Ўзбкистон республикаси


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini axborot bilan ta’minlashni tashkil etish



Download 2,55 Mb.
bet80/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

8.3. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini axborot bilan ta’minlashni tashkil etish


Biznes faoliyatini axborot bilan ta’minlashning asosiy vazi-fasi barcha martabadagi ishbilarmonlarga о‘zlarini qiziqtiradigan barcha masalalarga doir ma’lumotlarni о‘z vaqtida yetkazib berishdan iboratdir.
Axborotlarga ehtiyoj kichik va xususiy biznesni axborotlar bilan ta’minlanishining asosiy sharti hisoblanadi. Ehtiyoj esa tadbirkorlarning bajarayotgan ishlarini hisobga olgan holda kichik va xususiy tadbirkorlikning maqsadi hamda vazifalaridan kelib chiqib aniqlanadi. Axborotlar hajmi, ularning turlari, ularda qayd qilingan kerakli ma’lumotlarning mikdori, kо‘rsatkichlarini aniqlash, axborotlar bilan ta’minlash tizimi tashkilotchilarining birinchi navbatdagi ishi bо‘lib hisoblanadi. Tadbirkorlar samarali ishlashi uchun yetarli mikdordagi axborotlar bilan ta’minlangan bо‘lishlari kerak. Axborot tо‘g‘ri, ishonchli va aniq bо‘lishi, о‘z vaqtida kelib tushishi lozim.
Har bir kichik korxonada hujjatlarni о‘rganish jarayonida doimiy, о‘zgaruvchan va hosila axborotlarni, ularning davriyligini, qaror qabul qilishda ishlatilishini aniqlash kerak.
Hujjatlarni bajarilayotgan biznesning u yoki bu xizmatlariga tegishli ekanligini aniqlash uchun texnik, rejaviy, moliyaviy, meyoriy, dasturiy va hokazo yо‘nalishlar bо‘yicha guruhlarga ajratish mumkin.
Hujjatlarni bunday turkumlash hujjatlar harakatining umu-miy qonuniyatini aniqlashga, hujjatlarning tuzilishini, ma’lumot-larni qayta ishlash ketma-ketligini, xodimlarni ish bilan band qilish darajasini hamda hisoblash texnikasini belgilashga imkon beradi.
Shunday turkumlash asosida hujjatlar aylanuvi tahlil qilinadi. Bu esa ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining umumiy kо‘rsatkichlarini aniqlashga va uni takomillashtirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi. Hujjatlarning shaklla-nishi va harakati qonuniyatini hisobga olgan holda hujjatlar aylanuvi tasvirini kо‘rish mumkin. Tasvirlar hujjatlarning tarkibi va qayta ishlanishini batafsil tadqiqot qilish natijalarini umumlashtirish bо‘ladi. Ular yordamida bajarilayotgan ish turlari, hujjat shakllari va xodimlar vazifalari orasida mavjud bо‘lgan aloqalarni va о‘zaro bir-birlarini almashtirishni grafik shaklida kо‘rgazmali tasvirlash mumkin bо‘ladi.
Axborot oqimlarini tashkil qiluvchi manbalar:
- axborot manbalari va iste’molchilarni aniqlash;
- hujjatlarni ishlab chiqishni;
- axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash uchun texnik vositalarni aniqlash hamda hujjatlarni tuzishni;
- rasmiylashtirish, rо‘yxatdan о‘tkazish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartiblarini belgilashni о‘z ichiga oladi.
Kichik biznesni axborot bilan ta’minlashni tashkil qilishda mavjud hisoblash va perfokartali texnikalarning mavjudligidan, axborotlarni yig‘ish, qayta ishlashni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish darajasidan kelib chiqish kerak.
Texnik vosita qanchalik mukammal bо‘lsa, biznesmen, ishbilarmon mehnatini tashkil qilish shunchalik samarali bо‘ladi. Kichik biznesni axborot bilan ta’minlashni ikki asosiy sinfga bо‘lish mumkin: tashkil qilish texnik vositasi va hisoblash mashinalari.
Tashkil qilish texnik vositalariga axborotlarni olish va qayta ishlash, nusxa kо‘chirish va kо‘paytirishga mо‘ljallangan turli xil uskunalar, moslamalar, mashinalar hamda aloqa vositalari kiradi. Bunga yana axborot tashuvchilar va xizmat kо‘rsatish vositalari, xizmat xonalari asbob-uskunalarini ham kiritish mumkin. Ishbi-larmonlar о‘z ishlarida juda kо‘plab oddiy qurol va moslamalardan: qalamlar, ruchkalar, schyotlar, idora daftarlari, jadvallar, grafik-lar, va hokazolardan foydalanadilar.
Kichik biznes faoliyatini axborot bilan ta’minlashni tashkil qilish, hujjatlarni saqlash vositalari: tokchalar, javonlar, karto-tekalar, magnit tasmalari, magnit va lazer disklarini kо‘zda tutadi. Aloqa vositalarining: telefon, teleks, ATS, direktorlik va dispet-cherlik kommutatorlari, radioaloqa, chaqirish va avariya signal berish qurilmalari va hokazolarning mavjudligi ham muhimdir.
Biznesda xilma-xil idishlar, tarozilar, soatlar, hisoblagichlar va axborot datchiklari, turli xil ulchov asboblari, yozuv va nusxa kо‘chirish mashinalari ham muhim ahamiyatga ega.
Biznesda ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yuzlab turdagi hisoblash mashinalari ishlatiladi. Bu mashinalarni quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin:
- hisoblash-klavishli mashinalar;
- hisoblash-perfokartali mashinalar;
- elektron-hisoblash mashinalari.
Hisoblash-klavishli mashinalar eng sodda arifmetik amallarni bajarishga imkon beradi. Hisoblash-perfokartali mashinalar – qо‘shish, olish, kо‘paytirish va bо‘lishni hamda eng murakkab amal-larni bajaradi.
Elektron-hisoblash mashinalari murakkab mantiqiy operatsiya-larni: taqqoslash, keyingi amalni tanlash, ishlab chiqarilgan dasturlar bо‘yicha murakkab hisoblarni bajarish qobiliyatiga ega.
Biznesda texnik vositalardan foydalanishni tashkil qilish shakllari turli-tuman. Kichik korxonalarda mashina-hisoblash stan-siyalari tashkil qilinadi.
Kо‘pgina ishbilarmonlar axborot-hisoblash markazlari xizmat-laridan xо‘jalik shartnomalari asosida foydalanadilar.
Axborotlar bilan ta’minlashni tashkil qilish axborotlarni yig‘ish, uzatish va qayta ishlash bilan mashg‘ul xodimlar mehnatini ham tashkil qilishni kо‘zda tutadi. Unumli mehnat uchun quyidagilar zarur:
- ishchi о‘rinlarini tashkil qilish va ularga xizmat kо‘rsatish;
- mehnatni aniq taqsimlash va birlashtirish;
- mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlash-tirish, xodimlar mehnati va hayotining qulay sanitariya-gigena sharoitlarini yaratish.
Tadbirkor tomonidan qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari xususiyatlarining tahlili tadbirkorning axborotga bо‘lgan ehtiyo-jini aniqlash uchun obyektiv asos bо‘ladi. Qaror qabul qilish uchun turli-tuman axborotlar kerak. Bular avvalo, biznesni ta’riflovchi ichki axborotlardir. Moddiy va mehnat zaxiralari, ishlab chiqarish texnologiyasi, mahsulotlarning tannarxi, korxona ichida yuklarni tashish, xodimlar mehnatiga haq tо‘lash, ularning malakalarini oshirish va boshqalar shunday axborotlardan bо‘lishi mumkin.
Bunday axborotlar operativ xarakterga ega bо‘lib, mahsulot ishlab chiqarish va sotishni hamda biznesning iqtisodiy kо‘rsatkich-larini aks ettiradi.
Ichki axborotdan tashqi tadbirkorga tashqi axborot ham kerak bо‘ladi. U keng doiradagi ma’lumotlardan iborat bо‘lib, ishbi-larmonga bozor, tovarlar narxlari, transport xarajatlari, eng yangi uskunalar va ilg‘or texnologiya, biznesning uni qiziqtirgan sohasidagi fan va amaliyot yutuqlari, raqiblari haqida ma’lumotlar beradi. Bulardan tashqari har bir ishbilarmon soliqlar, tadbir-korlik haqidagi qonunlarni, mehnat qonunchiligini va boshqa meyoriy hujjatlarni yaxshi bilishi kerak.
Tadbirkorga yana ijtimoiy-psixologik axborotlar:
- tabiiy muhitning yekologik holati;
- mahsulot iste’molchilarining yashashi va maishiy sharoitlari haqidagi axborotlar ham kerak.
Tadbirkor qо‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda eng zarur axborotlarni tanlab olishi, ular bilan tanishishi, keraksiz va kam ahamiyatga ega ma’lumotlarni tashlab yuborishi hamda u yoki bu masala bо‘yicha boshqaruv qarorini ishlab chiqishi zarur.
Ishbilarmon axborot bilan bog‘liq о‘z ishini hamda axborotlar-ni tayyorlovchi о‘z xodimlari mehnatini samarali tashkil qilishi ke-rak. Aks holda rahbarga tasodifiy ma’lumotlar yetib borishi mumkin.
Tadbirkorga axborot xizmati kо‘rsatishni tashkil qilishda eng asosiy – ortiqcha ma’lumotlarni saralovchi ishonchli filtrni yaratishdir. Tadbirkorning yordamchilari ana shunday filtr bо‘lish-lari kerak.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish