12-mavzu. MAVZULI REJA TUZISH. BIR SOATLIK DARSNING
REJA -KO‘CHIRMASINI TUZIH
Reja:
1. Rejalashtirish ahamiyati va uning shakllari.
2. Yillik kalendar reja.
3. Chorak bo‘yicha hamda mavzuviy rejalashtirish.
4. Ayrim dars rejasi va o‘quv jihozlari.
1. Rejalashtirish ahamiyati va uning shakllari.
Pedagogik jarayonga tayyorlanish mashg‘ulotni to‘g‘ri rejalashtirishni talab qiladi. Buning uchun vaqtni, o‘quvchilarning kuchini va tayyorligini hisobga olish lozim va ularga asoslanib, butun dastur materiallarini taqsimlash kerak. Ikkinchi tomondan, pedagogik jarayonni tashkil qilish uchun reja bajarila oladigan qilib, ya’ni real ravishda tuzilishi lozim, buning uchun moddiy bir bazaga suyanish lozim, ya’ni o‘quvchilar maxsus jihozlangan bino, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa narsalar bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak. Boshqacha qilib aytganda, sinfdagi darsni va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni amalga oshirmoq uchun rejalashtirish va jihozlash muhim rol o‘ynaydi.
Adabiyotdan mashg‘ulot rejasi to‘rt asosiy shaklga egadir: 1) yillik kalendar reja; 2) chorak bo‘yicha reja; 3) mavzuviy (tematik) reja; 4) ayrim dars rejasi.
2. Yillik kalendar reja.
O‘quv yili boshlanmasdan oldin yillik kalendar reja tuziladi. Butun bir yillik ishni to‘g‘ri rejalashtirish va uni to‘g‘ri tashkil qilish uchun nimalarga e’tibor berish lozim?
1) To‘rt chorak bo‘yicha adabiy materialni to‘g‘ri taqsimlash.
2) Shu adabiy materiallarga doir bo‘lgan asosiy adabiy-nazariy masalalarni taqsimlash.
3) Muayyan bir asarni o‘rganishga bog‘lab nutq o‘stirish turlari. Har qaysi chorak bo‘yicha sinf va uy insholarining soni.
4) Choraklar bo‘yicha sinfdan tashqari qilinadigan ishlar mazmuni.
5) O‘qituvchining ilmiy-metodik va jamoat ishlari. Bunda har bir chorak bo‘yicha va yil oxirida takrorlashga sarf bo‘ladigan vaqtni ham hisobga olish kerak.
3. Chorak bo‘yicha hamda mavzuviy rejalashtirshi.
Yillik rejaga asoslanib yarim yillik yoki chorak rejasi tuziladi. Chorak rejada qilinadigan ishlarning mazmuni aniq, hamma tafsilotlari bilan ko‘rsatiladi. Unda yozma ishlarning mavzusi, uni o‘tkazish va tahlil qilish uchun ajratilgan soatlar; adabiyot nazariyasidan beriladigan bilim va uni sistemalashtirish, o‘quvchilarning ma’ruzalari uchun ajratilgan muddatlar; sinfdan tashqari ishlarning mazmuni: ekskursiya, muzey va teatrlarga borish, to‘garakda ko‘riladigan ishlar mazmuni to‘liq ko‘rsatiladi.Choraklik rejada o‘qituvchining qanday ilmiy-metodik va jamoat ishi olib borayotgani ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Yirik asar yoki yozuvchining ijodini o‘rganish oldidan mavzuviy reja tuziladi, mavzuviy reja materiallari har bir dars bo‘yicha taqsimlanadi. Unda ish usullari, ko‘rgazmali qurollar, adabiyotlar (sahifalari bilan) aniq ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |