Sohalarning moliyaviy bo‘lmagan balansi va pul oqimining sxemasini
tuzishda turli xil xatolarga yo‘l qo‘yilish mumkin. Xatolarning birinchi
kategoriyasiga hisob ichidagi statistik tafovut sabab bo‘lsa, boshqasiga turli
hisoblarning mos tushmasligi sabab bo‘ladi. Uchinchi xil xato turli davrlardagi
hisoblarga bog‘liq holda kelib chiqadi, masalan, agar mahsulotning milliy daromadi
pul-kredit ko‘rinishi, to‘lov balansi va statistikasi kalendar yil negizida, davlat
moliyasi statistikasi esa moliyaviy yil negizida aytilgan bo‘lsa, hato kelib chiqish
mumkin.
Pul oqimlari jadvalini tuzishda va moliyaviy bo‘lmagan harakatlar
muvozanatini yuzaga keltirishda tovar va xizmatlarning eksport va import bo‘yicha
ma’lumotlari to‘lov balansi va pul-kredit ko‘rinishi jihatidan mahsulot va milliy
daromad hisobidan; markaziy hokimiyat xarajatlari jihatidan davlat moliyasi
statistikasi bergan ma’lumotlardan olinadi.
Bunda soddalashtirish uchun bank sohasidagi moliyaviy bo‘lmagan harakatlar
yo‘q deb faraz qilingan. Natijada bu sohaning har qanday nolga teng bo‘lmagan
saldosi xususiy sohasining moliyaviy bo‘lmagan harakatlari saldosini qamrab oladi.
Bu faraz va markaziy hokimiyatning moliyaviy bo‘lmagan harakatlar haqida
bergan ma’lumotlari hisobiga davlat moliyasi statistikasidan boshqa yo‘l bilan olib
bo‘lmaydigan ma’lumot “xususiy sohaning moliyaviy bo‘lmagan harakatlar
saldo”sini olish mumkin, bu markaziy hokimiyat hisobiga kiritish mumkin bo‘lgan
milliy daromad hisobining turli yillik raqamlari orasidagi farq sifatida hisoblanishi
mumkin.
Quyida hisoblashning hamma bosqichi keltirilgan:
1. GNDI=GDP+YF+TRF
2. Umumiy mablag‘ = GNDI-C
3. Ichki iqtisodiyotning moliyaviy bo‘lmagan harakatlari saldosi + umumiy
mablag‘ - umumiy investitsiya.
4. Markaziy hukumat hisobiga kiritish mo‘ljallangan daromadning umumiy
miqdori = daromadning umumiy miqdori – transfert to‘lovlar uchun xarajatlar.
5. Markaziy hukumat mablag‘ining markaziy hokimiyat mo‘ljallangan
daromad – markaziy hukumat mo‘ljallangan daromad – (ish haqi=xizmat va
tovarlarni sotib olish).
6. Markaziy hukumat moliyaviy bo‘lmagan harakatlari saldosi = markaziy
hukumat mablag‘lari – markaziy hokimiyat investitsiyasi.
7. Xususiy soha moliyaviy bo‘lmagan harakatlari saldosi = ichki iqtisod
moliyaviy bo‘lmagan sohasi saldosi – markaziy hukumat moliyaviy bo‘lmagan
sohasi saldosi.
Moliyaviy bo‘lmagan xarajatlar saldosini hisoblab, makroiqtisodiy hisoblar
orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi, pul vositalarining harakati haqida hisobot
tuzish mumkin. Bu hisobot bitta jadvalda iqtisodiyotning alohida sohalari
disbalanslarining umumiy iqtisod imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, u iqtisodiy
siyosatning asosiy o‘zgaruvchanligini aniqlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: