Ózbekston Respublikası qishloq XójaligI vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


-mavzu Binolar va inshootlar davlat ruyxati yuritish



Download 354,09 Kb.
bet8/30
Sana31.12.2021
Hajmi354,09 Kb.
#234354
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
Бино ва иншоотлар ОМК

7-mavzu Binolar va inshootlar davlat ruyxati yuritish

hujjatlri.
Tuman, shahar va shaharchalarning hududlarini kadastr bóyicha bólish

kartografik materiallarda (xaritalar, planlar yoki sxemalarda) amalga oshiriladi. Tuman, shahar va shaharchalarning hududlarini kadastr bóyicha bólish uchun har qanday qulay masshtabda mavjud tuman qishloq xójaligi xaritalari va topografik xaritalar asosida tuman, shahar va shaharchalarning maxsus xaritalari va planlari tayyorlanadi. Shahar va shaharchalarning topografik xaritalari bólmagan taqdirda, ularning maxsus sxemalari tayyorlanadi. Ushbu sxemalarda zonalarning, massivlarning va mavzelarning chegaralari ótadigan topografik elementlar (kóchalar, yullar, kanallar, ariqlar, kollektorlar, zovurlar va h.k.) aniq tushirilgan bólishi zarur.

Hududlarni kadastr bóyicha bólish xaritalari, planlari, sxemalarining masshtabi har qanday mavjud yoki yangi tashkil bóladigan er uchastkasining qaysi mavze hududiga kirishini aniq belgilash imkonini yaratishi kerak. Tuman va shaharlar hududining katta-kichikligiga qarab, zona yoki massiv bóyicha alohida xaritalar yoki planlar tayyorlanishi mumkin.

Hududlarni kadastr bóyicha bólish xaritalarida, planlarida, sxemalarida zonalarning, massivlarning va mavzelarning chegaralari va kod raqamlari alohida ranglarda kursatiladi. Shahar hududini kartografik materiallarda zonalar, massivlar va mavzelarga bólish Toshkent shahri misolida 4-ilovada keltirilmoqda. Hududlarni kadastr bóyicha bólish xaritalari, planlari, sxemalari ularni tuzuvchi mutaxassis hamda tuman ( shahar) er resurslari va davlat kadastri bólimi boshliǵi tomonidan imzolanadi va tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.

Ózbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 21 yanvardagi 35-sonli qarori bilan tasdiqdangan “Er uchastkalari, bino va inshootlarni kodlashtirishning yagona tizimi”ga muvofiq ilgari berilgan kadastr raqamlari saqlanib qolinadi. Ushbu tartibga muvofiq berilgan er uchastkalarining kadastr raqami 16 sondan va binolar, inshootlarning kadastr raqami 20 sondan iborat bólishi shart. Ushbu qoidaga rioya qilinmasdan berilgan kadastr raqamlari ma`lumotlar bazasida va kadastr hujjatlarida tóǵrilanadi.

Ushbu tartibga muvofiq berilgan kadastr raqamlari er uchastkasining chegaralari va maydonlari ózgarganda, kuchmas mulk bóyicha operaciyalar amalga oshirilayotganda, kuchmas mulk ob`ektlarining huquq egalari, ózgarganda, yuridik va jismoniy shaxslar murojaat qilganda, ularga yangi kadastr raqami belgilangan tartibga muvofiq berilishi belgilangan.

Ózbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 31 dekardagi 492-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpoǵiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan hududlarni kadastr bóyicha bólish materiallari tasdiqlangandan keyin eski tartibga muvofiq er uchastkalariga berilgan kadastr raqamlari mazkur óquv qóllanmada belgilangan tartibga muvofiq ózgartiriladi.

Ózbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 31 dekardagi


492sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ózbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bóyicha bólish hamda er uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi tóǵrisida nizomga muvofiq bólingan zonalar, massivlar va mavzelar, asosan, saqlanib qolinadi.

Belgilangan tartibga muvofiq hududlarni kadastr bóyicha bólish amalga oshirilgandan keyin ma`muriy-hududiy tizimga ózgarishlar kiritilgan taqdirda, hududlarni kadastr bóyicha bólish xaritalariga, planlariga va sxemalariga tegishli ózgartirishlar kiritiladi.

Tumanlar tuǵatilganda, ularning kod raqamlari bekor qilinadi va bu kodlardan boshqa foydalanilmaydi. Yangi tumanlar tashkil etilganda, ularga navbatdagi kod raqami beriladi. Tumanlar tugatilib, ularning hududi boshqa tumanlarga berilganda, tugatilgan tumanlardagi zonalar, massivlar va mavzelar, iloji boricha, saqlanib qolinadi, zonalarga esa navbatdagi kod raqami beriladi. Tumanga bóysónuvi shaharchalar toifasiga ótkazilgan viloyatga bóysónuvchi shaharlar ma`muriy-hududiy tuzilmalar tarkibidan chiqarib tashlanadi. Bunda viloyat bóyicha boshqa tumanlarga (shaharlarga) ilgari berilgan kod raqami qayta kórib chiqilmaydi va ular saqdanib qolinadi.

Viloyatga bóysónuvchi shaharlar tumanga bóysónuvi shaharchalar toifasiga ótkazilgan taqdirda, ular tuman doirasida zona sifatida qabul qilinadi va ularga navbatdagi zona kod raqami beriladi. Ushbu shaharlarda ilgari shakllantirilgan zonalar va ularning kod raqamlari bekor qilinadi, massiv va mavzelar ilgari berilgan kod raqami bilan saqlanib qolinadi. Tumanga bóysónuvchi shaharlar viloyatga bóysónuvchi shaharlar toifasiga ótkazilganda, ularga ma`muriy- hududiy tuzilmalar sifatida navbatdagi kod beriladi va ularning hududi zonalarga bólinadi, massivlar va mavzelar saqlanib qolinadi. Qishloq aholi punktlari shaharchalar toifasiga ótkazilganda, ularga zona sifatida navbatdagi kod raqami beriladi va ularning hududi massiv va mavzelarga bólinishi kodlanishi mumkin. Er uchastkalari, binolar va inshootlar tóǵrisidagi ma`lumotlar bazasida va barcha kadastr hujjatlarida ularning kadastr raqamlari tóliq yoziladi, belgilangan tartibga zid ravishda berilgan kadastr raqamlari kadastr ma`lumotlari bazasida va boshqa kadastr hujjatlarida tegishli ravishda tóǵrilanadi. Belgilangan tartibga muvofiq tuman (shahar) bóyicha zonalar, massivlar va mavzelarning yangi róyxati tuziladi. Bunda er uchastkalarining kod raqami keltirilmaydi. Tuman (shahar) bóyicha zonalar, massivlar va mavzelarning yangi róyxati hamda hududlarni kadastr bóyicha bólish xaritalari, planlari yoki sxemalari tumanlar (shaharlar) hokimining qarori bilan, ularning qarorlari tegishligicha Qoraqalpoǵiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi. Keyinchalik ma`muriy-hududiy tuzilmalar tarkibida ózgariishar paydo bólgan taqdirda, Qaraqalpoǵiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlarining qarorlariga tegishli ózgartirishlar kiritiladi.

Er uchastkalarining kadastr raqamlarini hisobga olish.

Er uchastkalariga kadastr raqamlarini berish jarayonini tartibga solish

va navbatdagi kadastr raqamlarini tóǵri aniqlash maqsadida, berilgan kadastr raqamlari muntazam ravishda hisobga olib boriladi. Er uchastkalarining kadastr raqamlarini hisobga olish maxsus reestrda ushbu ishlarni bajarish uchun belgilangan mas`ul xodim tomonidan amalga oshiriladi.

Er uchastkalarining kadastr raqamlarini hisobga olish reestri har bir tumanda (shaharda) mavzelar bóyicha elektron yoki qoǵoz shaklida yuritiladi. Reestrning boshida hududning, zonaning, massivning va mavzening kod raqami keltiriladi. Kadastr raqamlarini hisobga olish reestrida er uchastkasidan foydalanuvchining nomi, er uchastkasiga berilgan kadastr kod raqami, er uchastkasining joylashgan joyi, uning maydoni, kadastr raqamining bekor qilinganligi tóǵrisida ma`lumotlar aks ettiriladi. Er uchastkalarining kadastr raqamlarini hisobga olish reestri quyidagi tartibda tóldiriladi:

1 -ustunda - tartib raqami;

2- Ustunda- erdan foydalanuvchi yuridik shaxsning rasmiy qisqartirilgan nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi va tóliq ismi- sharifi;

3- ustunda- er uchastkasiga berilgan turt razryadli ónli son kod raqami;

4- ustunda- er uchastkasining joylashgan joyi (aholi punktlarinig,

kóchalarning nomi, uy raqami, boshqa joylarda mahalla nomi);

5- ustunda- er uchastkasining maydoni, gektarlarda;

6- ustunda- kadastr raqami bekor qilingan taqdirda “bekor qilindi” deb yoziladi va bunga asos bólgan hujjat nomi va sanasi yoziladi.



Download 354,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish