Notarius:
— ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari, tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shuQullanishga;
— shartnomalar tuzishda vositachilik xizmati ko`rsatishga haqli emas.
Notarius o`z faoliyatida mustaqil bo`lib, bu faoliyatni amalga oshirishda O`zR qonun hujjatlariga amal qiladi.
Notariuslarning o`z kasbiy majburiyatini bajarishi yuzasidan nazoratni Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari amalga oshiradi.
Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek, amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor bo`lib qolgan shaxslarning o`zlariga ma`lum bo`lgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham oshkor qilishi ta`qiqlanadi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to`g`risidagi ma`lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshiriQi bilan amalga oshirilgan bo`lsa, shu shaxslarning o`zigagina berilishi mumkin.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to`g`risidagi ma`lumotnomalar (ma`lumotlar), sud, prokuraturaning, tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi. Fuqarolar mulkiga o`tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma`lumotnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda soliq organiga taqdim etiladi. Vasiyatnoma to`g`risidagi ma`lumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlarning maxfiyligini buzishda aybdor bo`lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasida davlat notarial idoralar tarmog`i, ularning shtatlari davlat notarial idoralari uchun belgilangan shtatlar soni va ish haqi fondi doirasida o`rinlavozimlar jadvaliga rioya qilgan holda O`zR Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ikki nafar va undan ortiq notarius ishlaydigan davlat notarial idoralari notariuslaridan biri katta davlat notariusi etib tayinlanadi va uning zimmasiga ushbu notarial idoraning ma`muriy tashkiliy ishlarini nazorat qilish vazifasi yuklatiladi.
Notarius lavozimi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ta`sis etiladi va tugatiladi.
Notarial okrugdagi notariuslar lavozimining sonini O`zR Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Notariusga muayyan hududda notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish O`zR Adliya vazirligi yoki uning topshiriQiga binoan Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi yoki tegishli adliya boshqarmasi tomonidan litsenziyasi bo`lgan shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlov o`tkazish tartibini O`zR Adliya vazirligi belgilaydi.
Davlat notarial idorasida ishlayotgan notarius bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xususiy amaliyot bilan shuQullanuvchi notarius o`z xohishi bilan zimmasidagi vakolatlarni soqit qiladi yoki uning vakolatlari quyidagi hollarda sudning notarial faoliyati bilan shuQullanish huquqlaridan mahrum qilish to`g`risidagi hal qiluv qarori asosida bekor qilinadi:
— qasddan jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan taqdirda hukm qonuniy kuchga kirgandan so`ng;
— qonunda belgilangan tartibda muomala layoqati cheklangan yoki muomala layoqatiga ega emas deb topilgan taqdirda;
— qonun hujjatlarini buzgan nosoQlomligi tufayli (tibbiy xulosa bo`lsa) kasbiy majburiyatlarini bajarishining imkoniyati bo`lmagan taqdirda va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda litsenziya bergan organning iltimosnomasiga binoan.
Notariusning vakolatlari bekor qilingan taqdirda, tegishli adliya organi unda saqlanayotgan hujjatlarni boshqa notariusga topshirish to`g`risida qaror chiqaradi.
Notariusning faoliyat ko`rsatish hududi O`zbekiston Respublikasining ma`muriy hududiy bo`linishiga muvofiq belgilanadi. Tumanlarga bo`lingan shaharlarda tegishli shaharning butun hududi notarial xizmat ko`rsatish hududi hisoblanadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi adliya vazirligi yoki tegishli adliya boshqarmasi sodir etilish joyi qonun hujjatlarida belgilangan notarial harakatlarni bajarish yuzasidan notarius o`z vazifalarini amalga oshirishga haqli bo`lgan hududni belgilab beradi. Qoraqalpog`iston Respublikasi adliya vazirligi yoki tegishli adliya boshqarmasi aniq holatlarni hisobga olib, notariusning vakolatlari amal qiladigan hududni o`zgartirishi mumkin. Ko`rsatilgan hudud doirasida notariusning o`z ish joyi bo`lishi shart.
Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos bo`lmaydi.
Notarius mavjud bo`lmagan hududdagi vasiyat qiluvchi og`ir kasal bo`lgan hollarda vasiyatnomani tasdiqlatish uchun notarius o`zi xizmat ko`rsatadigan hududdan tashqariga chiqishga haqlidir.
"Notariat to`g`risida"gi qonunda notariuslarning asosiy huquq va majburiyatlari ko`rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |