab borishadi, inson psixologiyasidan tо‘g‘ri foydalanishadi, ishchini ishga tayyorlash jarayonida halqqa ma’lum bо‘lgan uslublarni qо‘llashadi, ya’ni bajariladigan ishning nozik tomonlarini va qat’iylikni о‘rgatishadi. Ishchining ish joyini tez-tez о‘zgartirishi qattiq qoralanadi, shu sababli ishchilar bir ish joyida uzoq yillar davomida ishlab, о‘z kompaniyasiga sodiq bо‘lishadi. Natijada, ishchilarning tajribasi va malakasi juda yuqori bо‘ladi, bu esa, о‘z navbatida, mehnat unumdorligining о‘sishiga, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga olib keladi.
Mahsulot ishlab chiqarish bilan uning sifatini nazorat qilish jarayoni hech qachon ajratilmaydi yoki bir-biriga qarama-qarshi qо‘yilmaydi. Ularning fikricha, nazoratni kuchaytirish yoki nazoratchining huquqini kuchaytirish bilan yuqori sifatli mahsulot olib bо‘lmaydi. Vaholanki mahsulot sifatini tayyor bо‘lgandan keyin emas, aksincha, uni tayyorlash jarayonida, bajarilgan har bir ish operatsiyasidan sо‘ng nazorat qilish kerak. Nazoratchining asosiy vazifasi sifatsiz mahsulot ishlab chiqarayotgan ishchini topib uni jazolash emas, balki uning sababini aniqlash va bartaraf qilishdan iborat bо‘lishi kerak. Mana shu uslubni yaponlar tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yganligi sababli har bir ishchi о‘z-о‘zini nazorat qilishga о‘rgangan va doimo о‘z ustida izlanishlar olib boradi. Kompaniyalarda sifat guruhlari tashkil qilingan.
Bizda ham har bir tadbirkor rahbar ish joylarida mana shunday uslubni tashkil qila olishi kerak. Shundagina sifatsiz mahsulot sonini kamaytirib, yuqori sifatli mahsulot olishga erishish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoiti boshqaruvida uzoq va yaqin muddatlarga mо‘ljallangan rejalar tuzish, qarorlar qabul qilish, ijrochilar о‘rtasida ishlarni taqsimlash, qarorlar ijrosini nazorat qilish, ijrochilarni rag‘batlantirib borish kabi ishlar ham tadbirkor rahbar zimmasidadir. Boshqaruv qarorlari ichki va tashqi omillarga ega bо‘lib, ular oddiy va murakkab sharoitlarda bir qarorni tayyorlash va qabul qilishda jamoa faollarining qatnashuvi hamda tadbirkor rahbar tashkilotchiligini, boshqaruvni demokratik uslubda olib borishi kerakligini kо‘rsatadi.
Tadbirkor rahbarning tashkilotchiligi – mehnat jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, ishlab chiqarish va tarbiyaviy jarayonlarga ta’sir kо‘rsatish, guruh faoliyatini oliy maqsadlarga qarata olish qobiliyati kabi masalalarni qamrab oladi.
Tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobiliyatining ikkinchi yо‘nalishi – ishlab chiqarish tizimini yaxshilash tadbirlariga qaratilmog‘i, yangi jamoada axloqiy-ruhiy muhitni qaror toptirish, yangi texnologiyani joriy etish, kuchlarni tezkor ishlarni bajarishga qaratish, boshqaruvdagi odamlarni imkon qadar kamaytirish, yangi xodimlar malakasini oshirib borish, odamlardagi «boqimandalik» ruhiyatiga barham berish, ishda har xil mojarolar kelib chiqishiga yо‘l qо‘maslik, mehnat intizomiga qattiq rioya qilishdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor rahbar faoliyatining mazmuni – uning boshqarish san’atini nechog‘lik egallagani, ya’ni odalarni jamoaga uyushtirish, ishlarni uzoq va yaqin muddatlarga rejalashtirish, nazorat qilish, axborotlar ayirboshlash, boshqa-rishni oqilona tashkil etish kabi mezonlar bilan ham izohlanadi. Bunda tadbirkor rahbar ongliligi, tadbirkorliligi, ishlab chiqa-rishni ishning kо‘zini bilib tashkil etishi, belgilangan natija-larga erishishi, odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirib borishi, uning guruh, jamoa, jamiyat oldida ma’suliyat, burch tuyg‘usini chuqur his qilishi muhim ahamiyatga ega.
Tadbirkorning tashkilotchilik qobiliyati hamma narsada muvaffaqiyatga erishuvining muhim shartidir. Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatiga tez erishadi? Ruhshunos olimlar uning bir necha omillarga bog‘liqligini ta’kidlaganlar.
Bular quyidagilardir:
Tadbirkor rahbarda tashkilotchilik qobiliyatining namoyon bо‘lishi:
- jamoada sof ahloqiy muhit paydo qila olishi, hammaning hamkorlikda harakat qilishini ta’minlay olishi;
- odamlarni ishontira olishi va jamoada о‘zaro yaxshi munosabatlarni qaror toptirish uchun shart-sharoit yaratishi.
Rahbarning odamlar bilan til topib ishlash mahorati:
- tadbirkor о‘z qо‘l ostidagilarning nimaga qodirligini hisobga olib ishlarni taqsimlashi;
- odamlarni uyushtirishning eng muhim omillaridan foyda-lanishi;
- har bir kishining ruhiy-psixologik kayfiyatlariga mos ravish-da muloqot qilishi.
Tadbirkor rahbarning mehnatga munosabatida ishbilar-monligi:
- ishlab chiqarish va boshqa jabhalarda har xil muammolarni hal etishda eng qulay yо‘llarni izlab topish;
- vijdonlilik va adolatlilik;
- boshlagan ishlarni oxiriga yetkazish.
Rahbar faoliyatida ijro etish qobiliyatining namoyon bо‘lishi:
- kasbiy malaka va kо‘nikmaga ega bо‘lishi;
- texnik vazifalarni hal etishga uquvliligi;
- yangiliklar va g‘oyalarni ishlab chiqarishga joriy etib borishi.
Tadbirkor rahbarning qarorlarni qabul qilishdagi uquvi:
- mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish;
- qabul qilgan qarorining oqibati va natijalarini kо‘ra bilishi;
- ishlab chiqarishda sodir bо‘luvchi turli holatlarni hisobga olib borishi, tanglikdan qutulish yо‘llarini izlashi;
- notо‘g‘ri qaror qabul qilganda о‘z xatolarini bо‘yniga olishi;
- xodimlarni boshqaruv masalalariga kо‘proq jalb etishi.
Tadbirkor rahbarning odamlarga munosabati:
- о‘z va’dasi, sо‘zining ustidan chiqishi;
- odamlarni bir-biridan ajratmasligi – hammaga bab-baravar munosabatda bо‘lishi;
- о‘z qо‘l ostidagilarga va boshqalarga tavozeda bо‘lishi va о‘zini tuta bilishi, odobliligi va xushmuomalaligi;
- odamlarga munosabatda har bir kishining ruhiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olib muomalada bо‘lishi.
Tadbirkor rahbarning о‘z-о‘ziga talabchanligi:
- о‘z hatti harakatlarini tanqidiy baholay olishi;
- о‘z imkoniyatlarini hisobga olib ishlashi;
- boshqalarning unga bergan yaxshi va yomon baholarini tahlil etib, ulardan tegishli xulosa chiqarishi.
Rahbar о‘zida quyidagi ruhiy-psixologik, fiziologik, axloqiy, ma’naviy va ishbilarmonlik sifatlarini mujassamlashtirgan bо‘lishi kerak.
Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari:
Nutq va tafakkur sifatlari – kuchli xotira, doimiy diqqatning barqarorligi, sog‘lom aql, fikrning kengligi, chuqurligi, tezligi, muammo moxiyatini tez anglab olish, ijodiylik, fikrni og‘zaki va yozma shaklda qisqa, tushunarli, aniq tarzda ifodalash.
Xarakter sifatlari – maqsadga intiluvchanlik, dadillik, mardlik, ishonch, о‘zini tuta bilish, о‘zi va boshqalargi nisbatan talabchanlik, tavakkal qilish qobiliyati, qiyin vaziyatlarda ham о‘zini yо‘qotmaslik, xazil-mutoyiba tuyg‘usi.
His-tuyg‘u sifatlari – his-tuyg‘ularning turg‘unligi, aniqligi, ifodaliligi, kuchli xayajonli holatlarda tо‘g‘ri harakatlar qilish qobiliyati, muloqotga kirishganda boshqalar kayfiyatini, his-tuyg‘ularini hisobga olish, о‘z xis-xayajonlarini va kayfiyatlarini boshqara olish.
Hulq-atvor sifatlari – yanada yaxshilashga intilish va uni himoya etish, odamlar bilan munosabatda samimiylik, halollik.
Tadbirkor rahbarning ruhiy-fiziologik sifatlari:
1. Arzimas narsalardan janjal chiqarmaslik, achchiqlanmaslik, ba’zan kо‘rib kо‘rmaganga olish;
2. Ruhiy jarayonlarda bosiqlik.
3. Ruhiy, xayajonli xavf-xatar hollarida о‘zini yо‘qotib qо‘ymaslik.
4. О‘zini anglashda faollik, kayfiyatda о‘ta sezgirlik.
5. Jismoniy sog‘lom va har tomonlama barkamollik.
Tadbirkor rahbarning axloqiy, ma’naviy sifatlari:
1. Mehnatsevarlik, odamlarga nisbatan mexribonlik, insonpar-varlik, samimiylik, halollik, vijdonlilik, sabr-matonat, holislik.
2. Tartiblilik va intizomlilik, о‘ziga va boshqalarga talab-chanlik, о‘zgalar fikrini tushunish va hisobga olish.
Tadbirkor rahbarning ishbilarmonlik sifatlari: Soha va kasb sirlarini yaxshi bilish, о‘z ishi sohasida yuqori malakaga ega bо‘lish, yangi texnologiya talablariga mos bilim va tajriba, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini chuqur bilish, boshqarish usullarini yaxshi о‘zlashtirgan bо‘lishi, о‘z bilimi, malaka va kо‘nikmalarini oshirib borish, axborot ayirboshlashni bilish va hokazo.
Tadbirkor rahbarning tashqi kо‘rinishi ham alohida ahamiyatga ega. Uning kiyim-boshi hamisha toza, ozoda, tartibli bо‘lishi, о‘zi esa hulq-atvorda boshqalarga namuna kо‘rsatishi, saranjom-sarishtalik-ka rioya qilishi kerak.
Mana shu xususiyatlarni о‘zida namoyon qilgan tadbirkor rahbar bozor iqtisodiyoti talablariga tо‘liq javob beradi. Zero, bozor munosabatlari ishni jiddiy asoslarda, texnologik jarayonlar bilan qо‘shib olib borishni, tezkorlikni, malaka va uquvni, kasb mahoratini yaxshi egallashni taqozo qiladi. Ishlab chiqarish, savdo-tijorat, xizmat idoralari, xalq xо‘jaligining barcha tarmoqlarida faoliyat kо‘rsatuvchi tadbirkorlarning xorijliklar bilan hamkor-lik qilish, shartnomalar va bitimlar tuzish, muzoqaralar olib borish uquvini namoyon etishi ham bozor munosabatlari talabidir.
Tadbirkor rahbar о‘z qо‘l ostidagilarda faollik, onglilik, ijodkorlik, intizomlilik, о‘z-о‘zini tarbiyalab borish sifatlarini qaror toptirsa, mehnatda ham, xizmatda ham, el-ulus orasida ham obrо‘ topadi. Shuningdek, tadbirkor rahbarning kо‘pchilik bilan muoma-la qila olish qobiliyati ham uning tashkilotchiligidan nishonadir.
Bundan tashqari, tadbirkor rahbar mehnat jamoalarining uyushishi, jipslashishi va rivojlanishining ruhiy-psixologik jarayonlari bosqichlarini ham hisobga olishi kerak.
Uyushish-jipslashish bosqichi. Mehnat jamoasiga uyushish-jipslashish hamkorlikda faoliyat qilish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda jamoa a’zolarining malakasi, qobiliyati, qiziqishlari e’tiborga olinadi. Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishdagi faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor rahbar mehnat jarayonida kishilarning bilimi, kasbi, malakasi, yoshini hisobga olib, ularni jamoaga tо‘playdi. Bunda tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobiliyati namoyon bо‘ladi.
Jamoaning tarkib topish bosqichi. Bu bosqichda tadbirkor rahbar jamoa har bir a’zosining mehnatga munosabatini aniqlashga harakat qiladi. Kimki faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglasa, о‘zining bor kuchi, ijodkorligini ishga safarbar etadi. Jamoada faollar va dangasalar, ishga halaqit beruvchilar bо‘lishi mumkin. Tadbirkor rahbar bunday holda xodimlar о‘rnini almashti-rish, mehnatga munosabatini о‘zgartirish, о‘z ishiga qiziqtirish, tashabbus kо‘rsatishga undash orqali jamoa faoliyatini ta’minlaydi. U bu ishlarni qо‘l ostidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish, baho-lash, mehnat natijalarini chamalab kо‘rish bilan qо‘shib olib boradi.
Har bir a’zoning jamoaga moslashish bosqichi. Bu bosqichda «qoloqlar», «ishga halaqit beruvchilar» qolmaydi. Ularning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlari jamoa faoliyati bilan uyg‘unlashib, moslashib ketadi. Sof axloqiy-ruhiy muhit yaratilgan mehnat jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga qiziquvchanlik barqaror tus oladi. Shaxsda yaxshi niyat paydo bо‘ladi, maqsad va ehtiyojlarini qondirishga intilish, mehnatsevarlik kuchayadi. Hamkorlikdagi mehnatdan zavq olish shaxslararo munosabatlarni yaxshilaydi.
Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi. Bu bosqichda jamoa his-tuyg‘ulari bir maqsad yо‘lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi, an’anaviylik qaror topadi. Inson о‘z qiziqishlari va intilishlarini jamoa hayoti bilan bog‘laydi. Atrofdagilarga ishoni ortadi, dо‘stlik va muhabbat rishtalari mustahkamlanadi. Bu jarayonlarda tadbirkor rahbar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Bunda tadbirkorning о‘ziga xos ish yuritishi, boshqaruv malakasi, tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlarni olib borish mahorati yaqqol namoyon bо‘ladi.
Yaxshi tadbirkor rahbar uchun ma’lum shaxsiy sifatlar zarur. U qat’iyatligi va chaqqon, ziyrak bо‘lishi kerak. Tadbirkor о‘ziga kerakli fikrlarni yig‘a bilishi kerak. 99 foiz ilg‘or g‘oyalar mutaxassislar bilan muloqotda yuzaga kelsa, 1 foiz g‘oyalar odamlarni eshita bili-shida paydo bо‘ladi. Buning uchun suhbatlashishni bilish, о‘rganish, shaxsiy g‘arazlarni unutish, g‘oyalarni tartibga solish, eng asosiysi, doimo о‘qish-о‘rganish kerak. Aks holda, u о‘z ishini baholay olmaydi.
Tadbirkor rahbar bozor sharoitida о‘z huquqidan tо‘la foydalanishi va zarur hollarda quyidagilarni amalga oshirishi, ya’ni yomon xodimlardan voz kechishi, о‘z xodimlaridan zaruriy natijalarni talab etishi, fikrlash qobiliyatiga ega bо‘lganlarni g‘oyalarga yо‘naltirishi kerak va hokazo.
Shular bilan bir qatorda u qat’iy buyruqlar berishi, buyruq-ning bajarilishi natijalaridan voqif bо‘lib turishi zarurdir. Shuning uchun u xodimlarning ichki xususiyatlarini bilishi kerak. Ba’zan xodimlar qasddan mehnat intizomini buzadilar. Bunga sabab moddiy ta’minotining о‘z vaqtida bо‘lmasligi, bir necha vazifani bir vaqtda berilishi, uning aniq bajarilish vaqti kо‘rsatil-maganligi, mukofotlash shaklining nomukammalligidir. Tadbirkor rahbar kishilarning bunday kamchiliklariga sabr-toqat bilan yondashishi kerak.
Tadbirkor rahbar kamsuqum, qat’iy, halol, shijoatli bо‘lib, ishchi-xizmatchilarning fikri, taklifi, mulohazalari bilan hisoblashib, demokratik usulda ish kо‘radi. Shu bilan bir qatorda, korxonada intizomni, tartibni talabchanlik bilan nazoratga oladi. Sifat bilan kо‘rsatkichni e’tibordan chetda qoldirmaydi. Mehnatni aniq hisob-kitob, reja bilan yuritishga erishadi. О‘zining qobi-liyatiga obyektiv baho bera oladi. Kadrlarni tanlashda, ish jarayoni-da tanish-bilishchilikka emas, asl mutaxassislarga suyanadi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish