bilimning u yoki bu soha mutahassislaridan olinadigan ma‘lumotlardan
foydalaniladi.
Statistik ma‘lumotlar sifatini belgilab beruvchi omillarga quyidagilar kiradi:
-
yalpi kuzatishdan tanlab kuzatish uslubiga o’tish bilan bog’liq o‘zgarishlar;
-
statistik hisobot va buxgalteriya hisobining yangi shakllari kiritilishi bilan
bog’liq birlamchi hisobning kechiktirib bo‘lmasligi;
-
agregatlashgan ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubiyati;
-
statistik ko‘rsatkichlarning iqtisodiy kategoriyaga mos kelmasligi.
Statistik ko’rsatkichlarning sifati muammosi birinchi navbatda statistik
ma‘lumotlarni yig’ish bilan bog’liq. Iqtisodiy birliklarning ko‘p martalab ko‘payishi
va mulkchilik tarkibining o‘zgarishi sharoitida iqtisodiy faoliyatni yalpi hisobga
olish imkoni bo‘lmay qoldi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z natijalarini kamaytirishdan
manfaatdor, chunki bu soliqqa tortiladigan bazani qisqartiradi.
Tanlama tadqiqot Respublikamiz statistikasi uchun mutlaqo yangilik emas.
Tanlama tadqiqotlar Sobiq Sovet tuzumi davridayoq
iqtisodiyotdagi yangi
hodisalarni o‘rganish uchun olib borilgan.
Masalan, 1958 yilda ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyasi va
avtomatizatsiyasini, uskunalarni modernizatsiyalashni, sanoatga yangi texnologik
jarayonlar va takomillashuvlar va hokazolarni tekshirishning yangi shakllari ishlab
chiqildi.
Sovet davrida o‘tkazilgan tanlama kuzatishlarning tub farqi shundaki, ular bir
martalik tadbirlar bo‘lib, umumiy to‘plamlar yaxshi aniqlangan edi. Zamonaviy
sharoitda esa, yalpi bo‘lmagan statistik quzatuvning uslublari asosiy bo‘lib qoldi,
o‘rganilayotgan to‘plamlar va ularning har biri ichidagi variatsiya ko‘plab martaga
oshdi.
Agregatlashgan statistik ko‘rsatkichlarning boshlang’ich
ishlab chiqarish
manbai bo‘lib buxgalteriya hisobi va statistik hisobotning ma‘lumotlari xizmat
qiladi. Yakuniy baholashning ishonchliligini boshlang’ich ma‘lumotlardan yakuniy
ko‘rsatkichlargacha hisoblarning bevosita harakterini ta‘minlaganda oshirish
mumkin. Rasmiy statistika yagona milliy hisoblar tizimiga (MHT) o‘tayotgani
sababli buxgalteriya va statistik ko‘rsatkichlari hamda MHTni o‘zaro
muvozanatlashi kerak.
Respublikamiz amaliyotida majburiy standartarning yo‘qligi korxonalarning
bir qismi hisobotda butun jo‘natilgan mahsulotni, boshqa qismi esa faqat xaqqi
to‘langan qismini ko‘rsatishiga olib keldi.
To‘lovlarning umumiy inqirozi sharoitida bu
tovarlar xizmatlarni ishlab
chiqarish agregatlashgan ko‘rsatkichi noaniq xisoblanishini bildiradi. Хuddi
shunday holat to‘langan emas, balki hisoblangan summalar aks etishi kerak bo‘lgan
“mehnatga xaq to‘lash” ko‘rsatkichi bilan mavjud.
Buxgalteriya hisobida boshlang’ich qiymat bo‘yicha, MHTda esa qayta
tiklanish qiymati bo‘yicha baholash ayniqsa asosiy fondlar uchun hammadan ko‘ra
muhim, chunki ularning katta qismini korxonalar o‘n yillab oldin xarid qilib,
islohotlar, narxlarning yillar davomida keskin o‘sishi amalda boshlang’ich qiymatni
nolga tenglashtirdi.
Statistiq ma‘lumotlardagi xatolikning katta manbai noqonuniy iqtisodiyot
xajmlarini oxirigacha hisobga olmaslik bo‘ldi. Noqonuniy iqtisodiyot bo‘yicha
ko‘rsatkichlarning hisobi hozirgi vaqtda ancha shartlidir. Yashirilgan tovarlar va pul
oqimlarini to‘g’ridan-to‘g’ri kuzatish imkoni bo‘lmagani sababli ularning xajmlarini
aniqlash uchun nafaqat
rasmiy statistik organlar, balki boshqa tashkilotlar xam
o‘tkazadigan hisoblarning turli uslublaridan foydalaniladi.
Statistik ma‘lumotlarning sifati nafaqat boshlang’ich ko‘rsatkichlarni yig’ish
uslublariga, balki ularni qayta ishlashga ham bog’liq. qayta ishlash jarayoniga
o‘rtacha miqdorlarni hisoblash ham kiradi. Ularni hisoblashda ikkita muammo
paydo bo‘ladi.
Birinchidan, inqiroz rivojlanish sharoitida kuzatilayotgan iqtisodiyot
qatorlarida belgilarning katta variatsiyasi seziladi. Masalan, turli mahsulotlar ishlab
chiqarish
hajmining turlicha qisqarishi, umuman olganda, sanoat uchun ishlab
chiqarish indeksi miqdoriga ta‘sir qiladi.
Ikkinchidan, turli mintaqalarda ayrim ko‘rsatkichlar orasidagi katta farqning
mamlakat uchun umumiy o‘rtacha darajasini aniqlashda muammolar kelib chiqadi.
Iste‘mol narxlarining mintaqalar bo‘yicha variatsiyasi ham maksimaldir (iste‘mol
narxlarining eng baland darajasi eng past darajasidan 2 martaga katta).
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur‘atlarini, masalan, YaIM yoki sanoat
ishlab chiqarishi o‘sish sur‘atini hisoblashda narx o‘sishining ta‘sirini yo‘qotish va
fizik hajm o‘sishini aniqlash uchun o‘zgarmas narxlardagi ko‘rsatkichlardan
foydalanish kerak. O‘zgarmas narxlardagi ko‘rsatkichlardan foydalanish ijtimoiy
ishlab chiqarish tarkibi va proporsiyalarini, shaxsiy iste‘molni tahlil qilishda muhim
ahamiyatga ega. Amalda ekonometrik modellarning
regression tenglamalari
parametrlarini hisoblashda ham o‘zgarmas narxlardagi statistik ma‘lumotlardan
foydalaniladi.
Statistik
ishlanmalar
natijasida
olingan
makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarning prognozlash ma‘lumotlardan davomiyligi turli dasturlarni
tuzishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: