Zbekiston respubulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish fanining


yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nutqini rivojlantirish to‘g‘risida



Download 0,84 Mb.
bet62/96
Sana05.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#740408
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96
Bog'liq
ma\'ruza

3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nutqini rivojlantirish to‘g‘risida
Bolalar bog‘chasida bolalar nutqini rivojlantirish ishlari tegishli dastur asosida amalga oshiriladi, mazkur dasturda atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi, tegishli lug‘at hajmi hamda bolalarning har bir yosh bosqichida o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan nutqiy mahorat va ko‘nikmalari belgilab quyilgan bo‘lib, u muayyan shaxs sifatlarini tarbiyalashni ko‘zda tutadi (masalan, dialogik nutqni rivojlantirishda dastur kirishimlilik, xushmuomalalik, salomlilik, bosiqlik kabi sifatlarni tarbiyalash zarurligini ta’kidlaydi).
Nutqni rivojlantirish dasturi ham umuman olganda xuddi «Bolalar bog‘chasida tarbiyalash va ta’lim berish dasturi» kabi ilmiy asoslarga ko‘rilgan. U butun mazmuni bilan maktabgacha ta’lim nazariyasini amalga oshirishga, ya’ni bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Dastur asosini psixologiya va turdosh fanlarning bolaning og‘zaki nutqni egallab olganligi va uning bilish faoliyatining o‘ziga xosligi haqidagi ma’lumotlar tashkil etadi, bu esa turli yosh bosqichlarida bolalarga nisbatan talabning xajmi va izchilligini belgilaydi.
Shuningdek, dastur bolaning rivojlanishida faoliyatning yetakchi ahamiyatga ega ekanligi haqidagi muhim pedagogik qoidani hisobga olgan holda tuzilgan, shuning uchun nutqni rivojlantirish dasturi turli faoliyat turlari (o‘yinlar, mashg‘ulotlar, mehnat va boshqa) bilan taqqoslangan.
Nutqni rivojlantirish dasturi asosiy didaktik tamoyillar - o‘quv materialining izchilligi va o‘zaro bog‘liqligi, uning aniqligi va imkonliligini hisobga olgan holda tuzilgan; unda nutqiy mahoratni shakllantirishda jamlana olishlik - har bir bosqichda aynan bir bo‘limni uning mazmunini asta-sekin kengaytirib va chuqurlashtirib borish orqali o‘tish ko‘zga tashlanadi.
Dasturda barcha vazifa va talablar qisqa bayon qilingan. Faqat bolalarning bilim va qobiliyatlariga quyiladigan umumiy talablargina aniq bayon qilingan, xolos. Tarbiyachi dasturning har bir umumiy talabini aniqlashtirishni o‘rganishi lozim.
quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutq rivojlanishining talablari hisoblanadi:
nutqni tinglash va tushuna olish;
so‘zlashish va muloqot yuritishga qodir bo‘lish;
nutq tovush madaniyatini shakllantirish;
so‘z boyligini rivojlantirish;
nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish;
bog‘lanishli nutqni shakllantirish.
quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutq indikatorlari hisoblanadi:
muloqot qilish, nutqdan o‘z xatti-harakatlarini tartibga solish, o‘zi va o‘z harakatlarini baholash, o‘zining turli ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish;
uy-ro‘zg‘or buyumlari nomini bilish, tabiat va jamiyat hayotidagi hodisalarni aytib berish, fe'llardan faol foydalanish;
rasmlarni, uy-ro‘zg‘or buyumlarini ko‘zdan kechirayotganda, ularning nomlari, vazifalari va ba'zi xususiyatlarini bildiruvchi so‘zlarni to‘g‘ri ishlatish;
nutqda otlarni ko‘plikda to‘g‘ri ishlatish, sifatlarni ot bilan shaxs va sonda moslashtirish, fe'llarni o‘tgan va kelasi zamonda ishlatish;
o‘yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo‘yicha 2-3 ta gap tuza olish;
o‘yinchoqlar, turli buyumlar va fasllar bo‘yicha tasvirlovchi hikoya tuza olish;
buyumlarning (kiyim, idish-tovoq, mebel) nomini, belgisi va vazifalarini aytib, tarbiyachining savollari va namunalari asosida kichik-kichik tasviriy hikoyalar tuza olish;
yaxshi tanish bo‘lgan ertaklar mazmuni bo‘yicha savollarga javob berish, rasmlarga qarab ularning asosiy mazmunini ayta olish;
hikoyalarni tinglash va eshitgan, ko‘rganlariga nisbatan o‘z munosabatini bildirish, qo‘shimcha izohlab berishni so‘rash;
bir necha oddiy gaplardan o‘z bayonlarini shakllantirish;
kitobdagi rasmlarga asoslanib, adabiy asarning mazmunini so‘zlab berish;
muhokama qilish va savollar berish;
«r», «l» kabi ayrim tovushlarni talaffuz etishda ma'lum qiyinchiliklarga uchrashi mumkinligini hisobga olmaganda ovozli talaffuzni shakllantirish.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta'limiga quyidagicha yondashish lozim:
nutqni rivojlantiruvchi muhit yaratish;
bola bilan nutqni rivojlantiruvchi mashqlarni tkazish, didaktik o‘yinlarni ynash;
bolaga turli rasmlar, albomlarni ko‘rsatish;
bola bilan birga tavsiflovchi hikoyalarni tuzish;
bolaning ertaklarni tinglashini rag‘batlantirish;
bolaning boshqa odamlar bilan rolli o‘yinlar o‘ynashini rag‘batlantirish;
bolaga kitoblarni ovoz chiqarib o‘qib berish;
bolaga ko‘proq qiziqarli va kulgili hikoyalarni aytib berish;
bolaning she'r yodlab olishini rag‘batlantirish;
bolaning yaqin atrofidagi narsalar to‘g‘risida so‘zlab berishini rag‘batlantirish;
bolani imkoniyat bo‘lganda doimo suhbatlarga jalb qilish;
bolani ko‘rgan va eshitganlariga nisbatan o‘z munosabatini bildirish hamda o‘zi tushungan narsalarni bayon etishga rag‘batlantirish;
bolaga hikoyalar, ertaklarning boshi va eng muhim jihatlarini ajratishga yordam berish.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bola bilan munosabatlarda quyidagilarga rioya qilish lozim:
bolaga taqdim etiladigan material uning yosh xususiyatlariga mos kelishi zarur;
bolani so‘zlashishda shoshiltirmaslik;
mazkur yoshda hissiyotlar nutqdan ustun turishi sababo‘li, bola o‘zining nutqdagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etayotganda, uning qo‘liga biror-bir buyum berish kerak.
o‘qish va savod malakalarini egallash quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘qish va savod malakalari rivojlanishining talablari hisoblanadi,bosma materiallarga qiziqish bildirish, harflar va ramzlarni ajrata olish;
«so‘z», «tovush» so‘zlarini tushunish;
yozish ko‘nikmalarini o‘rganish quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘qish va savod malakalari indikatorlari hisoblanadi:
kitobdagi rasmlarga asoslanib, adabiy asarning mazmunini aytib berish;
asarning bir parchasini tinglab, bu qanday asarligini aytib berish;
she'rlarni yoddan o‘qib berish;
rasmga qarab, so‘z birikmalari, 2-3 ta so‘zdan iborat gap tuzish;
tez-tez uchratadigan ramzlar, so‘zlar, logotiplarni tanish;
kichikroq yoshdagi bolalar yoki o‘yinchoqlar uchun kitob o‘qib berishga taqlid qilish;
kitob o‘qib berilayotganida, sahifani gorizontal yo‘nalish bo‘ylab kuzatib borish;
rasmlarning ma'nosini anglab olish;
«so‘z», «tovush» so‘zlarini tushunish, ularni o‘yinlarda, amaliy mashqlarda qo‘llay olish;
so‘zdagi tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish;
oddiy chiziqlar, ilgaklar, belgilar nusxalarini kchirish;
o‘zining atrofidagi ob'ektlar yoki odamlarning rasmini chizish. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta'limiga quyidagicha yondashish lozim:
guruhda bolalar adabiyotidan iborat kichik kutubxona tashkil etish;
bolani qo‘g‘irchoq teatrlariga tez-tez olib borish;
bolani turli, jumladan nasriy, she'riy adabiyotlar, hikoyalar bilan tanishtirish;
bolaning ayrim bosma so‘zlar, ramzlarni tanishini rag‘batlantirish;
bolaning salohiyatini rivojlantiruvchi muhit yaratish;
bolaga yaxshiroq chizishi uchun yordam berish;
bolani varaqda yozilgan harflarni kchirishiga yordam berish.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning xavfsiz yashashi va harakatlanishi uchun quyidagilarga rioya qilish lozim:
bola yozish va o‘qishni xohlamasa, uni bunga majburlamaslik;
ko‘rish gigienasiga amal qilish;
bolani maxsus belgilangan ob'ektlarda rasm chizishga o‘rgatish
Bolalar bilan ishlash va o‘qituvchilik borasidagi o‘z tajribalarini Ye.A..Fleo‘rina «Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli so‘z» nomli maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi bilim yurtlari va institutlar uchun birinchi o‘quv qo‘llanmasida aks ettirgan (1933). Ushbu qo‘llanmaning asosiy bo‘limlari og‘zaki nutq, suhbat, badiiyo‘qishva bolalarga hikoya qilib berish hamda bolalarning o‘zlari hikoya qilib berishlariga bag‘ishlangan. Ayniqsa, Ye.A..Fleo‘rinaning badiiy asarga san’at asari sifatida katta e’tibor bergani, badiiy matnni o‘quvchiga yetkazishning turli usullarini, jumladan qilgan asar bo‘yicha suhbat o‘tkazish usulini ishlab chiqqanligi juda qimmatlidir.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiya berishning maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga mavofiq maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarini bajarishiga erishish. «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi.
«Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturi maktabgacha ta'lim bilan shug‘ullanadigan barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo‘lgan tayanch dasturi bo‘libhisoblanadi.
Dastur maktabgacha tarbiya nazaryasi va amaliyoti rivojlantirishdagi hamma yangiliklarni mujassamlashtirib mazkur yosh bosqichining inson jismoniy va ma'naviy rivojlanishdagi g‘oyat katta ahamiyatni ishonchli ravishda ko‘rsatib beradi.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang‘ich bosqichihisoblanadi va O‘zbekiston Respubo‘likasining «Ta'lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘g‘risida qonunlar talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim sog‘lom har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya mazmuni shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e'tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalrni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1998 yil 5 yanvadagi 5 son qarori bilan tasdiqlagan. «Davlat ta'lim standanrtlari haqidagi nizom»ga mavofiq belgilanadi. Davlat talablaridamaktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta'lim tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minemal talablar belgilab berilgan bo‘lib, u davlat hujjati sifatida e'tirof etiladi va barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari quyidagi bo‘limlardan iborat:
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang‘ich turihisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘g‘risida qonunlari talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta'lim – tarbiya oladilar. Ularning sog‘ligi mustaxkamlanadi o‘z – o‘ziga xizmat kursatish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ularda mehnatga muhabbat uyg‘onadi. Kattalarga hurmat vatanparvarlik tyg‘ulari tarbiyalanadi. Bolalar maktab ta'limi uchun tayyorgarlik ko‘radilar. Maktabgacha ta'lim muassasalari umumiy rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinflari bilan uzluksiz aloqani amalga oshirilishi lozim.
Maktabgacha ta'lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi. Bolalarni maktabda muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi.



Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish