Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 424,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana23.07.2022
Hajmi424,87 Kb.
#842793
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
6-mavzu



MAVZU-6. PUL KREDIT SEKTORINING IQTISODIY TAHLILI 
 
6.1. Iqtisodiy operatsiyalar 
Iqtisodiy operatsiyalar hisobotiga makroiqtisodiy hisoblarning umumiy 
elementi deb qaralishi mumkin. Mulkchilik huquqi biror iqtisodiy birlikdan 
boshqasiga real yoki moliyaviy aktivga bo‘lgan mulkchilik huquqiga o‘tsa yoki 
biror-bir iqtisodiy birlik boshqa birlikka xizmat qilsa, iqtisodiy operatsiya sodir 
bo‘ladi. Ko‘p hollarda iqtisodiy operatsiyalar sodir bo‘lganda, biror moliyaviy aktiv 
boshqasiga almashiladi. Ba’zi hollarda iqtisodiy operatsiyalar tovarlar, xizmatlar va 
moliyaviy aktivlar almashuvisiz bo‘ladi. Masalan, biron aholi punktiga bepul tibbiy 
xizmat ko‘rsatiladi yoki davlatga soliq to‘laganda. Bu operatsiyalar 2 ta 
komponentdan iborat: 
1-tovarlar, xizmatlar va moliyaviy aktivlar oqimi va 2-“Bir tomonlama 
transfertlar”. 
Ma’lum hisoblangan davrda yuz beradigan iqtisodiy opera siyalar 
oqim
deyiladi. 
“Oqim” – bu, ma’lum birlik davridagi faoliyat o‘lchovidir. Makroiqtisodiy 
o‘zgaruvchi oqimlar ikki kategoriyaga bo‘linadi: moliyaviy oqimlar va moliyaviy 
emas yoki real oqimlar. Real oqimlar ishlab chiqarish yoki tovar va xizmatlarni 
qo‘lga kiritish davrida bo‘ladigan operatsiyalarni ko‘rsatadi. Moliyaviy oqimlar esa 
kredit ajratish va kredit olish operatsiyalari bilan bog‘liq. Masalan, bank mijozi o‘z 
hisobidagi pulni omonat hisobiga o‘tkazadi, bu erda moliyaviy oqim yuz beradi. 
Real oqimlar tovar va xizmatlarni sotib olishdangina iborat emas, balki u o‘z ichiga 
daromadlar va bir tomonlama transfertlarni ham oladi. Joriy daromad moliyaviy 
bo‘lmagan oqim hisoblanadi, chunki u ishlab chiqarish jaraenida to‘lov shaklida 
bo‘ladi, masalan, xizmatchi mehnati. 
Real va moliyaviy oqimlar, birga olinganda, barcha daromadlar va xarajatlar 
bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat. Bundan, iqtisodiyotning istagan sektorida 
moliyaviy emas va moliyaviy oqimlar yig‘indisi nolga teng bo‘lishi shartligi kelib 
chiqadiki, qachonki, hisobot davridagi xatolar e’tiborga olinmasa. Undan tashqari 
moliyaviy operatsiyalar balansi, real operatsiyalar balansiga qarama-qarshi belgi 
bilan teng bo‘lishi shart. SHunday qilib, oila xarajatlarining o‘sishi qarzga olingan 
summaga teng bo‘lishi kerak. Bunda daromadlar va xarajatlarning o‘sishi o‘rtasidagi 
farq jamg‘arma hajmini tashkil etadi. 
Real va moliyaviy oqimlar o‘rtasidagi farq va ularning iqtisodiyotning istagan 
sektori ichida tengligi shu mavzuda ko‘rsatilgan tahlil uchun poydevor bo‘lib xizmat 
qiladi. Milliy daromad va mahsulot hisoblarida qo‘shimcha qiymat, daromadlar va 
xarajatlar moliyaviy bo‘lmagan operatsiyalar deb ko‘rsatiladi, ichki va tashqi aktiv 
hamda passivlar hajmining o‘zgarishi – moliyaviy operatsiya deyiladi. Davlat 
moliya statistikasida moliyaviy bo‘lmagan operatsiyalar haqidagi ma’lumot – 
daromadlar va xarajatlar haqidagi ma’lumotdir. Moliyaviy operatsiyalar 
to‘g‘risidagi ma’lumot – bu, sof kreditlash va umumiy ijobiy saldo defitsitini 
moliyalashtirish haqidagi ma’lumotdir. 


To‘lov balans statistikasi ham moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan 
operatsiyalar haqida ma’lumotga ega. Moliyaviy bo‘lmagan operatsiyalar joriy 
hisoblardagi operatsiyalarda o‘z aksini topgan, moliyaviy operatsiyalar esa, kapital 
harakat hisobida va zahiralar hajmining o‘zgarishida o‘z aksini topgan. 
Bundan tashqari pul-kredit obzorida moliyaviy bo‘lmagan operatsiyalar 
ko‘rsatiladi, unda faqatgina bank tizimi aktivlari va passivlari qayt etiladi. Pul-kredit 
obzorida tarmoqlar hajmining o‘zgarishi faqat moliyaviy operatsiyalarni ko‘rsatadi. 
Milliy hisoblar tizimida va to‘lov balansida operatsiyalar biror passiv bo‘yicha 
to‘lov amalga oshirilganda emas, balki qachonki shunday passiv paydo bo‘lganda 
o‘tkaziladi. Davlat moliya statistikasi ma’lumotlari poydevorida, aksincha, kassa 
prinsipi yotibdi. Pul statistikasi sohasida balansli hisobotlarga asoslaniladi. Bu 
hisobotlar qaysiki normaga asoslangan holda tashkil etiladi. SHuningdek, u ham 
butunlay hisoblab ustiga qo‘yishi prinsipi asosida tuziladi. Masalan, vazifalar 
to‘lovgacha amalga oshiriladi. Biroq ko‘pchilik bank operatsiyalari o‘sha zahotiyoq 
bajariladi va hisob naqd amalga oshiriladi, bu farq amaliy ahamiyat kasb etmaydi. 

Download 424,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish