Elektron pochta va undan foydalanish
Elektron pochta. E-mail bu ma’lum elektron manzilga axborotni elektron
usulda uzatish vositasidir.
Elektron aloqa (pochta) tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga
о ‘xshashdir.
Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma’lumotlarni: matn, jadval, musiqa va
boshqalami uzatish mumkin. Ma’lumotlar manzilga bir zumda yetkaziladi.
Ma’lumot oluvchi bo‘lmagan vaqtda aloqa qutisiga ma’lumotni qayta-
qayta uzatish va saqlash imkoniyati mavjud.
Elektron aloqa quyidagi vazifalarni bajaradi:
- hujjatlarni kiritish va ularni chiqarish;
- hujjatlarni aloqa qutisiga uzatish;
- xatolarni tekshirish va to ‘g ‘rilash;
- dastlab jo ‘natish qurilmalirini qo‘llash va qabul qilinganligini
ta’kidlash;
- foydalanuvchilar bilan ishlash.
Xatni elektron aloqa yordamida uzatishda manzilning uch xil turidan
foydalanish mumkin:
- shaxsiy - hujjatni bir manzilga yuborish;
- guruhiy - hujjatni bir guruh oluvchilarga y o ila sh ;
- umumiy - hujjatni axborot tarmog‘idan foydalanuvchilarning barchasiga
yuborish.
Do'stlaringiz bilan baham: |