Ózbekston Respublikası qishloq XójaligI vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


-Mavzu Er uchastkalari, kuchmas mulk ob`ektlari hamda bino va inshootlarga bulgan xuquq, turlari va ularni dablat róyxatidan utkazish uchun asos boladigan hujjatlar



Download 354,09 Kb.
bet9/30
Sana31.12.2021
Hajmi354,09 Kb.
#234354
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
Бино ва иншоотлар ОМК

8-Mavzu Er uchastkalari, kuchmas mulk ob`ektlari hamda bino va inshootlarga bulgan xuquq, turlari va ularni dablat róyxatidan utkazish uchun asos boladigan hujjatlar
Er yuzida, er tepasida va er ostida joylashgan binolar va inshootlarga bólgan mulk huquqi, xójalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, bu huquqlarning vujudga kelishi, ózga shaxsga ótishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat róyxatidan ótkazilishi lozim. Er ostida joylashgan inshootlarni davlat róyxatidan ótkazishda ularning tavsifi ushbu inshootlarning qurilish loyihasi ma`lumotlari bóyicha qabul qilinadi.

Muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsning alohida er uchastkasida joylashgan, alohida kadastr raqamiga ega bólgan bino va inshootlarga, jumladan ular yonidagi yordamchi-xójalik imoratlariga bólgan huquqi róyxatdan ótkazish ob`ekti hisoblanadi. Turli yordamchi-xójalik imoratlariga bólgan huquqlar asosiy bino yoki inshootdan alohida tarzda davlat róyxatidan ótkazilmaydi.

Kóp kvartirali uylardagi kvartiralarga va yashash uchun móljallanmagan joylarga bólgan mulk huquqini davlat róyxatidan ótkazish har bir mulkdor bóyicha alohida amalga oshiriladi. Uy-joy qurilishi shirkatlariga tegishli uy-joylariga bólgan huquqlar tegishli shirkat nomiga, ushbu shirkat a`zolari róyxatini ilova qilgan holda róyxatdan ótkaziladi. Davlat róyxatidan qurilishi tugallangan va foydalanishga belgilangan tartibda qabul qilingan bino va inshootlarga bólgan huquqlar ótkaziladi.

Ózboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga bólgan huquqlar, binolar va inshootlarga bólgan mulk huquqining sud tomonidan tan olinishi h ollari bundan mustasno, shuningdek qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga bólgan huquqlar davlat róyxatidan ótkazilmaydi. Yuridik va jismoniy shaxslarning mulkida bólgan binolar va inshootlar ular tomonidan yangi yaratilgan yuridik shaxslarning ustav fondiga kiritilgan taqdirda, ushbu bino va inshootlarga bólgan mulk huquqi yangi yaratilgan yuridik shaxslar nomiga róyxatdan ótkaziladi.

Kóchmas mulkka bólgan huquqlarni davlat róyxatidan ótkazish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi, ular róyxatdan ótkazilgandan sóng huquq egasiga qaytarib beriladi. Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

Tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uyni foydalanishga qabul qilish tóǵrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori;

Notarius tomonidan tasdiqlangan uy, kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi;

Bino va inshoot bóyicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga oldi-sotdi shartnomasi; korxonani, topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;

notarius tomonidan tasdiqlangan lizing shartnomasi;

Bino inshoot,turar joyni hadya etish tóǵrisidagi notarius tomonidan tasdiqlangan shartnoma;

Bino, inshoot, turar joyni ayirboshlash tóǵrisidagi notarius

tomonidan tasdiqlangan shartnoma;

Turar joyni boshqa shaxsga renta tólovi sharti bilan ótkazilishi

nazarda tutiladigan notarius tomonidan tasdiqlangan renta shartnomasi;

Xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyiga bólgan

mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi;

Notariuslar tomonidan berilgan meros qilib olish huquqi va er xotinlarning umumiy mulki bólgan bino, inshootning tegishli qismiga

bólgan mulk huquqi tóǵrisidagi guvohnoma;

Sud qarori yoki sud ijrochisining qarori yoxud sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor órtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi.

Ózbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga bólgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

Davlat hokimiyati órganlarining kapital qurilish va keyinchalik

foydalanish uchun er uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish tóǵrisidagi qarorlari;

Vakolatli órganlarning binolar va inshootlarni boshqa shaxsga ótkazish tóǵrisidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari; notarial tasdiqlangan: oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni bólish, kóchmas mulkni umrbod ta`minlash sharti bilan boshqaga ótkazish shartnomalari;

Imorat solish tóǵrisidagi, shaxsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun er uchastkalari berish tóǵrisidagi, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun er uchastkalari berish tóǵrisidagi, er-xotin órtasida uylarni bólish tóǵrisidagi shartnomalar;

Shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qómitalarining

imoratlarga bólgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) tóǵrisidagi qarorlari;

Umumiy mulk bólgan imoratning tegishli ulushiga bólgan meros qilib

olish huquqi tóǵrisidagi va mulk huquqi tóǵrisidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida xarid qilinganligi tóǵrisidagi guvohnomalar;

Binolar va inshootlarga bólgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari yoki hakamlik sudining qarorlari;

Inventarizatsiya-texnik materiallar, agar ularning matnida tóǵri rasmiylashtirilgan, uyga mulk huquqini belgilovchi hujjatga aniq ishora bólsa; shartnomalarning dublikatlari, nusxalari yoki oldi-sotdi ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta`minlash sharti bilan boshqaga ótkazish

bitimlari amalga oshirilganligi tóǵrisida, shuningdek meros qilib olish tóǵrisida guvohnoma hamda binolar va inshootlarga bólgan mulk huquqining boshqaga ótganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notarial idoralarning reestrlaridan kóchirmalar.

Binolar va inshootlarga bólgan xójalik yuritish huquqini va operativ boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

Vakolatli davlat órganlari va xójalik boshqaruvi órganlarining davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini tashkil etish tóǵrisidagi va ularga kóchmas mulkni xójalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqida berish haqidagi qarorlari;

Vakolatli davlat órganlari va xójalik boshqaruvi órganlarining

binolar va inshootlarni muayyan davlat korxonalari hamda muassasalariga berish tóǵrisidagi qarorlari;

Muassislarning binolar va inshootlarni ular tomonidan tashkil etiladigan muassasalarga berish tóǵrisidagi qarorlari. Moddiy madaniy meros ob`ektlariga bólgan huquqlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda davlat róyxatidan ótkaziladi.

Binolar va inshootlarga bólgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

binolar va inshootlar xatlab qóyilganligi tóǵrisidagi xabarnomalar;

Binolar va inshootlarning ózga shaxsga ótkazilishini taqiqlash tóǵrisidagi xabarnomalar.

Binolar va inshootlarga bólgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan

iborat:

Yuridik shaxslarni davlat róyxatiga oluvchi órganlarning yuridik shaxs korxonalar va tashkilotlar yagona reestridan chiqarilganligi haqidagi ma`lumotlari;

Tegishli davlat hokimiyati órganlarining er uchastkalarini ularda joylashgan binolar va inshootlar bilan birga jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qóyish va berish tóǵrisidagi qarorlari;

Bino va inshootlarni, turar joylarni oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, turar joyni renta tólash sharti bilan ózga shaxsga ótishi nazarda tutilgan, notarius tomonidan tasdiqlangan shartnomalari;

Mulkdorning yoki boshqa vakolatli órganlarning binolar va inshootlarga bólgan xójalik yuritish huquqini hamda operativ boshqarish huquqini bekor qilish tóǵrisidagi qarori;

Mulkdorning bino va inshootni buzib tashlash va balansdan chiqarish tóǵrisidagi qarori;

Bino va inshootning tabiiy ofatlar natijasida barham topganini

tasdiqlovchi hujjatlar;

sud qarori yoki sud ijrochisining qarori yoxud undiruvchi va qarzdor ótasida bino va inshootni berish tóǵrisida sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.

Mulk huquqini tasdiqlovchi, Ózbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-son qaroriga Nizomning 42-46 bandlarida kórsatilgan hujjatlar mavjud bólmagan taqdirda, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi yoki tóǵriligi haqida shubha tuǵilgan hollarda bino, inshootga bólgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq masalasi da`vo tartibida sud tomonidan hal etiladi.

Binolar va inshootlarga bólgan huquqni davlat róyxatidan ótkazish,

ushbu huquqni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mavjud bólgan taqdirda,

ariza kelib tushgan kundan e`tiboran ikki kun mobaynida amalga

oshiriladi.

Binolar va inshootlarga bólgan huquqni davlat róyxatidan ótkazishda

róyxatdan ótkazuvchi:

Arizani va unga ilova qilingan kadastr yiǵmajildini órganadi,

arizadagi axborotni kóchmas mulkka bólgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reestridagi axborot bilan taqqoslaydi;

Ózga shaxsga yoki meros bóyicha ótadigan binolar va inshootlarni, ularning haqiqatdagi tarkibi hamda holatini aniqlash maqsadida joyda tekshiradi;

Bino, inshootga bólgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqning vujudga kelishi uchun asos mavjudligini hamda uning yuridik va jismoniy shaxslarga ótkazilishining qonuniyligini aniqlaydi;

Binolar va inshootlar ózga shaxslarga ótkazilishi bóyicha hujjatlarning rasmiylashtirilishi qonuniyligini, ularning ózga shaxslarga ótkazilishi uchun mulk huquqlari yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini aniqlaydi;

Umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va, tegishli hujjatlar mavjud bólgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi;

Xuquqlarning davlat róyxatidan ótkazilishi uchun tósqinlik qiladigan omillarni, bu ob`ekt huquqning boshqa shaxslarga ótkazilishi uchun tósqinlik qiluvchi garovga qóyilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi;

Boshqa shaxslardan aynan shu binolar va inshootlar bóyicha davlat róyxatidan ótkazish bóyicha ariza bor yoki yóqligini kóchmas mulkka bólgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reestridan aniqlaydi.

Agar taqdim etilgan materiallarda ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni

bartaraf etish imkoniyati bor bólsa, róyxatdan ótkazuvchi ikki kun mobaynida róyxatdan ótkazishni tóxtatib turish tóǵrisida qaror qabul qiladi.

Qarorda muayyan kamchiliklar va róyxatdan ótkazishni tóxtatib turish sabablari hamda yuridik va jismoniy shaxslar kórsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta kórib chiqish uchun taqdim etishlari uchun etarli bólgan muddat kórsatiladi,

Róyxatdan ótkazish rad etilishi tóǵrisidagi xatda kórsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bólgan vaqtga mutanosib bólishi, lekin uch kundan ortiq bólmasligi lozim.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat róyxatidan ótkazishni tóxtatib turish uchun asos bólgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta kórib chiqish tuzatilgan hujjatlar olingan kundan e`tiboran ikki kundan ortiq bólmagan muddatda amalga oshiriladi.

Binolar va inshootlarga bólgan huquqlarni davlat róyxatidan ótkazish uchun takroran murojaat qilinganda, davlat róyxatidan ótkazishni rad etish tóǵrisidagi xatda ilgari kórsatilmagan yangi asoslar bóyicha rad etishga yól

qóyilmaydi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning arizasini takroran kórib chiqish uchun róyxatdan ótkazish yiǵimi undirilmaydi.

Róyxatdan ótkazishni tóxtatib turish tóǵrisidagi qarorda kórsatilgan muddat ótgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va umumiy asoslarda kórib chiqiladi.

Binolar va inshootlarga bólgan huquqlarni davlat róyxatidan ótkazishni rad etish uchun asoslar quyidagilardan iborat:

Davlat róyxatidan ótkazuvchi órganda ushbu bino yoki inshootning mansubligi masalasida nizolar borligi haqida guvohlik beruvchi hujjatlarning mavjudligi;

Joydagi tekshirishlar jarayonida er uchastkasini ózboshimchalik bilan egallab olish hamda bino va inshootlar qurish, shuningdek bino va nshootlarni qonun hujjatlari talablarini buzgan holda rekonstruksiya qilish hollarining aniqlanishi;

Taqdim etilgan hujjatlarda notóǵri yoki buzilgan ma`lumotlar topilishi.

Binolar va inshootlarga bólgan huquqlarni davlat róyxatidan ótkazishni boshqa asoslar bóyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik bahonasi bóyicha rad etishga yól qóyilmaydi.

Bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy ulushli mulk huquqida tegishli bólgan binolar va inshootlarga bólgan huquqlar mulkdorlar nomiga huquq belgilovchi hujjatlarda kórsatilgan ulushlarda róyxatdan ótkaziladi.

Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari ózaro kelishuv bóyicha umumiy bino va inshootning (xonalardan, kvartiralardan va h.k.) alohida qismlaridan (xonalardan), ózlarining ulushlariga muvofiq ravishda foydalanish tartibini belgilagan bólsalar va bu kelishuv notarial tasdiqlangan bólsa u holda bunday kelishuv ularning iltimoslari bóyicha róyxatdan ótkazilishi lozim.

Bunda kelishuvda va uning davlat róyxatidan ótkazuvchi órganganda qoldiriladigan, tegishli ravishda tasdiqlangan nusxasida róyxatdan ótkazish ustxati bitiladi.

Huquq belgilovchi hujjatlar sud tomonidan bedarak yóqolgan yoki ólgan deb topilgan mulkdorlarning oila a`zolari yoki merosxórlari tomonidan taqdim etilgan hollarda, binolar va inshootlarga bólgan huquqlar ularga bólgan mulk huquqi tóǵrisidagi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq, meros qilib olish tartibida róyxatdan ótkaziladi.

Binolar va inshootlarga bólgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat róyxatidan ótkazish kóchmas mulkka bólgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reestriga ushbu ob`ektlarga bólgan muayyan yuridik va jismoniy shaxsning tegishli huquqlari tóǵrisida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.

Binolar va inshootlarga bólgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning cheklanishini davlat róyxatidan ótkazish kóchmas mulkka bólgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlar davlat reestriga bu haqida ushbu mulkka bólgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat róyxatidan ótkazilgan qatorga huquqning cheklanishi uchun asoslarni kórsatgan holda yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.

Mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini davlat róyxatidan ótkazish kóchmas mulkka bólgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reestriga bu haqda ushbu mulkka bólgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat róyxatidan ótkazilgan qatorga huquqning bekor qilinishi uchun asoslarni kórsatgan holda yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.

Yuridik va jismoniy shaxslar kóchmas mulkka bólgan huquqlarni davlat róyxatidan ótkazish uchun davlat róyxatidan ótkazuvchi órganga ózlarining tanlovlariga kóra telekommunikatsiya kanallari bóyicha elektron hujjat kórinishida murojaat qilishga haqlidirlar.

Ariza elektron raqamli imzoni qóllagan holda rasmiylashtiriladi va belgilangan tartiblarga kóra zaruriy hujjatlarni ilova qilgan holda Ózbekiston Respublikasi «Ergeodezkadastr» davlat qómitasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va axborot resursi orqali elektron shaklda jónatiladi.

Ariza va kadastr yiǵmajildlarini elektron tarzda qabul qilish va ularga ishlov berish tizimi axborot tizimlari kompleksi, shuningdek aloqa kanallari va axborotni uzatish va qabul qilishning axborot xavfsizligi ta`minlangan dasturiy-apparat vositalari, olingan axborotga ishlov berish, uni saqlashning dasturiy-apparat vositalari bazasida yuritiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslar kóchmas mulkka bólgan huquqlarni davlat róyxatidan ótkazish uchun quyidagi ishlarni amalga oshiradilar:

-Kadastr yiǵmajildi ma`lumotlarini óz ichiga olgan, elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatni shakllantirish va imzolash;

-Yuridik va jismoniy shaxs vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan elektron hujjatni davlat róyxatidan ótkazuvchi organga jónatish.

Davlat róyxatidan ótkazuvchi organ elektron hujjat olingan kuni arizani kóchmas mulkka bólgan huquqlarni va uning bilan bitimlarni davlat róyxatidan ótkazish tóǵrisidagi arizalar reestriga kiritadi.

Róyxatdan ótkazuvchi ariza róyxatga olingandan keyin ikki kun mobaynida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

- Yuridik va jismoniy shaxsga elektron raqamli imzo qóllanib, jónatilgan hujjatlar olinganligini tasdiqlanganligi tóǵrisida xabarnoma yuborish; olingan elektron hujjatlarni davlat róyxatidan ótkazuvchi órganning elektron arxivida saqlash;

-Yuridik va jismoniy shaxs vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tekshirish;

Róyxatdan ótkazuvchi kóchmas mulkka bólgan huquqni tasdiqlovchi huj-jatlar mavjud bólgan taqdirda, kóchmas mulkka bólgan huquqlarni mazkur óquv qóllanmada belgilangan tartibda davlat róyxatidan ótkazadi.

Kóchmas mulkka bólgan huquqlarni davlat róyxatidan ótkazishni rad etish uchun asoslar mavjud bólgan taqdirda, ariza ilovalari bilan birga ariza róyxatga olingan kundan boshlab uch kun mobaynida davlat róyxatidan ótkazuvchi organ rahbarinin elektron raqamli imzosi bilan elektron kórinishdagi xat bilan yuridik va jismoniy shaxsga qaytariladi.

Hujjatlar qaytarilganligi haqida kóchmas mulkka bólgan huquqlarni va uning bilan bitimlarni davlat róyxatidan ótkazish tóǵrisidagi arizalar reestrida belgi qóyiladi. Xatda huquqlarni davlat róyxatidan ótkazishni rad etishning aniq sabablari va taqdim etilgan hujjatlarda topilgan kamchiliklarni bartaraf etish bóyicha tavsiyalar kórsatiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslar kamchiliklar tuzatilgandan sóng, kóchmas mulkka bólgan huquqlarni davlat róyxatidan ótkazish tóǵrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilishlari mumkin. Kórsatilgan kamchiliklarni tuzatib ariza takroran jónatilganda, róyxatdan ótkazuvchi tomonidan ikki kun mobaynida kóchmas mulkka bólgan huquqlarni davlat róyxatidan ótkazish amalga oshiriladi.

Kóchmas mulkka bólgan huquqlarni davlat róyxatidan ótkazish tóǵrisi-dagi arizani takroran kórib chiqishda kóchmas mulkka bólgan huquqlarni

davlat róyxatidan ótkazishni rad etish tóǵrisidagi xatda ilgari kórsatilmagan yangi asoslar bóyicha rad etishga yól qóyilmaydi. Kóchmas mulkka bólgan huquqlar davlat róyxatidan ótkazilgandan sóng davlat róyxatidan ótkazuvchi órgan kóchmas mulkka bólgan huquqlarning davlat róyxatidan ótkazilganligi tóǵrisidagi guvohnomalarni tayyorlaydi va rasmiylashtiradi hamda ularni buyurtma xat bilan yuridik yoki jismoniy shaxsga jónatadi.

Kóchmas mulkka bólgan huquqlarni axborot tizimlari kompleksini qóllagan holda «bir oyna» tamoyili bóyicha davlat róyxatidan ótkazish sxemasi Ózbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovacida keltirilgan.

Yuridik va jismoniy shaxslar notóǵri yoki buzilgan ma`lumotlarni taqdim etganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bóladilar.


Download 354,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish