(tijorat) banklari nazariy jihatdan ko‘proq ahamiyat kasb etadilar, sababi bu guruh
agregatlar likvidliligini, hajmini o‘zgartirish xarajatlar va iqtisodiy faollik darajasiga
katta ta’sir ko‘rsatadi.
“Xalqaro moliyaviy statistika” jadvalida keltiruvchi
pul va moliyaviy
ma’lumotlar 3 bosqichda beriladi. Quyida ularning ikkitasi to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Birinchi bosqichda pul
kreditni nazorat qiluvchi va pul-depozit banklari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarida bir necha qismlarda beriladi. “Xalqaro moliyaviy
statistika” ma’lumotlari pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlarga asosiy o‘rin
berilgan.
Xorijiy zahiralar hajmini inobatga olgan holda ular pullarning holati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida baholash uchun asosiy ma’lumotlar bazasini
yangidan to‘ldirib boradilar va shu bilan birga pul-kredit siyosati yaratiladi.
Ikkinchi bosqichda esa pul-kreditni nazorat qiluvchi
tashkilotlar va pul-
depozit banklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar umumiylashtirilib “Pul kredit
to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar” yig‘iladi. Bular orqali pul va kredit holati,
statistikasi to‘g‘risida tushuncha hosil qilish mumkin.
2. Birinchi bosqich.
a) Pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlar.
Pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlar mamlakat zahirasini oltinlarda,
xorijiy valyutalarda va maxsus huquqli qarzlarda saqlaydilar (SDR). Bulardan
tashqari pullarning xarajati, aylanish tezligini nazorat qiladi va davlat tashkilotlarini
nazorat qiluvchi bank sifatida namoyon bo‘ladi.
Odatda bunday funksiyalarni
markaziy bank amalga oshiradi, ammo ko‘p mamlakatlarda tanga zarb qilish bilan
davlat zahira idoralari shug‘ullanadi, ba’zi mamlakatlarda esa oltin zahiralari va
xorijiy valyutalar davlat zarbxonalarida yoki valyutani nazorat qiluvchi fondlarda
joylashadi.
Bunday monetar funksiyalar davlatning markaziy bank hisoblari bilan uzviy
bog‘lanishi kerak. Bu ishlar pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlarning barcha
funksiyalarini yagona hisob-kitob o‘lchov birligiga keltirish maqsadida qilinadi.
10.1-jadvalda pul kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlarning asosiy hisob-kitob
balanslari berilgan bo‘lib, unda pul-kredit to‘g‘risida to‘liq axborot olish mumkin.
Xorijiy
aktivlarga oltin, banknot, davlat investitsiya majburiyatlari, SDR,
xorijiy davlatlardagi depozitlar, shu bilan birga, davlatning XVF dagi zahira o‘rni
kiradi.
Davlat sektoriga bo‘lgan talablar hukumat, davlatning mahalliy boshqaruv
organlari va nomoliyaviy davlat tashkilotlarga bo‘linadi. Rivojlantirish va
jamg‘arish banklariga bo‘lgan talablar pul-kredit xarakteriga ega bo‘lmasa ham
moliyaviy tashkilotlarga bog‘liq bo‘ladi. Xususiy sektorga bo‘lgan
talab uncha
ahamiyatli emas: uy xo‘jaligi va muassasalarga asosan Markaziy bank emas, balki
tijorat banklari kredit berish bilan shug‘ullanadi. qayd qilingan veksel va
banklarning boshqa majburiyatlari pul
kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlarda
joylashgan bu qo‘yilmalar pul-depozit banklariga qo‘yilgan talablar bilan uzviy
bog‘liqdir, sababi ular Markaziy bank va pul-depozit
banklari orasidagi
operatsiyalarda ishtirok etadi va namoyon bo‘ladi.
Zahira pullar asosiy passivlar hisoblanadi. Bu – pul bazasi. Bu baza orqali
Markaziy bank depozit banklarining likvidligiga ta’sir ko‘rsatadi va shu orqali
depozit pullar yaratilishiga ta’sir qiladi.
Zahira pullarning asosiy komponentlaridan biri bu bankdan tashqarida
aylanuvchi pullardir. Iqtisodiyotni tahlil qilish uchun banklardagi zahira va
depozitlarda saqlanayotgan pullar muhim ahamiyatga ega. Xususiy sektor depoziti,
xuddi talab
singari uncha ahamiyatli emas, yoki 0 ga teng bo‘ladi. Xorijiy
majburiyatlar o‘z ichiga rezidentlar majburiyatlarini milliy hamda xorijiy
valyutalarda, shu bilan birga pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlar depozitini
qamrab oladi. Bu ma’lumotlarga XVF (MVF) kreditlarining ishlatilishi ham kiradi,
ammo hisob-kitob balanslarida bu ma’lumot “qolgan ma’lumotlar” turiga kiritiladi,
“qolgan ma’lumotlar” tarkibiga moliyaviy muassasalar tarkibining,
kapitalining
harakatchanligi va zahira aktivlari kiradi.
Xorijiy valyuta depozitlari tarkibiga faqat rezidentlar oldidagi majburiyatlar
kiradi, shuning uchun ham ular xorijiy passivlar turiga kirmaydi, hukumatning
markaziy depozitlari alohida ko‘rsatiladi va ular zahira pullar tarkibiga kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: