u
- boshqariladigan axborot, huqumat uchun markaziy soliqlar darajasi esa
boshqaruvchidir.
Boshqaruvchi ko’rsatkich
– bu, davlat siyosatining, milliy iqtisodiyot va
uning ob‘ektini davlat tomonidan tartibga solish vositasi bo‘ladigan har qanday
ko‘rsatkichdir.
Prognozlashning instrumental o‘zgaruvchilari deb milliy iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solish amalga oshiriladigan boshqaruvchi ko‘rsatkichlarga
aytiladi. Prognozlashning instrumental taxminiy ro‘yxati quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
-
ekologik andozalar tizimi;
-
bilvosita soliqlar;
-
bevosita soliqlar;
-
amortizatsiya
ajratmalari;
-
korxonalarning byudjetdan tashqari fondlarga transfert to‘lovlari;
-
minimal ish haqi;
-
nafaqaning minimal miqdori;
-
ishsizlik bo‘yicha nafaqaning minimal miqdori;
-
davlat byudjetining umumiy xarajatlari;
-
davlat byudjetining umumiy tarkibi;
-
pul-kredit siyosatining instrumentlari: hisob stavkasi, minimal zaxiralar
me‘yori;
-
davlat korxonalari va tabiiy monopoliyalar mahsulotining narxi;
-
bojxona bojlarining umumiy darajasi;
-
bojxona bojlarining tarkibi;
-
soliqlar bo‘yicha imtiyozlar;
-
kreditlar bo‘yicha imtiyozlar.
Markaz darajada prognoz - tahililiy hisoblarda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
foydalanilgani uchun axborotning agregatlashish (kondensatsiyalash) muammosi
alohida ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, “yalpi ichqi mahsulot” ko‘rsatkichini
olish uchun milliy iqtisodiyotning barcha korxonalari bo’yicha pirovard mahsulot
ishlab chiqarish hajmi ma‘lumotlari qo‘shiladi. Axborotning bunday ixchamlanishi
prognozlash masalalari hajmini va vazifasini o‘zgartirmay kamaytirishga imkon
beradi. Agregatlashish darajasi prognozlashning turli darajalari va ob‘eqtlari uchun
har xil bo‘lishi kerak.
Prognozlash ob‘ektining
muttasil tasvirini bilib, uning agregatlashgan
tasvirini olish ham mumkin. Shu vaqtning o‘zida ob‘ektning agregatlashgan
tasvirdan detallashganiga, umumiy holda ko‘plab detallashgan tasvirdan
agregatlashganga o‘tganda axborot yo’qotiladi.
Agregatlashishning eng oddiy misoli – bu, qo‘shishdir. Masalan, davlatning
iqtisodiy siyosatini ko‘rib chiqayotib, davlat xarajatlari elementlarini qo’shish,
eksportni qarab chiqqanda, eksportning turli qismlarini qo‘shish va hokazo. Ayrim
hollarda oddiy summalardan emas, balki tortilgan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Masalan, davlat soliq stavkalarining o‘rtacha miqdorlaridan foydalaniladi. Yuqorida
aytilganlarning barchasi prognozlashning miqdoriy tomonlariga tegishli.
Sifat tomonlari bilan, ayniqsa, agar bu davlat siyosatiga tegishli bo‘lsa, ishlash
murakkabroqdir.
Faraz qilaylik, importni bevosita tartibga solishning maqsadga
muvofiqligi ko‘rib chiqilmoqda. Tegishli siyosatni batafsil tasvirlashda har bir olib
kiriladigan tovar uchun tartibga solinadigan va import orasida sifat tanlovini amalga
oshirish mumkin.
Agregatlashgan modellarni shakllantirishda faqat yalpi import ko‘rsatkichlari
bilan ishlanadi, bu esa to‘liq tartibga solinadigan va to‘liq erkin import orasida
tanlash zaruratiga olib keladi.
Agregatlashish tarmoq mahsuloti nomenklaturasidagi progressiv tarkibiy
o‘zgarishlarni aniqlashga halaqit berishi mumkin (masalan, shisha idishlar o‘rniga
plastmassa idishlarning paydo bo‘lishi va vaqt o‘tishi bilan ularning ishlab chiqarishi
kengayishi).
Iqtisodiyotning agregatlashgan tasviriga o‘tishda paydo bo‘lgan
qiyinchiliklarni quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin:
-
operatsion muammolari;
-
baholash muammolari;
-
tahlilning aniqligi va ishonchliligi muammolari.
Agar u prognozlash ob‘ektining kelajakdagi rivojlanishiga tegishli barcha
ehtimolli variantlarni va erishilishi mumkin bo‘lgan barcha maqsadlarni ko‘rib
chiqsa
prognoz operatsion, deb ataladi.
Operatsionlik talablari ayniqsa qisqa muddatli prognozlar uchun muhimdir.
Masalan, aniq litsenziyaviy va Markaziy bankning kreditlash siyosatini amalga
oshirish individual litsenziyalar va qarzlar berishdan iborat. Agar prognozda to‘g’ri
yoki egri soliqlarning umumiy miqdorigina ko‘rsatilsa, u operatsion bo‘lmaydi,
chunki u soliq yig’uvchilar uchun ko‘rsatmalarga ega emas. Iqtisodiy siyosatni
tasvirlashda yuqorilashgan ko‘rsatkichlardan foydalanish ko‘pincha prognozlar va
prognoz modellari hayotdan uzoqlashuviga olib keladi. O‘rta muddatli (ayniqsa,
birinchi yilgi) davlat byudjetining axborot agregatlashuvi darajasi bo‘yicha
korrespondensiyasi bo‘lishi kerak.
Prognoz - tahliliy axborot agregatlashish darajasining o‘sishi kerakli axborot
yo‘qotilishiga va buning natijasida iqtisodiyotning holati, uning rivojlanishida
noaniqlikni oshiradi.
Lekin axborotning ehtimolli yo‘qotishlari tahlilidan,
agregatlashish darajasi
doimo minimal bo‘lishi zarur, degan xulosa chiqarmaslik kerak, chunki axborotni
detalizatsiyalash darajasini tanlash boshqa omillar ta‘siriga ham bog’liq.
Prognozning turli variantlari, muqobil natijalardan eng ratsionalini tanlash
maqsadida baholashning o‘zi juda qiyin, agar bu natijalar va prognozlar juda batafsil
berilgan bo‘lsa, baholashning murakkabligi bir necha barobar oshadi.
Agar ko‘plab ko‘rsatkichlar prognoz ob‘ekti doirasida ma‘lum bir
o‘zgaruvchilarni nisbatan barqaror qilib shakllantirsa, bu o‘zgaruvchilarni
agregatlashtirish tegishli baholashning aniqligida kichik xatoliklar bilan bog’liq
bo’ladi. Masalan, agar davlat siyosatining turli vositalaridan foydalanganda
aholining turli qatlamlari daromad darajalari nisbatan yetarli darajada barqaror
bo‘lsa, bu guruhlar daromadlarini agregatlashtirishdan kelib chiqqan baholashdagi
noaniqliklar kichkina bo‘ladi.
Shunday qilib,
masala shundaki, faqat agregatlashgan ko‘rsatkichlardan
foydalanib, iqtisodiyotning holati to‘g’risida aniq tasavvurga ega bo‘lish va yetarli
darajada aniq prognozlar olish mumkin.
Umumiy holda javob qat‘iy - yo‘q, mumkin emas. Lekin agregatlash uslubini
qo‘llaganda aniqlik va ishonchlikdaki yo‘qotishlar kichik bo‘lishiga intilish kerak.
Agregatlashgan ko‘rsatkichlar statistik ahamiyatli, ma‘muriy jihatdan muvofiq
keladigan va oson interpritatsiyalanadigan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bundan
tashqari, agregatlashda, ayniqsa, qisqa muddatli prognozlarda baholash
muammolarini va operatsionlik talablarini hisobga olish kerak.
Aniqlik va ishonchlilikda yo‘qotishlarni minimallashtirish uchun 2 ta
qoidadan foydalaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: