4 Notariat
O`zbekiston Respublikasi "Notariat to`g`risida"gi qonunining 1-moddasida: "O`zRda Notariatning vazifasi jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini notariuslar tomonidan qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish yo`li bilan himoya qilishni ta`minlashdan iboratdir".
Notariusning bu xildagi yo`nalishini ko`rib, uning faoliyatiga o`ziga xos uslublar bevosita huquqni muhofaza qilish bilan bog`liqligiga ahamiyat beramiz.
Notariatning huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan bog`liqligini biz notarial harakatlarning mazmunidan ham ko`rishimiz mumkin.
Notarial harakatlarning to`la ro`yxati "Notariat to`g`risida"gi qonunning 5-bobida berilgan bo`lib, bu faqatgina hammaga odat bo`lgan hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash, imzoning haqiqiyligini tasdiqlovchi harakatlar bo`lib qolmasdan, balki bitimlarni tasdiqlash, er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to`g`risida guvohnomalar berish, mol-mulkni o`zga shaxsga o`tkazishni ta`qiqlab qo`yadi va ta`qiqni bekor qiladi, fuqaroning muayyan joyda ekanligi yoki uning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi, dalillarni ta`minlash, ijro xatlarini yozish va hokazolar.
Barcha notarial harakatlar u yoki bu jihati bilan huquqni muhofaza qilish funktsiyasi bilan bog`liq bo`lib, shu xildagi funktsiyalarni amalga oshirishda hamkorlik qiladi.
Notariat bu bitimlar va boshqa kelishuvlarning to`g`ri va o`z vaqtida haqiqiyligini tasdiqlaydigan, meros huquqini guvohlantiradigan, ijro xatlarini yozadigan va boshqa notarial harakatlarni amalga oshiradigan maxsus tashkil etilgan organ yoki muassasalar majmuidir. O`ozirda notariatning bir necha turlari mavjud. U davlat notarial idoralari va notarial harakatlarni amalga oshirishga vakolatli bo`lgan mansabdor shaxslardan shuningdek, xususiy notarial faoliyat bilan shuQullanuvchi muassasalardan iborat.
Notarius mavjud bo`lmagan aholi punktlarida notarial harakatlarni fuqarolar yiQini raisi(oqsoqoli) amalga oshiradi. Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni, bunday vakolatni amalga oshirishga vakolatli bo`lgan O`zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari-ning mansabdor shaxslari bajaradilar.
Davlat notarial idorasi O`zR Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi. Davlat notarial idoralarida faoliyat ko`rsatuvchi barcha notarius (notarius va katta notarius)lar davlat xizmatchilari hisoblanadi va ish haqini byudjet hisobidan oladilar. Ularga xuddi Adliya organlarining xizmatchilari singari unvonlar beriladi. Ularning zimmasida hozirda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog`liq ishning asosiy qismi yuklatilgan.
"Notariat to`g`risida"gi qonunning qabul qilinishi bilan (1996 yil 26 dekabr) O`zR hududida xususiy notarial amaliyot tatbiq qilindi. Xususiy amaliyot bilan shuQullanuvchi notarius yuridik shaxs hisoblanadi. U o`z idorasiga ega bo`lish, bankda hisob-kitob varaQi va boshqa hisob varaqlar ochish, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlarga ega bo`lish, xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni to`xtatish, tushgan daromadni tasarruf etish, sudda o`z nomidan qatnashish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqlidir.
Xususiy amaliyot bilan shuQullanuvchi notariuslar jamoat birlashmalari to`g`risidagi qonunda belgilangan tartibda tuziladigan notarial palataga birlashishlari mumkin.
Notarius ta`tilga chiqish va davlat ijtimoiy suQurtasi bo`yicha nafaqalarning barcha turini olish huquqidan foydalanadi. Notariusga davlat ijtimoiy suQurtasi bo`yicha nafaqa tayinlash va to`lash hamda uning davlat pensiya ta`minoti amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasida notarius lavozimiga oliy yuridik ma`lumotga ega bo`lgan, davlat notarial idorasida yoki xususiy amaliyot bilan shuQullanuvchi notarius huzurida kamida 1 yil muddatli amaliyotni o`tab, malaka imtihoni topshirgan, notarial faoliyat bilan shuQullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo`lgan O`zR fuqarosi tayinlanadi. Notariusning oliy yuridik ma`lumotli stajeri va yordamchisi bo`lishi mumkin.
Tegishli davlat notarial idorasiga stajer va yordamchini ishga qabul qilish mehnat shartnomasi asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiy amaliyot bilan shuQullanuvchi notarius mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, oliy yuridik ma`lumotga ega bo`lgan shaxslar orasidan stajerni, shuningdek, yordamchini mustaqil tarzda ishga qabul qilishga haqlidir.
Yuridik mutaxassislik bo`yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo`lgan shaxslar uchun amaliyot muddati tegishlicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori bilan kamaytirilishi mumkin. Bunday hollarda amaliyot muddati 6 oydan kam bo`lmasligi kerak. Amaliyotdan o`tish tartibi O`zR Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Notariuslar davlat notarial idorasida ishlashidan yoki xususiy amaliyot bilan shuQullanishidan qat`i nazar, notarial harakatlarni amalga oshirishda teng huquqlarga va bir xil majburiyatlarga egadirlar. Notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar yuridik kuchga ega.
Amaliyotdan o`tgan va notarial faoliyat bilan shuQullanish huquqini beruvchi litsenziya olish to`g`risida belgilangan tartibda ariza bergan shaxslar Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari qoshida tashkil etiladigan malaka komissiyalariga imtihon topshiradilar.
Malaka komissiyasining qarori ustidan shikoyatlar ushbu komissiyaning qarori manfaatdor shaxsning qo`liga topshirilgan kundan boshlab, bir oy ichida O`zR Adliya vazirligi qoshidagi apellyatsiya komissiyasiga beriladi.
Malaka komissiyasining imtihonidan o`ta olmagan shaxslar ushbu komissiyaning qarori chiqqan kundan boshlab kamida bir yildan so`ng qayta imtihon topshirishga qo`yiladi.
Malaka va apellyatsiya komissiyalari to`g`risidagi nizomlarni O`zR Adliya vazirligi tasdiqlaydi.
Notarial faoliyat bilan shuQullanish huquqini beruvchi litsenziya Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi. Litsenziya berish tartibi O`zR Adliya vazirligi tomonidan belgilab qo`yiladi. Litsenziya berish rad etilganligi ustidan sudga Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori olingan kundan boshlab, bir oy ichida shikoyat qilish mumkin.
Litsenziya olgan, lekin uch yil mobaynida notarius lavozimida ish boshlamagan fuqaroning malaka imtihonini qayta topshirganidan keyingina notarius lavozimida ishlashiga yo`l qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |