%збекстан Республикасы Халы3 билимлендири7 министрлиги



Download 211,5 Kb.
bet6/6
Sana31.12.2021
Hajmi211,5 Kb.
#204575
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Маъруза (2)

Notarius quyidagi huquqlarga ega:

— o`ziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun ushbu qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatlarni amalga oshirish joyi qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan hollar bundan mustasno;

— bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan ko`chirmalarni tayyorlash, shuningdek, notarial harakatlarni amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;

— jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan hujjatlar talab qilib olish.



Notarius quyidagi majburiyatlarga ega:

— jismoniy va yuridik shaxslarga o`z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko`maklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;

— tomonlar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi, ushbu bitimlar mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish kelmasligini tekshirishi;

— yuridik jihatdan bexabarlik jismoniy va yuridik shaxslar zarariga foydalanilmasligi uchun amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ularni ogohlantirishi;

— qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etish;

— notarial harakatlarni amalga oshirish vaqtida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonunchilik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar ko`rilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilot-larga yoki prokuraturaga bu haqda xabar qilishi shart.

Davlat notarial idorasida ishlovchi yoki xususiy amaliyot bilan shuQullanuvchi notarius qonun hujjatlariga zid xatti harakatlar sodir etsa, belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.

Xususiy amaliyot bilan shuQullanuvchi notarius amalga oshirilgan notarial harakat haqidagi ma`lumotlarni qasddan oshkor qilgan bo`lsa yoki qonun hujjatlariga zid bo`lgan notarial harakatlarni amalga oshirgan bo`lsa, buning oqibatida etkazilgan ziyonni sud qaroriga binoan qoplashi shart.

Xususiy amaliyot bilan shuQullanuvchi notarius o`z faoliyatini suQurta qilish to`g`risida shartnoma tuzishi shart. Notarius suQurta shartnomasini tuzmasdan o`z majburiyat-larini bajarishga haqli emas.

Davlat notarial idorasida ishlovchi notarial harakatlarni amalga oshirganlik hamda hujjatlardan nusxa berganlik uchun O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar bo`yicha davlat boji undiriladi.

Xususiy amaliyot bilan shuQullanuvchi notarius O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida notarial shaklda bo`lishi majburiy qilib qo`yilgan harakatlarni bajarganlik uchun xuddi shu harakatlarni davlat notarial idoralarida bajarganlik uchun olinishi nazarda tutilgan davlat boji miqdorlarga muvofiq ta`riflar bo`yicha haq undiriladi.

Davlat boji haqidagi qonun hujjatlarida jismoniy va yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar ham, xususiy amaliyot bilan shuQullanuvchi notariuslar ham notarial harakatlarni bajarganlarida, hujjatlar loyihalarini tuzganlarida, hujjatlarning nusxalarini berganda va boshqa texnik ishlarni bajarganlarida mazkur shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Notarius notarial harakatni bajarishi uchun o`z ish joyidan tashqariga chiqqanida manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar, uning amaldagi transport xarajatlarini qoplaydilar. Notariusga murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar bilan notarius o`rtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo`shimcha xizmatlar ko`rsatilganligi uchun haq undirilishi mumkin.

Davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:

1) bitimlarni tasdiqlaydi;

2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;

3) er-xotinning umumiy mulkidagi ulushga mulk huquqi to`g`risida guvohnomalar beradi;

4) mol-mulkni o`zga shaxsga o`tkazishni ta`qiqlab qo`yadi yoki ta`qiqni bekor qiladi;

5) meros mol-mulkning qo`riqlanishiga doir chora tadbirlar ko`radi;

6) meros huquqi to`g`risida guvohnomalar beradi;

7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlarda olingan ko`chirmalarning to`g`riligini shahodatlaydi;

8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to`g`ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;

9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shaxodat-laydi;

10) ko`chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;

11) fuqaroning tirik ekanlik faktini tasdiqlaydi;

12) fuqaroning muayyan joyda ekanlik faktini tasdiqlaydi;

13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;

14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;

15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga topshiradi;

16) pul so`mmalari va qimmatli qoQozlarni depozitga qabul qilib oladi;

17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;

18) pul to`lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo`yicha pul to`lanmaganligini tasdiqlaydi;

19) ijro xatlarini yozadi;

20) veksellarning protestlari amalga oshiriladi;

21) dengiz protestlarini amalga oshiradi;

22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini, hamda reestrlardan ko`chirmalarni beradi.

Qonunda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni amalga oshiradi.

Xususiy amaliyot bilan shuQullanuvchi notariuslar notariyat to`g`risidagi qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshiradi, mol-mulkni o`zga shaxsga o`tkazishni ta`qiqlab qo`yish va ta`qiqni bekor qilish, merosga bo`lgan huquqi to`g`risida guvohnoma berish va meros mol-mulkni qo`riqlash chora-tadbirlarini ko`rish bundan mustasno.

Aholi punktida notarius mavjud bo`lmagan taqdirda, shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yiQinlarining raislari (Oqsoqollari) quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:

1) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;

2) ishonchnomalarni tasdiqlaydi, avtotransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;

3) meros mol-mulkning qo`riqlanishiga doir chora tadbirlar ko`radi;

4) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko`chirmalarning to`g`riligini shahodatlaydi, ma`lumot haqidagi hujjat nusxalari bundan mustasno;

5) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shaxodatlaydi.

Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yiQinlarining raislari (Oqsoqollari) qonunda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 





Download 211,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish