Ӛзбекстан Республикасы Жоқары ҳәм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги Әжинияз атындағы



Download 7,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/333
Sana09.07.2022
Hajmi7,55 Mb.
#760690
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   333
Bog'liq
5-секция Информацион-технология бойынша

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Pratov O
ʻ
.P., Yo
ʻ
ldoshev A.S. Yashil dunyo mo
ʻ
jizalari. Toshkent, 2011.
2. Qayimov A.Q. Aholi yashash joylarini ko
ʻ
kalamzorlashtirish. T, 2013. 
RESPUBLIKA VA SURHONDARYO VILOYATI MIQYOSIDA 
ASALARICHILIK XO'JALIKLARINI RIVOJLANTIRISH CHORA 
TADBIRLARI 
H.A.Jumayev, J.S.O'rolov – 4 bosqich talabalari 
Termiz davlat universiteti 
Asalarichilik 
sohasi 
qishloq 
xo'jaligining 
muhim 
tarmog'i 
hisoblanadi.Asalarilardan ko'pgina ko'pgina mahsulotlar olinib,ulardan inson 


55 
sog'ligi uchun zarur bo'lgan asal, xalq xo'jaligining homashyosi bo'lgan 
mum,tibbiyotda ishlatiladigan asalari suti,propolis hamda asalari zahari 
olinadi.Asalarilar gulli o'simliklarni changlantirib, ularning xosildorligini 
oshirishga 
yordam 
bermoqda.Respublikamizda 
asalarichilik 
sohasini 
rivojlantirishga doir ko'pgina chora tadbirlar o'tkazilmoqda. Jumladan O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2009-yil 3-martdagi 03/1-348 sonli 
"Respublikada 2009-2011 yillarda asalarichilik sohasini rivojlantirish bo'yicha 
amalga oshiriladigan chora tadbirlar" dasturi ishlab chiqildi.Dasturda asalarichilik 
sohasini rivojlantirishning ilmiy asoslarini tuzish va shu asosda o'quv -uslubiy 
qo'llanmalar yaratish,asalni qayta ishlaydigan hamda asalarichilik jihozlarini ishlab 
chiqaradigan sexlar tashkil etish,zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash, 
investitsiya va homiylarni jalb etish hamda boshqa ko'pgina vazifalar belgilab 
olindi. Qabul qilingan dastur asosida ijobiy o'zgarishlarni kuzatishimiz mumkin. 
Respublika miqyosida asalari oilalarining soni 145 mingtadan 260 mingga, 
asalarichilik bilan shug'ullanuvchilar soni 4491 tadan 5339 taga, o'rmon xo'jaliklari 
36 tadan 60 taga, asal mahsuloti esa 2340 tonnadan 3786 tonnaga oshganligini 
ko'ramiz[1]. 1967- yildagiga nisbatan asalari oilasi 4.6 barobar oshganligini 
ko'ramiz[3]. Toshkent shahrida 2012- yil oktabr oyida o'tkazilgan Respublika 
fermerlar qurultoyida qishloq xo'jaligining hamma sohalarini,shu jumladan 
asalarichilikni rivojlantirish bo'yicha strategiya qabul qilindi[2]. 
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tamonidan 2017- yil 16- oktabr kuni 
"Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yanada rivojlantirish chora tadbirlari 
to'g'risida" gi PQ 3327 sonli qarori imzolandi. Ushbu qarorga muvofiq " 
O'zbekiston asalarichilik uyushmasi" tashkil etildi.
Uyushmaning asosiy vazifalari etib,asal mahsulotlari ishlab chiqarishning 
tehnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, asalari paketlari etishtirish va ozuqa 
bazasini mustahkamlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek,asal 
etishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullar va zamonaviy tehnologiyalarni joriy 
etish belgilab qo'yildi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan ro'yxat bo'yicha "O'zbekiston asalarichilik 
uyushmasi" ga aloqador tashkilotlar tamonidan chet davlatdan asalarichilik 
sohasiga oid jihozlar va mahsulotlari, dori preparatlari, ularni olib o'tadigan 
transport vositalari, tirkamalarni olib o'tish 2023-yilning 1-yanvarigacha bojxona 
to'lovlaridan ozod etish bo'yicha imtiyozlar berildi va ko'pgina chora tadbirlari 
belgilab olindi. Asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2017- yildagi 15.4 ming 
tonnadan 2021- yilda 23.7 tonnaga etkazish nazarda tutilgan[5]. Surhondaryo 
viloyatida asalarichilik tarmog'i 2017-2018 yillarda o'sish sur'ati shuni ko'rsatadiki, 
viloyat bo'yicha 2017-yilda 512.5 tonna, 2018- yilda esa 680.8 tonna asal 
yetishtirilganligini, bu esa o'sish sur'ati 132.8% ni tashkil etganligini ko'rishimiz 
mumkin. Statistik tahlilga e'tibor berib fermer ho'jaliklari 2017- yilda 70.1 tonna, 
2018- yilda esa 60 tonna, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklari 413 tonnadan 
600.2 tonnaga ko'tarilganligini ko'rishimiz mumkin. Viloyatdagi tumanlar kesimida 
tahlil qilinganda o'sish sur'atini quyidagicha ko'rishimiz mumkin. Angor tumani 40 
tonnadan 41.8 tonnaga, Boysun tumani 156.9 - 165.5 tonnaga, Denov tumani 38.8 - 
42.9 tonnaga, Qiziriq tumani 3.2-3.7 tonnaga, Qumqo'rg'on tumani 5.5-17.1 


56 
tonnaga, Muzrabot tumani 8.5- 15.1 tonnaga, Oltinsoy tumani 10.8-8.3 tonnaga, 
Sariosiyo tumani 44.3 - 43 tonnaga, Termiz tumani 15.3-20.3 tonnaga, Uzun 
tumani 63.1-64.5 tonnaga, Sherobod tumani 43.5- 169.2 tonnaga, Sho'rchi tumani 
62.4- 62.8 tonnaga, Termiz shaharda esa 2017- yilda 2-tonna, 2018- yilda esa 1.5 
tonnani tashkil etganligini ko'rishimiz mumkin[4]. Yuqorida ko'rishimiz mumkinki 
o'sish sur'ati ba'zi tumanlarda Jumladan,Jarqo'rg'on (138.5%), Qumqo'rg'on 
tumanida (310.9%) ga, Muzrabot tumanlarida (177.6%) ga, Sherobod tumanida 
(388.9%), va boshqa bir qancha tumanlarda ko'rishimiz . Sariosiyo tumani (3%) ga, 
Oltinsoy tumanida (22.8%) ga, Termiz shahri esa 25% ga pasayganligini 
ko'rishimiz mumkin[4]. Yuqorida pasayish holatlari kuzatilgan Sariosiyo tumani 
asosan tog'li hududga tegishli, gulli shifobaxsh o't- o'simliklarga nihoyatda boy 
hudud hisoblanadi, u yerda asalarichilikni rivojlantiriladigan bo'lsa, 200 tonnagacha 
asal etishtirish mumkin bo'ladi.Oltinsoy tumanida ham paxtazorlar, o'rmon 
xo'jaligi hamda dehqonchilikning yaxshi taraqqiy etganligi hamda Vahshuvor 
tog'ining mavjudligi ham bu yerda qulay sharoit mavjudligini ko'rsatadi. Termiz 
shahriga kelsak, u shahar joy, shaharda hovlida turadigan, hovlisida daraht va 
gullar mavjud bo'lsagina asalarini boqishi mumkin bo'ladi.Respublikada 
asalarichilik sohasini rivojlantirish uchun aholi yashaydigan har bir xonadonda, uy 
sharoitida asalari oilasini saqlash va ularni boqish ishlarini keng yo'lga qo'yish 
maqsadga muvofiqdir. Qishloq sharoitida yashovchi har bir xonadonda, uy 
sharoitida 8-10 tadan asalari oilasini saqlash va boqish tavsiya etiladi. Chunki ular 
ko'p mehnat talab qilmaydi, ularga yaxshi qarov o'tkazilsa, qo'shimcha daromad 
ham shuncha ko'p bo'ladi. 

Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish