Ifodali o‘qish to‘garagi asosiy maqsadi o‘quvchilarning ifodali o‘qish va badiiy hikoyalashga, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon anglatishga o‘rgatishdan iborat. Reja tuziladi va shu asosida o‘qiladigan asrlar ro‘yxati aniqlanadi, o‘qish texnikasi va asarlar mazmuni tushunishga yordam beruvchi nazariy ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni tanishtiriladi. Har qanday asar birdaniga ifodali o‘qib ketilmaydi. Avvalo tanlangan asar har bir o‘quvchi tomonidan oddiy o‘qiladi, ya’ni har kim o‘zi ichida o‘qib, matn bilan tanishadi. So‘ng albatta asar birgalashib muhokama qilinishi, tahlillanishi lozim. Tahlil orqali asar ruhiga kiriladi, ifodalangan kechinmalar aniqlanadi va shu orqali unga qanday yondashish, ohang tanlash belgilanadi. Ohang, mimika, to‘xtalish, hissiy ifodaviylik ta’minlanishiga e’tibor qaratiladi.
Adabiy kechalar odatda barcha to‘garaklar ko‘rigi hisoblanadi, ularda to‘garakning kuchi, salohiyati ma’lum bo‘ladi.
3. Adabiy ko‘rgazmalar.
Adabiy ko‘rgazmalar adabiyot o‘qituvchilari bilan kutubxona (axborot-resurs) xodimi hamkorligida tayyorlanadi va o‘tkaziladi. Adabiy ko‘rgazmalar asosan yozuvchi, shoirlar hayoti ijodiga yoki adabiyotga aloqador kitoblar (badiiy va ilmiy asarlar)ga bag‘ishlangan holda o‘tkaziladi. Yozuvchining hayotiga oid bo‘lgan eksponatlar quyidagicha:
1) Yozuvchining portreti, oila a’zolari, hayotining ayrim momentlari kurs illiyustrasiyalari.
2) Yozuvchining tarjimai holiga yoki yozuvchining sayohatlariga oid karta.
3) Yozuvchi va uning zamondoshlari.
4) O‘quvchilari ishlagan rasmlar.
5) Asar yuzasidan ishlangan maketlar ko‘rinishi.
6) Sinxronik tablitsa: siyosat hayot va davrning adabiy harakati bilan bog‘langan holda yozuvchining ijodiy yo‘li.
7) Asarning obrazli va kompozitsiyasining o‘zaro nisbatini ko‘rsatish grafikasi.
8) Asarning yaratilish tarixi.
9) Poetik tilning tahlil namunalari.
10) Yozuvchining adabiy guruhlarda tutgan o‘rni.
11) Turli davrlarda turli sinflar vakillarining yozuvchiga bergan baholari.
12) Yozuvchining ijodi va u yashagan zamondagi rasm san’ati.
13) Yozuvchining asarlari musiqada.
14) Asarlari teatrda va kinoda.
15) Yozuvchilarning san’atlari va qimmatli fikrlari.
16) Yozuvchi haqida nimalar o‘qish kerak.
17) Asosiy tanqidiy adabiyot namunasi.
18) Bizning davrda yozuvchining ijodiga berilgan baho.
Bu ko‘rgazmalarning hammasi bo‘lishi kerak degan xulosaga kelmaslik kerak. O‘qituvchi, o‘quvchilar va kutubxonachi imkoniyatidan kelib chiqib, ularning qaysilarini tashkil etish iloji bo‘lsa, shunga qarab ish tutiladi. Lekin ko‘rgazmalar turlari va soni o‘ta kambag‘al ham bo‘lmasligi kerak, hech bo‘lmaganda 5-6 ko‘rgazmalar guruhi bo‘lishi lozim. Har bir ko‘rgazmaning orasi boshqalaridan kichik masofa bilan bo‘lsa ham ajratilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ularning ba'zilarini o‘qituvchi o‘quvchilar yordamida yoki o‘zi, ba'zilarini kutubxonachi tayyorlaydi. Har bir ko‘rgazma yoki ko‘rgazma guruhi oldida iqtidorli o‘quvchilardan birini qo‘yib, ko‘rish istagida kelganlarga tushuncha berib tursa yana ham yaxshi bo‘ladi.
Ko‘rgazmalar aniq kishiga ta’sir qiladigan, taassurot qoldiradigan bo‘lishi kerak. Bu juda mas’uliyatli ish. Ko‘rgazmalar tayyor bo‘lgach, ochiq deb e'lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |