Zbekiston respubulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish fanining


yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning nutqini shakllantirish



Download 0,84 Mb.
bet63/96
Sana05.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#740408
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96
Bog'liq
ma\'ruza

5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning nutqini shakllantirish

Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni – bolalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‘nikmalarini shakllanti­rishdir.


Dastlabki yosh bosqichlarida bola nutqini rivojlantirishga e'tibor berish shuning uchun ham muhimki, ushbu davrda bola miyasi jadal sur'atda o‘sib boradi va uning vazifalari shakllanadi. Fiziologlarga ma'lumki, markaziy asab tizimi vazifalarini aynan ularning tabiiy shakllanish davrida osongina mashq qildirish mumkin. Mashqlarsiz ushbu vazifalarning rivojlanishi sekinlashadi va xatto umuman to‘xtab ham qolishi mumkin.
«Nutq uchun rivojlanishning bunday «hal qiluvchi» davri bola xayotining dastlabki uch yili xisoblanadi: bu muddatga kelib miya nutqiy soxalarining anatomik o‘sib yetilishi asosan nixoyasiga yetadi, bola ona tilining asosiy grammatik shakllarini o‘zlashtirib oladi, katta so‘z zaxirasi shakllanadi. Agarda dastlabki uch yilda kichkintoy nutqiga yetarlicha e'tibor berilmagan bo‘lsa, bu xolda kelgusida uning o‘rnini to‘ldirish uchun juda ko‘p mehnat qilishga to‘g‘ri keladi».
quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutq rivojlanishining talablari hisoblanadi:
nutqni tinglash va tushunish;
so‘zlashish va muloqot yuritishga qodir bo‘lish;
nutq-tovush madaniyatini shakllantirish;
oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
so‘z boyligini faollashtirish;
nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish;
bog‘lanishli nutqni shakllantirish;
ijodiy hikoya qilishni shakllantirish.
quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutq indikatorlarihisoblanadi:
musobaqalar va munozalarda ishtirok etish, u yerda eshitgan ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish;
ayrim maxsus so‘zlarning ma'nosini bilish;
eshitgan hikoyalarni osonlikcha bayon qilish;
ona tilini juda yaxshi bilish, fikrni oddiy va umumiy foydalanishdagi gaplar yordamida ifodalash;
mavjud til tizimi (tovush, so‘z, gap) to‘g‘risida elementar (oddiy) tasavvurga ega bo‘lish;
so‘zdan tovushni, unli va undosh tovushlarni ajrata olish;
narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytish, bir-biri bilan solishtirib, ayrim farqlarini tushunish;
o’z nutqida uyushiq bo‘lakli, sodda, yoyiq va qshma gaplarning turli xillaridan foydalana olish;
o‘yinchoqlar va buyumlar haqida hikoya tuza olish;
shaxsiy tajriba, mazmunli rasmlar asosida hikoya tuza olish;
gaplarni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuza olish;
surat (rasmlar) bo‘yicha mazmunli hikoya tuzish;
umumlashtiruvchi so‘zlar, antonimlar, solishtirmalardan foydalanish;
harakatlarni rejalashtirish uchun nutqdan foydalanish;
o‘z tuyg‘ulari va niyatlarini nutq yordamida ifodalab, tengdoshlari va katta yoshdagilar bilan muloqotda ishtirok etish;
turli hikoyalarni so‘zlab berish, hikoyalarni ylab topishga harakat qilish, qofiya va so‘z o‘yiniga qiziqish bildirish;
kitoblar, telekrsatuvlardan nutqning turli parchalarini yodlab olish va ishlatish.
5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta'limiga quyidagicha yondashish lozim:
musobaqa, munozara va bosh?a tadbirlarni tashkil etish, savollar berish va bolani to‘g‘ri javob berish yoki ko‘rsatmalarni bajarishga rag‘batlantirish;
bolaning yangi so‘zlardan foydalanish va ularning ma'nosini bilish istaklarini rag‘batlantirish;
bolaga muntazam ravishda hikoyalar aytib turish, teatrga olib borish, bola bilan taassurotlarini muhokama qilish;
rasmga qarab mazmunli hikoya tuzish, nutqni rivojlantirish bo‘yicha maxsus trening va o‘yinlar tkazishga yordam berish, qofiya va so‘z o‘yinlari, she'rlarni ifodali o‘qish, ertaklarni aytib berish, shaxsiy hayotdan hikoya tuzishga ko‘maklashish;
bolani ijodiy dramatik, rol ijro etiladigan o‘yinlarda ishtirok etishga jalb qilish.
5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bola bilan munosabatlarda samimiyat, dstonalik va himoya etilganlik muhitini saqlab turish lozim.
Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga tib kelayotgan xalq ma'naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida z davrining ilmiy yutuqlarini zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg‘or sheriy va estetik ideallariga sodiqligi, ya'ni mustaqil O‘zbekistonda demokratik jamiyatning tlaqonli quruvchilari bo‘la olishlari tarbiyachiga bog‘liqdir.
Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy-pedagogik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko‘nikmalarni mavaf­faqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun bolalar bog‘chalari tarbiyachilarini ular bilan qurollantirish­dan iboratdir.



Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish