2.5 Indikatorlarning turlari.
Iqtisodiy kon‘yunktura vaqt davomida o‘zgarishiga qarab indikatorlarning
quyidagi turlari farqlanadi: ilgarilab ketuvchi, to‘g’ri keluvchi (yoki tahminan to‘g’ri
keluvchi) va orqada qoluvchi.
Ilgarilab ketuvchi yoki lider indikatorlar – bu, iqtisodiy kon‘yunktura
o‘zgarishlarining vaqt jihatidan ilgarilab ketuvchi statistik ko‘rsatkichlaridir.
Demak, ular o‘zgarishining nisbatini bilib, masalan, iqtisodiy inqirozlarni oldindan
aytib berish mumkin. Bandlik darajasini ilgarilab ketuvchi indikatorlar bilan
prognozlash uchun qayta ishlovchi sanoatdagi ish haftasining o‘rtacha davomiyligi,
ishsizlik bo‘yicha yangi sug’urta to‘lovlaridan foydalaniladi. Ish faolligi darajasi
pasayishidan oldin quyidagi ko‘rsatkichlar pasayadi:
-
iste‘mol tovarlari yetkazib berishga yangi buyurtmalar hajmi;
-
korporatsiyalar aksiyalari bahosining darajasi;
-
yangi mashinalar va uskunalar, buyurtmalar bilan boglio‘ sharnomalar
qiymatlari;
-
yangi uy-joylar qurilishga berilgan litsenziyalarning miqdori;
-
xom-ashyoning ayrim turdagi narxlari;
-
mamlakatdagi pul taklifi hajmi va boshqalar.
To‘g’ri keladigan indikatorlar o‘zgarishi iqtisodiy kon‘yunktura o‘zgarishiga
vaqt jihatidan to‘g’ri keluvchi indikatorlardir, ular iqtisodning ahvolini va ish
faoliyati darajasini tahlil qilinayotgan yoki prognozlash davrida aks etadi. Hozirda
mavjud bo‘lgan tasniflashga ko‘ra, to‘g’ri keluvchi indikatorlarga quyidagilar kiradi:
-
o‘zgarmas narxlardagi yalpi milliy mahsulot (YaIM);
-
o‘zgarmas narxlardagi yalpi sanoat mahsuloti hajmi;
-
o‘zgarmas narxlarda qayta ishlovchi sanoat va savdoning yalpi mahsuloti
hajmi;
-
aholi shaxsiy daromalarining hajmi;
-
sanoatda va xizmalar sohasidagi bandlik darajasi;
-
milliy iqtisodiyot (mamlakat)dagi ishsizlik darajasi.
Oxirgi ikkitasi bandlik darajasini prognozlash uchun to‘g’ri keladigan
indikatorlardir.
Orqada qoluvchi indikatorlar deb, o‘zgarishi vaqt jihatidan iqtisodiy tizim
kon‘yunkturasining o‘zgarishlaridan orqada qoluvchi indikatorlarga aytiladi. Bu
guruh o‘z ichiga quyidagi ko‘rsatkichlarni oladi:
-
agar bandlik alohida investitsion tovarlar (mashina va uskunalar) ishlab
chiqarishga kapital qo’yilmalarning o‘zgarmas narxlardagi hajmi;
-
qayta ishlash sanoatidagi mehnat unumdorligi (soatlik ish);
-
savdo va sanoatdagi o‘zgarmas narxlardagi qaytarilmagan qarzlar miqdori;
-
tijorat qarzlari bo‘yicha foiz normasi;
-
ishsizlik darajasi.
Bandlik alohida prognozlashtirilganda oxirgi ko‘rsatkich to‘g’ri keluvchi
indikator bo‘ladi.
Indikatorlar tizimi doimo takomillashadi. Tadqiqotni nafaqat AQSh iqtisodiy
tadqiqotlar Milliy Byurosi, balki alohida iqtisodchilar ham olib borishmoqda va
albatta, tadqiqot natijalari u yoki bu iqtisodchi qaysi iqtisodiy yo‘nalishga
tegishliligiga bog’liq. Monetarist R.Djilbert iqtisodiy kon‘yunktura o‘zgarishini
ilgarilab ketish imkoniyatiga tekshirilgan 3 ta monetar ko‘rsatkichni ajratgan:
-
“yuqori samardorlik”ka ega pullar, ya‘ni kredit ekspansiya uchun asos bo‘lib
xizmat qiluvchi pullar (banq tizimidan tashqaridagi pul massasi plyus bank
zahiralari);
-
“tor aniqlangan” pul massasi (bank tizimidan tashqaridagi pul massasi plyus
joriy schyotlar);
-
“keng aniqlangan” pul massasi (“tor aniqlangan” pul massasi va tijorat
banklarining muddatli omonatlari).
Indikatorlarni takomillashtirishning muhim yo‘nalishi ular asosida turli
tahliliy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish bo‘ldi. Tahliliy ma‘lumotlarga ehtiyoj
chuqurlashgan iqtisodiy qayta ishlash uslubi bilan indikativ tahlil kamchiliklarini
yo‘qotish mumkin emasligidan kelib chiqdi.
Ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - tahliliy ko‘rsatkichlarda indikatorlarning
prognoz xususiyatlarini jamlash edi. Bu ko‘rsatkichlarning asosiy turlariga yig’ma
va diffuzion indekslar hamda o‘zgarish me‘yorlari kiradi.
Yig’ma indekslar deb iqtisodiy indekslarning asosiy guruhlari (ilgarilab
ketuvchi, to‘g’ri keluvchi va orqada qoluvchi) o‘rta tortilgan miqdorlariga aytiladi.
Ularni hisoblashda taqqoslash uchun indikatorlar samaradorligini baholashdan
foydalaniladi.
Diffuzion indekslar sodir bo‘layotgan jarayonlar iqtisodiyotning turli
darajalarini qamrab olish darajasini aks etadi. Ular u yoki bu ko‘rsatkich ko‘payishi
sodir bo‘layotgan kompaniyalar, tarmoqlar va mintaqalarning ulushidan iborat.
Masalan, 30 ta tarmoq bo‘yicha diffuzion indeks tegishli vaqt davrlarida bandlik
ko‘paygan tarmoqlar ulushini foizda ko‘rsatadi.
Yana bir misol. Agar 12 ta ilgarilab ketuvchi indekslardan 6 tasi pasaysa,
diffuzion indeks tegishli ravishda 50%ni tashkil etadi. Agar barcha indekslar
qisqarsa, indeks nolga teng bo‘ladi.
Shunday qilib, agar indeks 50-100% bo‘lsa, iqtisodiyotning o‘sishi kutiladi,
50%ga teng bo‘lsa, ishlab chiqarish barqarorlashishi mumkin, agar 0-50% bo‘lsa,
ishlab chiqarishning qisqarishi kutiladi.
Diffuzion indeksni tuzishning boshqa uslubida o‘sishning o‘rta davomiyligi
hisoblanadi. Indeks tarkibiga kiruvchi har bir indeks o‘sish sodir bo‘lgan oylarni
bildiradi. O‘sishning o‘rtacha davomiyligi bu miqdorlarning o‘rtacha tortilgan
koeffitsiyenti sifatida aniqlanadi.
Masalan, agar indeksga 2 ta indikator kirib, joriy davrda ulardan biri 4 oy
davomida o‘sib (+4), ikkinchisi 1 oy pasaygan bo‘lsa (-1), o‘sish davomiyligi indeksi
1,5 ni tashkil etadi.
Lekin diffuzion indekslar va ularning o‘rtacha o‘sish davomiyligi
miqdorlarini interpretatsiya etish qiyinligini aytib o‘tish kerak. Ayniqsa, ular asosida
iqtisodiy kon‘yunkturaning kelajakdagi miqdoriy baholashni shakllantirish qiyindir.
Shuning uchun diffuzion indekslarni qo’llashning asosiy maqsadi iqtisodiy
indikatorlar bilan birga iqtisodiy kon‘yunkturani tahlil qilish va prognozlashning
qo‘shimcha vositasi bo‘lishi mumkin.
Amplituda indeksi qaysidir davrda iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlarni ularning o‘rtacha miqdoriga nisbatan tezligini o‘lchashga imkon
beradi. Har bir davr uchun amplituda indeksi uning o‘rta miqdoriga nisbatan
ko‘rsatkich o‘sishini ko‘rsatadi.
Ma‘lumotlar guruhi uchun indeks har bir ko‘rsatkichning o‘rta tortilgan
miqdori sifatida hisoblanadi, taqqoslash uchun esa bu ma‘lumotlardan foydalanish
samaradorligi baholanishi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |