Ӛзбекстан Республикасы Жоқары ҳәм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги Әжинияз атындағы



Download 7,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/333
Sana09.07.2022
Hajmi7,55 Mb.
#760690
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   333
Bog'liq
5-секция Информацион-технология бойынша

Фойдаланилган адабиѐтлар 
В. Н. Сукачев «Растительные сообщества (введение в фитосоциологию)» 
П.Д. Ярошенко. «Классификация типов сукцессий». (1961)
 
IPAKCHILIIK SOHASINING TARIXI VA RIVOJLANISHI 
 
S.N. Mamarajabov, S.Sh. Xamzayeva, B.B. Xayitmurodov 
Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali
 
Ipakchilik qishlоq xo‘jaligining muhim tarmоqlaridan biri bo‘lib, 
to‘qimachilik sanоatini hоm-ashyo bilan ta`minlaydi. Respublikamiz halq xo‘jaligi 
rivоjlangan va ahоlining turmush darajasi yaxshilangan sari uni tabiiy ipakdan 
to‘qilgan turli kiyimlarga bo‘lgan ehtiyoji ham оrtib bоrmоqda. Tabiiy ipakdan 
qimmatli, pishiq gazlamalar to‘qilib, undan aviatsiya, kоsmоnavtika sanоatida, 
tabоbatda, radiоtexnika va bоshqa sоhalarda keng fоydalaniladi. Shuning uchun 
Respublikamizda ipakchilikni yanada rivоjlantirishga katta e`tibоr berilmоqda. 
Hоzirgi zamоn ipakchiligining vatani janubi-sharqiy Оsiyodir. Xitоyda 
eramizdan qariyib 3000 yil ilgarirоq tabiiy ipak tayyorlash bilan shug‘ullanilgan. 
О‘rta Оsiyoga ipakchilik IV asrda kirib kelgan. Ammо keyingi yillardagi 
tekshirishlarga qaraganda Mоvarоunnahrda ipakchilik juda qadimdan (eramizdan 
оldin) mavjudligi tasdiqlanmоqda. Insoniyat qachondan ipak yetishtirish va undan 
mato to‘qishni boshlagan degan haqli savol tug‘iladi? Ko‗pchilik manbalarda 
ta'kidlanishicha, pillachilik va pilladan ipak olish hunarining vatani Xitoy bo‗lgan. 


50 
―За Рубежом‖ jurnali (1984 yil) ning dalolat berishicha, pillachilik miloddan 
avvalgi 2640-yilda (ya'ni bundan 47 asr muqaddam) imperator Xuan Yuan va uning 
umr yo‗ldoshi Xi Lin Shi hukmdorliklari davrida yuzaga kelgan [М.Муҳамедов: 
1996]. Malika qizi bilan bog‗da tut daraxti soyasida choy ichib о‗tirishsa, 
piyolasiga tut daraxtidan bir dona pilla tushib eriy boshlaydi. U pillani olmoqchi 
bо‗lganda pilla chо‗zilib uzun, ingichka ip bera boshlaydi. Tepaga qarasa, ipak 
qurti, chiroyli ingichka ip tо‗qiyotganini kо‗radi. Shunday qilib, malika qizi Lun 
Chen bilan ipakni kashf qilgan [R.Maqsudov, I.Hayitov: 2015]. Ipakdan hayratga 
tushgan malika darhol xizmatchilarini chaqirib, ipak ipni о‗rash va yigirib о‗ziga 
gazlama tо‗qishni topshiradi. Malika о‗limidan sо‗ng ipakchilik xudosi va 
himoyachisi, ipak qurti esa ―kichik imperator‖ deb e‘lon qilinadi. Tut daraxti esa 
quyosh va hosildorlikni ifodalovchi ―muqaddas daraxt‖ hisoblandi. 
Xitoy adabiyotlarida pillachilik dastavval, bundan 4–5 ming yil ilgari 
Xitoyda paydo bo‘lgan, keyin Turkiston va Yevropa davlatlariga tarqalgan deb 
yoziladi. Buning isboti uchun bir nechta ma‘lumotlar keltiriladi. Masalan, 1958- 
yilda Chjejyang viloyati Usin tumanidan topilgan buyumlar orasida ipak mato va 
belbog‘ ham bo‘lgan. Hozircha ular Xitoy hududidan topilgan eng qadimiy ipak 
matolar hisoblanadi. Bu matolar tadqiq etilganida, ular miloddan avvalgi XXVII 
asrda, ya‘ni bundan 4700 yil avval to‘qilgan ekan. 
O‘zbekistonda pilla yetishtirish va ipak mato to‘qishning qachon paydo 
bo‘lgani to‘g‘risida aniq ma‘lumotlar yo‘q. Yozma manbalar va arxeologik 
dalillarga ko‘ra, ipakchilik O‘rta Osiyoda IV–V asrlardan paydo bo‘lgan deb 
hisoblanardi. Ammo, arxeolog akademik Ahmadali Asqarov tomonidan 
Sopollitepa, Ko‘lbuloq, Joytun, Bama, Nayzatepa kabi joylarda miloddan avvalgi 
XVIXII asrlarga oid qabrlarni qazib o‘rganilganda, u yerdan pilla, ipak matolar va 
ipak mato to‘qiydigan dastgoh topilgan. Bunday topilmalar Panjikent va O‘ratepa 
(Tojikiston), To‘g‘loqdepa (Turkmaniston) kabi joylarda ham topilgan. 
O‘zbekiston hududidan topilgan ipak matolar Toshkent To‘qimachilik institutida 
yangi zamonaviy texnika uslublar vositasida o‘rganilganda ular Xitoydan olib 
kelinmay O‘zbekistonda to‘qilgani aniqlandi. Ayrim hududlarda tut yog‘ochi 
bo‘laklari va tut bargi ham topilgan [A.Xo‘jayev: Б. 95]. 
Ipakchilik O‘zbekistonda qachondan paydo bo‘lganidan qat‘iy nazar, ipak 
matolar o‘zbek xalqi hayotida muhim o‘rin tutadi. Ipak qurti ―7 xazina‖ning biri 
sifatida ulug‘lanadi. Usta hunarmandlar sof ipakdan – atlas, shoyi, xonatlas, 
kanoviz, ipak va paxtani aralashtirib – adras, beqasam, banoras, parpasha kabi 
matolarni to‘qiganlar. Bizgacha yetib kelgan o‘zbek milliy kiyimlari va matolari 
XIX – XX asrga oid. Milliy matolarimiz rang-barangligi bilan ajtalib turadi, chunki 
har bir viloyatning o‘ziga xos bezaklari va rang tanlash usuli bo‘lgan [N.Sodiqova: 
2006]. 
Ipak qurtining bir necha turlaridan ipak оlinadi. Bu turlardan 
hоnakilashtirilgani tut ipak qurti faqat tut bargi bilan оziqlanadi va uzunligi 1000-
1500 m dan оrtiq ingichka tоladan ibоrat pilla uchraydi.Yuqоri sifatli va rang-
barang shоyi matоlar dunyoda, ayniqsa Sharqda qadim zamоnlardan mashhurdir. 
Shоyi Xitоydan Markaziy Оsiyo оrqali Yevrоpa mamlakatlariga ham оlib bоrilgan. 


51 
Natijada keyinchalik «Buyuk ipak yo‘li» deb atalgan savdо va madaniy alоqalar 
yo‘li madaniyatni birlashtiruvchi yo‘l vujudga kelgan. 
Jahonda ipakchilik bilan shug‘ullanayotgan Xitoy, Yaponiya, Hindiston, 
Кoreya va boshqa mamlakatlarda faqat navdor tut ko‘chatlari yetishtirilib, ulardan 
asosan tutzorlar barpo etilib, sifatli va mo‘l pilla etishtirilmoqda. Respublikamizda 
yetishtirilayotgan pillaga bo‘lgan talab juda katta, shuning uchun ipak qurtining 
oziq negizini istiqbolli, ya‘ni yuqori sifatli va xosilli tut navlari bilan boyitish 
darkor. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki Ipakchilik sohasi iqtisodiyotimizda 
muhim o‘rin egallar ekan, bu sohalarga qiziqish va e‘tiborni yanada orttirib, kerakli 
agromeliorativ tadbirlarni yanada takomillashtirib, yangi va turli xil tashqi muhit 
omillariga chidamli tut ipak qurti zotlarini yaratish, ularni yetarlicha ozuqa bilan 
ta‘minlash uchun esa serbarg va to‘yimli ozuqaga ega bo‘lgan tut daraxti navlarni 
yaratishni yanada takomillashtirish kerak. Ipakchilik qadimdan O‘rta Osiyoda 
shakllanib kelgan ekan bu soha shu o‘lkada yanada rivoj topib yangilliklarga to‘lib 
borishi kerak. 

Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish