Ózbekston Respublikası qishloq XójaligI vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


-mavzu. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi



Download 354,09 Kb.
bet6/30
Sana31.12.2021
Hajmi354,09 Kb.
#234354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Бино ва иншоотлар ОМК

5-mavzu. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi
Binolar va inshootlar buyicha tegishli ma`lumotlar tuplangach va

davlat róyxatidan utkazilgach bino yoki inshoot kadastr rejasiga

kiritiladi.

Kadastr rejasi xaritalar va rejaparning 1:100 dan 1:10000 gacha bulgan masshtab katoridan iborat buladiki, bu ruyxatdan utkaziladigan obektlarning joylashuvi va asosiy parametrlarining kurgazmali chizmada belgilanishini ta`minlaydi.

Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bóyicha tashkil etiladi va bu obektlarning huquqiy, xójalik va arxitektura-qurilish maqomi tóǵrisidagi ma`lumotlar tizimini mujassamlashtiradi.

Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va bu obektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat róyxatidan ótkazilishini (keyingi órinlarda binolar va inshootlarni davlat róyxatidan ótkazish deb ataladi) ta`minlash uchun yuritiladi.

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bóyicha munosabatlar Ózbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mazkur Nizom bilan tartibga solinadi. Davlat shaharsozlik kadastrini, davlat er kadastrini, foydali qazilma konlari davlat kadastrini, kóp yillik ósimliklar davlat kadastrini yuritish bóyicha munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Binolar va inshootlar davlat kadastri ma`lumotlari barcha davlat-organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni soliqqa tortishda, loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma`lumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu obektlar

Tóǵrisidagi kadastr ma`lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma`lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Binolar va inshootlar tóǵrisidagi kadastr ma`lumotlari mulk egalari, ularga ashyoviy huquqlarga ega bólgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat róyxatidan ótkazuvchi órgan va boshqa davlat órganlari tomonidan sudda talashilishi mumkin.

Binolar va inshootlar davlat róyxatidan ótkazuvchi shaxslar davlat róyxatidan ótkazishda qonun buzilishlarini ochgan taqdirda, bu haqda tegishli davlat órganlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar.

Mulk egasi bólgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega

Bólgan yuridik va jismoniy shaxslar ularga tegishli binolar va inshootlar davlat róyxatidan ótkazilganligi tóǵrisidagi hujjatlarga ega bólishlari shart
Bino va inshootni davlat róyxatidan ótkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega bólgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat róyxatidan ótkazish bóyicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni róyobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyundagi 278-soni qarori tasdiqlanga nizomning 7-bandida kórsatib ótilgan shaxslar yoki ular tomonidan vakil qilingan shaxs mulkka egalik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bólgan, ózgargan, tóxtatilgan yoxud bino yoki inshootning huquqiy holati ózgargan paytdan boshlab bir oy muddatda shahar, tuman hududidagi davlat róyxatidan ótkazuvchi órganlarga ularni binolar va inshootlar kadastr, reestr daftarida róyxatdan ótkazish uchun hujjatlarni taqdim etishga majburdirlar.

Binolar va inshootlar meros qilib olingan taqdirda binolar va inshootlarga egalik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar merosxórga yoki davlatga qonunchilikda belgilangan tartibda ótgandan keyin davlat róyxatidan ótkaziladi.

Binlar va inshootlar davlat kadastrini tashkil etish va yuritish

tuman, shahar er resurslari va davlat kadastri bólimiga yuklanadi. Binolar va inshootlar davlat kadstrini yurituvchi órganlar kadastr hujjatlarini va kadastr ma`lumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan himoya qilinishini ta`minlashlari shart.

Binolar va inshootlar davlat róyxatidan ótkazishni, kadastr ma`lumotlarini, ayrim obektlar bóyicha ma`lumotlar tayyorlashni róyxatdan ótkazuvchi órganlarning faqat vakolat berilgan xodimlariamalga oshirishlari mumkin.

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bóyicha ishlar binolar va inshootlarni davlat róyxatidan ótkazganlik uchun undiriladigan mablaǵlar va boshqa manbalar hisobidan mablaǵ bilan ta`minlanadi.

Binolar va inshootlar egalik huquqi yoxud boshqa ashyoviy huquqlar paydo bólganligini, boshqa shaxsga ótganligini davlat róyxatidan ótkazganlik uchun yuridik shaxslardan eng kam ish haqining yarmi, jismoniy shaxslardan óndan bir qismi miqdorida tólov undiriladi. Egalik huquqi yoxud boshqa ashyoviy huquqlar subektini ózgartirmagan holda obektning huquqiy holati ózgarganda kórsatib ótilgan summalarning yarmi undiriladi.

Davlat mulki bólgan obektlar bóyicha davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti hisobidan mablaǵ bilan ta`minlanadi.

Binolar va inshootlarga egalik huquqini yoxud boshqa ashyoviy huquqlar tóxtatilganligini yoxud ularning cheklanganligini davlat róyxati dan ótkazganlik uchun tólov undirilmaydi.
“Er tuzish va kóchmas mulk kadastri xizmati” Ózbekiston Respublikasi

Prezidentining 2004-yil 15-sentyabrdagi “Ózbekiston Respublikasi Er

resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qómitasini tashkil etish tóǵrisidagi Farmoniga asosan tuzilgan viloyatlardagi

“Ergeodezkadastr” davlat qómitasi tizimidagi tuzilmaviy bólinmalar

hisoblanadi.

“Ergeodezkadastr” davlat qómitasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

erdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bóyicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta`minlash;

√ erdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

 tuproq unumdorligini oshirish, erdan oqilona foydalanish va muhofaza

qilish bóyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

 geodeziya va kartografiya sohasidagi faoliyatni boshqarish;

 davlat geodeziya nazoratini boshqarish;

 joylarda davlat boshqaruvi órganlari va davlat hokimiyati

Órganlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini

muvofiqlashtirish;

 davlat er kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlari davlat kadastrini, shuningdek, Davlat kadastrlari yagona

tizimini yuritish.

“Ermulkkadastr” xizmati óz faoliyati davrida Ózbekiston Respublikasi Oliy Majlisning qarorlari va boshqa er, kóchmas mulkka oid qonun hujjatlariga, Ózbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Ózbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “Ergeodezkadastr” davlat qómitasining buyruq va kórsatmalariga, viloyat va shahar xokimlarining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, óz NIZOMiga amal qiladi.

“Er tuzish va kóchmas mulk kadastri xizmati” viloyat “Ermulkkadastr”

xizmati viloyat boshqarmasiga bóysunadi va tegishli órganlarga belgilangan

tartibda hisobot topshiradi. “Ermulkkadastr” xizmati óz faoliyatini “Ergeodezkadastr” davlat qómitasi, “Ergeodezkadastr” viloyat boshqarmasi, “Ermulkkadastr” hamda shahar hokimligi va davlat boshqaruvi órganlari, jamoat uyushmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

“Ermulkkadastr” xizmati tuzilmasiga Ózbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan tasarrufidagi shuba korxonalari kiradi. “Ermulkkadastr” xizmatining moddiy – texnika ta`minoti, xojalik hisobidagi faoliyatidan tushgan mablaǵlar, er uchastkalariga, bino va inshootlarga bolgan huquqlarni va ular bilan boǵliq amallarni davlat royxatidan ótkazish yiǵimlari, homiylik yordami mablaǵlari hamda qonun hujjatlarida ta`qiqlanmagan boshqa mablaǵlar hisobidan shakllanadi. “Ermulkkadastr” xizmati yuridik shaxs hisoblanadi, Uzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va óz nomi yozilgan yumaloq muhrga, burchak tamǵasiga, ish qoǵozlariga, shuningdek, mustaqil balansga, banklarda hisob-kitob raqamiga ega boladi.


“Ermulk kadastr” xizmatining asosiy vazifalariga quyidagi kiradi:

 hududiy chegarasi boylab topografiya-geodeziya, kadastr s`yomkasi

ishlarini amalga oshirish, er tuzish faoliyatini yuritish, er ajratish va

tashkil etish va shu bilan birga;

 ma`muriy hududlar va er uchastkalari chegaralarini topogeodezik

usullarda aniqlash va belgilash ishlarini bajarish;

 shahar hududini iqtisodiy jihatdan rayonlashtirish ishlarida ishtirok

etish, lozim bolgan topogeodeziya s`yomkalari bilan ta`minlash;

 manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda zarur

geodeziya, kartografiya va kadastr ma`lumotlari bilan ta`minlash;

davlat er kadastri, bino va inshootlar davlat kadastri ma`lumotlari

bazalarini yaratish va aktual holatda tutish, operativ ravishda yangilab

borish hamda ularning zamonaviy bolishini ta`minlash;

 er uchastkalari, bino-inshootlarni texnik xatlovdan ótkazish, pochta

manzili nomlarini aniqlash va raqamlar bilan belgilash ishlarini

bajarish;

 bino va inshootlarga egalik qilishni bolish imkoniyatlarining

variantlari toǵrisidagi xulosani kadastr s`yomkasi asosida rasmiylashtirish;

 er uchastkalari, bino va inshootlarga bolgan huquqlarni hamda ular bilan

boǵliq amallarni davlat royxatidan ótkazish;

 “Ermulkkadastr” xizmatini zaruriy me`yoriy-texnik hujjatlar bilan

Ta`minlashni tashkil etish;

 “Ermulk kadastr” xizmati xodimlarining malakasini oshirish, ularni

qayta tayyorlash ishlarini tashkillashtirish;

 “Ermulk kadastr” xizmati faoliyatida ishlab chiqarishga yangi texnika va

texnologiyalarni joriy etish;

 viloyat “Ermulkkadastr” xizmatiga va tegishli statistika hamda boshqa

davlat boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etish;

 davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYaT) kiritiladigan ma`lumotlarni tayyorlash va taqdim etishda ishtirok etish;

 Óz faoliyati doirasida qonun hujjatlari talablarining buzilish holatlari

toǵrisida davlat hokimiyati va boshqaruvi órganlarini hamda yuridik va jismoniy shaxslarni xabardor etish;

 kadastr hujjatlari va ma`lumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan himoyalashni ta`minlash;

 geofond va kadastr hujjatlari arxivi ishlarini belgilangan tartibda

tashkil etish va yuritish;

 Óz faoliyati doirasida kompyuterlashtirilgan ma`lumotlar bazasini yaratish va yuritish hamda belgilangan tartibda “Ermulkkadastr” xizmati bosh arxiviga topshirish;

 Óz faoliyati doirasida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga

maslahatlar berish.

“Ermulkkadastr” xizmati óziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi xizmat funksiyalarini amalga oshiradi:

- “Ermulkkadastr” xizmati va tasarrufidagi shuba korxonalarning mutaxasis xodimlarini tasdiqlangan reja grafik asosida muvofiq davriy ravishda attestatsiyadan ótkazishga tayyorlash;

- “Ermulkkadastr” xizmati tomonidan tayyorlangan kadastr va er tuzish

faoliyatiga oid hujjatlarni ekspertizaga tayyorlash, ótkazish va belgilangan tartibda arxivga topshirish.

“Er tuzish va kushmas mulk kadastri xizmati”ning huquqlari quyidagilardan iborat:

Davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlaridan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslardan óziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bolgan axborotlarni sórash va haq tolamasdan olish;

Er qonunchiligida belgilangan hollarda er uchastkalariga bolgan xuquqlarni toxtatish tuǵrisida mahalliy hokimiyati organlariga takliflar kiritish;

U Tasarrufidagi tashkilotlarning asosiy vositalari bilan boǵliq muolajalarga (sotish, sotib olish, balansdan balansga ótkazish, hisobidan chiqarish, ijaraga berish va h.k.) belgilangan tarkibda ruxsat berish;

Ishlab chiqarish zaruriyatiga kóra “Ermulk kadastr” tizimining yuqori tashkilotlari bilan kelishgan holda tasarrufida shu va korxonalari tuzish, qayta tuzish va tugatish;

Boshqa tashkilotlarga xomiylik yordami kórsatish.“Ermulkkadastr” xizmati Ózbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bólishi mumkin.

“Er tuzish va kóchmas mulk kadastri xizmati”ning masulyatlari: óz tasarufidagi asosiy vositalar bilan boǵliq muolajalarni (sotish, sotib olish, balansdan balansga ótkazish, ijaraga berish, hisobidan chiqarish va h.k.) viloyat “Ermulkkadastr” xizmati bilan kelishilgan holda “Boshqarma”ning ruxsati bilan amalga oshiradi; óziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



Download 354,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish