O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sud faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta`minlash departamenti
209 ta bo`limlari bor.
22. 09. 2001 y. №383
O`zR VM qaroriga ILOVA№4
Departament hududiy bo`limlarining
NAMUNAVIY TIZIMI
"O`zbekiston Respublikasi
qonunlari
to`plami", 2001 y. №18
2. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
asosiy vazifalari va funktsiyalari
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi adliya sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi markaziy davlat ijro organi hisoblanadi. Uning maqomi 2003 yil 27 avgustda O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to`g`risidagi nizom va boshqa normativ huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o`rinlarda "vazirlik") davlat boshqaruv organi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o`z lavozimi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi.
Vazirlik tarkibiga: Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, vazirlik huzuridagi sud qarorlarining ijrosini tashkil etish, sud faoliyatini moddiy texnik va moliyaviy jihatdan ta`minlash departamenti, boshqa adliya organ va muassasalari kiradi.
Joylarda adliya organlari va muassasalari davlat hokimiyat organlaridan mustaqil va faqat vazirlikka bo`ysunadi.
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi departament faoliyati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan tartibga solinadi.
Vazirlik o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining me`yoriy aktlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror, farmon va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari va o`z nizomiga muvofiq amalga oshiradi.
Vazirlik, uning organ va muassasalari Davlat gerbi tushirilgan muhr va o`z nomiga ega bo`lgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
a) huquq tizimini qo`llash va qonun ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
b) kishilarning Konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlangan asosiy huquq va erkinliklari himoyasini ta`minlash;
v) jamiyatda huquqiy madaniyat va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan faoliyat olib boruvchi davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
g) sudlar faoliyatini moddiy texnik jihatdan ta`minlash ishlarini rivojlantirish, sudlarning mustaqilligini mustahkamlash, sudlar va boshqa davlat organlari qarorlarining ijro etilish mexanizmini takomillashtirish;
d) notariat, advokatura, FXDYo organlari, fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko`rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyati ustidan davlat boshqaruvini o`rnatish;
e) tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el inves-torlari, chet el investitsiyasiga asoslangan korxonalar, xususiy mulk egalari va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarining ta`minlanishiga ko`maklashish;
j) xo`jalik sub`ektlariga xo`jalik shartnomalarini tuzish va shartnoma intizomini mustahkamlash borasida huquqiy yordam ko`rsatish;
z) yuridik shaxslar, shu bilan birga nodavlat, notijorat tashkilotlarni ro`yxatga olishning qonuniyligini ta`minlash;
i) xalqaro huquqiy munosabatlar sohasida tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish;
k) kadrlarni zamonaviy talab va standartlar asosida tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
l) adliya organlari va muassasalari tizimi ustidan rahbarlikni amalga oshiradi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida vazirlik quyidagi sohalarda faoliyat yuritadi:
1) huquq tizimini qo`llash amaliyoti va qonun ijodkorligi borasida yagona davlat siyosatini yuritish sohasida;
2) fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini ta`minlash maqsadida;
3) davlat organlarining huquq-tarQibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;
4) sud va boshqa davlat organlari qarorlarini ijro etish, sud faoliyatini moddiy texnik jihatdan ta`minlash sohasida;
5) huquqiy xizmat borasida davlat boshqaruvini o`rnatish sohasida;
6) chet el investorlari, chet el investitsiyasiga asoslangan korxonalar, xususiy mulk egalari va tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida;
7) shartnomaviy huquqiy munosabatlar sohasida;
8) yuridik shaxslarni davlat ro`yxatidan o`tkazish sohasida;
9) xalqaro huquqiy munosabatlar borasida O`zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish sohasida;
10) huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida;
11) korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolar murojaatlarini ko`rib chiqish sohasida;
12) huquqiy statistika sohasida;
13) adliya organlari va muassasalarini moddiy texnik va moliyaviy ta`minlash sohasida;
14) sud ekspertiza, ilmiy muassasalarini rivojlan-tirish sohasida;
Vazirlik huquqni qo`llash va qonun ijodkorligi sohasida davlat siyosatini yuritib, quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
— davlat boshqaruv organlari qonun ijodkorlik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi; qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta`minlaydi.
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan fuqaro-larning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida inson huquqlari borasidagi qonunchilikni tahlil qiladi va ularni takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqadi; bu sohadagi xalqaro amaliyotni o`rganib, xalqaro huquqiy normalarni O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga joriy qilish uchun tavsiyalar tayyorlaydi.
Inson huquqlari va erkinliklari sohasida aholining huquqiy ongini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi, shu bilan birga jamiyatda inson huquqlarini hurmat qilish G`oyalarini tarQib qiladi; inson huquqlari sohasidagi qonunchilikka amal qilish darajasini umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda tegishli davlat organlariga takliflar taqdim etadi; inson huquqlarini himoya qilish sohasida advokatura tizimining o`rnini mustahkamlaydi, fuqarolik jamiyatlari institutlari va ularning huquqiy asoslarini rivojlantirish ishlariga ko`maklashadi; inson huquq va erkinliklariga rioya qilish monitoringi sohasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson Huquqlari bo`yicha Vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazi bilan hamkorlik qiladi; fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilganligi to`g`risidagi murojaatlarini har tomonlama ko`rib chiqadi va qonunlarga muvofiq ularning ta`minlanishi yuzasidan choralar ko`radi.
Davlat organlarining huquq-tarQibot sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish sohasida, huquqiy ta`limot va huquqiy-tarQibot ishlarini o`rganadi, ularni yaxshilash uchun takliflar ishlab chiqadi; aholi orasida huquqiy bilim, huquqiy madaniyat va qonuniylik borasida tarQibot ishlarini yuritadi; huquqiy sohani metodik ta`minlaydi va huquqiy tarbiya va huquqiy ta`limning zamonaviy shakllarini joriy qilish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi; Oliy va o`rta-maxsus ta`lim maskanlari talabalari va o`quvchilari uchun huquqiy darsliklar, huquqiy normalar majmuasi va boshqa muhim adabiyotlar nashr etish ishlarini tashkillashtiradi; adliya organ va muassasalarini zaruriy huquqiy hujjatlar bilan ta`minlaydi, O`zbekiston Respublikasi Milliy ma`lumotlar bazasini tashkil etish va qo`llab-quvvatlash tashkil etadi va unga jismoniy va yuridik shaxslarning kiritilishini ta`minlaydi, xalqaro ma`lumotlar almashinuvini ta`minlaydi va boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.
Adliya vazirligi sud va boshqa davlat organlari qarorlarini ijro etish, sud faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta`minlash sohasida sudlarni moliyalash sohasida takliflar ishlab chiqadi; sudlarning faoliyat ko`rsatishi uchun sharoit yaratish maqsadida sud binolarini ta`mirlash uchun ajratilgan mablaQlarning maqsadli sarflanishini ta`minlaydi; sud majlislari va sud`yalarning xavfsizligini ta`minlash ishlarini tashkil etadi; sudning mustaqilligini mustahkamlash masalalari bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi; sud va boshqa davlat organlari qarorlarining ijro etish mexanizmini shakllantiradi.
Vazirlik yuridik xizmat sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish maqsadida davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta`sis etadi; notarius faoliyatini litsenziyalaydi; davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shuQullanuvchi notariuslar ustidan davlat reestrini yuritadi; notariusda ish o`rganish tartibini belgilaydi; notarial faoliyat bilan shuQullanish uchun litsenziya berish tartibini ishlab chiqadi, malaka va attestatsiya komissiyalari nizomlarini tasdiqlaydi, hujjatlardagi imzosi va muhrining haqiqiyligini tasdiqlaydi, belgilangan tartibda notariuslar tomonidan o`z xizmat vazifalariga va notarial ish yuritish qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat o`rnatadi, ularning ishlarini umumlashtiradi va boshqalar.
Vazirlik advokatura va yuridik xizmatni rivojlantirish sohasida respublika advokatlar birlashmasi bilan hamkorlikda malaka komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi, respublika advokatlar birlashmasi bilan birgalikda advokatlar Oliy malaka komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi; advokatlarga litsenziya berish va advokatlar idoralari, hay`at va firmalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish ishlarini amalga oshiradi; advokatlar, advokatlik idoralari, hay`at va firmalari reestrini yuritadi; advokatlar idoralari, hay`atlari faoliyatiga uslubiy yordam ko`rsatadi; advokatlar malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga ko`maklashadi; advokatlar faoliyati bilan bog`liq to`siqlardan va ta`qiqlardan himoya qiladi; advokatlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun normalari, advokatlik etikasi qoidasi va advokatlarni kasbiy tayyorgarligi ustidan nazorat qiladi; huquqiy ishlar amaliyotini joriy qilinishini tekshiradi va analiz qiladi; yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish va ijobiy amaliyotni davlat boshqarmalari va xo`jalik korxonalarining yuridik xizmatlariga tarqalishini ta`minlaydi, korxona, muassasa va tashkilotlarning yuristkonsul`tlarini attestatsiyadan o`tkazadi.
Xalqaro huquqiy munosabatlar sohasida O`zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish uchun quyidagi huquqiy himoya vositalarini: xalqaro shartnomalar loyihalarining ekpertizasini o`tkazadi; o`z kompetentsiyasi doirasida O`zbekiston Respublikasi va uning fuqarolari manfaatlarini chet davlatlarda himoya qiladi. Chet el davlatlarining sudlarida ishtirok etadi, agar taraflardan biri O`zbekiston Respublikasi bo`lsa va boshqalar.
Huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish sohasida vazirlik davlatlar huquqshunos kadrlarga bo`lgan ehtiyojini aniqlab, Toshkent Davlat yuridik instituti, Toshkent yuridik kolleji, TDYuI qoshidagi akademik litsey va boshqa vazirlik tizimidagi ta`lim muassasalari ishini tashkil etadi va rahbarlik qiladi; hozirgi zamon talab va standartlariga muvofiq ravishda huquqshunoslarni qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi; huquqshunoslar kadrlar siyosatini rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi; kadrlar zahirasini tashkil qilish va boshqalar.
Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning murojaatlarini ko`rib chiqish bo`yicha; vazirlik organ va muassasa xodimlarining noqonuniy harakatlari bo`yicha tushgan fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko`rib chiqish, shu masala bo`yicha ariza va shikoyatlarning ob`ektiv ko`rilishini ta`minlash, shikoyatlar bo`yicha ob`ektiv qaror chiqarilishini ta`minlash, kerakli vaqtlarda joylarga chiqib tegishli mas`ul shaxslar bilan tekshirishlar o`tkazadi.
Sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot muassasalarini rivojlantirish sohasida:
— huquqiy bilimlarni rivojlantirish bo`yicha choralar ko`radi;
— kriminalistika va sud ekspertiza sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etadi; O`zbekiston Respublikasi sud ekspertiza muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ilmiy metodik rahbarlik qiladi;
— X.Sulaymonova nomidagi Respublika markazi, yuristlar malakasini oshirish markazi, TDYuI, TYuK, huquqiy tarQibot markazi va boshqa muassasalar faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Unga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni bajarishda quyidagi vakolatlarga ega:
— Inson huquqlarini himoya qilish borasida tegishli analitik, statistik va boshqa hujjatlarni olish uchun tegishli davlat organlari, korxona, muassasa, tashkilot va mansabdor shaxslarga so`rovnomalar yuborish;
— qonunchilikni rivojlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar berish;
— normativ huquqiy hujjatlarni qabul qilish, ro`yxatga olish va e`lon qilish bo`yicha tegishli davlat korxonalari, muassasa, tashkilot va qo`mitalarda tekshirishlar o`tkazadi;
— belgilangan tartibda vazirliklar, davlat qo`mitalarining qarorlarini davlat reestridan chiqaradi va qisman yoxud butunlay to`xtatadi;
— O`zbekiston Respublikasi qonunlarining, vazirlik-lar, davlat qo`mitalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, muassasa, tashkilot va mansabdor shaxslar tomonidan bir xilda qo`llanilish holatini o`rganadi, tahlil etadi;
— tahlil etish natijalari bo`yicha tegishli davlat organlariga O`zbekiston Respublikasi qonunchiligini to`g`ri qo`llanishini ta`minlash to`g`risida ko`rsatmalar beradi;
— O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat organlari va xo`jalik yurituvchi sub`ektlar mansabdor shaxslari tomonidan vazirlik vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan chiqarilgan O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari-ning ijro etilmayotganligi tufayli ularni javobgarlikka tortish to`g`risidagi taklif bilan murojaat qiladi. O`zbekiston Respublikasining inson huquqlari to`g`risidagi qonun hujjatlariga davlat boshqaruv va hokimiyat organlari tomonidan amal qilinishini tekshiradi;
— ko`rsatib o`tilgan organlar mansabdor shaxslariga ijro etilishi majburiy bo`lgan, qonunlarga rioya qilmaslik sabablari va oqibatlarini bartaraf etish to`g`risida topshiriq beradi; shu bilan birga buzilgan inson huquqlari va erkinliklarini tiklash choralarini ishlab chiqish vazifasini topshiradi; chet el sudlarida O`zbekiston Respublikasi huquqlar va qonuniy manfaatlari yuzasidan da`vogar va javobgar sifatida ishtirok etadi;
— O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va eksprezidenti vakili sifatida sudlarda ishtirok etadi;
— tegishli davlat organlariga sud`yalar va sud apparati xodimlarining moddiy-ijtimoiy va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo`yicha takliflar kiritadi;
— advokatlik idoralari va notariuslarga berilgan litsenziyalarning harakatini to`xtatadi yoki tugatadi; advokatlar malaka komissiyalariga advokatlarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini kiritadi;
— advokatlar idoralari, hay`at va firmalarga qonunbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqnoma yuboradi; vazirliklar, qo`mitalar, joylardagi davlat hokimiyati organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar va ularning yuridik xizmatlari faoliyatining huquqiyligini tekshiradi;
— ularning rahbarlariga huquqbuzarliklarni bartaraf etish to`g`risida topshiriqnomalar beradi;
— yuqori turuvchi organ yoki sudga qonunchilikni buzgan holda korxona yoki tashkilotga zarar etkazgan mansabdor shaxslarga nisbatan choralar ko`rish lozimligi haqida murojaat qiladi.
Vazirlik chet el investorlari, chet el investitsiyasiga asoslangan korxonalar va boshqa tadbirkorlik sub`ektlarini javobgarlikka tortish asoslarini fuqarolik, jinoiy va ma`muriy hujjatlar bilan tanishgan holda tekshirishga haqli; chet el investorlari, chet el investitsiyasiga asoslangan korxonalar va boshqa tadbirkorlik sub`ektlari hamda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar sodir etgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini tegishli organlarga taqdim etishga haqlidir.
— Chet el investorlari, chet el investitsiyasiga asoslangan korxonalar va boshqa tadbirkorlik sub`ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzuvchi fuqarolik, jinoiy, ma`muriy va xo`jalik ishlarini sudda ko`rib chiqish uchun davlat bojini to`lamagan holda, taklif kiritadi;
— manfaatdor shaxslarga tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining qonuniy huquq va manfaatlarini hurmat qilinishini so`rab yozma ogohlantirish yuboradi;
— o`z vakolatlari doirasida chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqalar o`rnatadi;
— davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatini ko`zlab sudga, davlat bojlarini to`lamagan holda da`vo arizalari va arizalar bilan murojaat qiladi; adliya organ va muassasalarining faoliyatini ta`minlash maqsadida tegishli bo`linmalarni tuzish, tugatish va ularning nizomini belgilash va h.k.
Vazirlik o`z vakolati doirasida vazirliklar, davlat qo`mitalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, notariuslar, advokatlar, korxona, tashkilot va muassasa, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo`lgan normativ huquqiy hujjatlar chiqaradi. Bundan tashqari vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va davlat qo`mitalari bilan birgalikda qaror va boshqa normativ aktlar chiqarishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vazirlik zimmasiga qonun ijodkorligi sohasida davlat siyosatini yuritish va o`ziga yuklatilgan boshqa vazifalarni samarali amalga oshirish majburiyati yuklatilgan.
Ishlarni tashkil etish va yakuniy qaror chiqarishda vazirlik hay`ati muhim rol` o`ynaydi. O`ay`at vazir, uning o`rinbosarlari va vazirlikning boshqa xodimlaridan iborat tarkibda faoliyat yuritadi. O`ay`at tarkibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlik O`ay`ati o`zining doimiy o`tkaziladigan majlislarida vazirlik, adliya organ va muassasalari faoliyati bilan bog`liq asosiy masalalarini ko`radi. O`ay`at qarorlari qoida tariqasida vazir bo`yruQi bilan kuchga kiradi.
Vazir O`zbekiston Respublikasi qonunlari va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlarini ijro etish maqsadida buyruq, instruktsiya, tushuntirish va boshqa normativ huquqiy hujjatlar chiqarish huquqiga ega. Bunday qarorlar orqali davlat notariati, FXDYo organlari, sud ekspertizasi va statistikasi tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish bilan bog`liq masalalar hal etilish lozim. Ular sud xodimlari, adliya organ va muassasalari, boshqa davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bir qator funktsiyalari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ularning vakolatlari, albatta, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakolatlaridan sezilarli darajada kam. Masalan, ular harbiy sud faoliyatini tashkiliy jihatdan ta`minlamaydi, ijro hokimiyatining markaziy organlarining normativ aktlarining ro`yxatini yuritmaydi, ulardan qonun ijodkorligi sohasida keng ishtirok etish talab qilinmaydi. Ularning asosiy vazifasi — lozim darajada yuridik xizmat ko`rsatish sharoitlarini yaratish, notariat va FXDYo organlariga rahbarlik qilish, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari tizimi ularga yuklatilgan vazifalarning darajasiga qarab tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |