Zbekiston respubulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish fanining


Yozuvga o‘rgatishning tashkiliy va gigiyenik shartlari



Download 0,84 Mb.
bet83/96
Sana05.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#740408
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   96
Bog'liq
ma\'ruza

Yozuvga o‘rgatishning tashkiliy va gigiyenik shartlari. Maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka bo‘lib, xattaxtaga yozishda bo‘rdan foydalaniladi.
Savod o‘rgatish davrida bolalarni yozuvga o‘rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog‘oz ishlatilgan bo‘lsa, keyin quyuq yotiq chiziqlar bilan kesil-uch chiziqli daftardan foydalanilgan:
Bunday daftarda yozuvga o‘rgatilgan boladan boshlang‘ich sinflarni besh xil daftarga yozishni o‘rganish talab etilar edi:
Hozirgi vaqtda yozuvga o‘rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo‘lishi talab qilinadi; 2-sinfda ba’zan 1-sinfda o‘quv yiuning ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziq daftarga yozishga o‘tiladi.
Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlari rioya qilishga, hartlarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq to‘g‘ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikni o‘rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o‘quvchilar «Yozuv daftari» bilan ishlaydilar. Sinfda o‘rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi yozish vaqtida 65° qiyalikda yozishni, buning uchun daftar parta ustiga 25° qiyalikda qo‘yilishini amaliy ko‘rsatib turadi.
Yozuv daftari bilan ishlash. Yozuv daftari asosida uyushtiriladigan yozuv darslarida o‘quvchilar asosan grafik malakalarni egallaydilai Yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish ham bevosita nutq hamda tafakkur faoliyati bilan bog‘liq. Shu sababli yozuv daftari ham savod o‘rgatish jarayoniga mos holda tuziladi.
Yozuv daftarida ta’lim beruvchi, o‘rganuvchi-tekshiruvchi tekshiruvchi mashqlar beriladi. Bu mashqlar bilan ishlash jarayonidi lug‘at ustida ishlash, to‘g‘ri talaffuz, og‘zaki suhbat, gap va so‘z tahlili, so‘z yoki bo‘g‘indagi yozilishi o‘rganiladigan harfni ajratish bo‘g‘inlarni biriktirish, tuzilgan so‘zlarni o‘qish va yozish kabi ish turlaridan foydalaniladi.
Yozuv daftarida o‘quvchilar «Alifbe»da o‘rganilgan harfni yozma shakllantiradilar. Suhbat uchun daftarning yuqori qismida predmet rasmi yoki biror mazmunli rasm keltirilishi, ayrim predmet nomlarini ifodalovchi so‘z chizmasi katakchalarga ajratib berilishi, gap nusxalar ining keltirilishi maqsadga muvofiqdir. Ba’zi o‘rinlarda o‘quvchilni berilgan gap yoki so‘z chizmasini o‘zlari mustaqil tasvirlaydilar.Predmet rasmi berilgan o‘rinlarda shu predmet nomi — so‘z bo‘g‘in-tovush jihatdan tahlil qilinadi, so‘zdagi tovushlar soni suhbat yo‘li bilan aniqlanadi va katakchalarda ranglar bilan belgilanadi.
Mazmunli rasm asosida gap chizmasiga mos gap tuziladi, keyin o‘sha gapning tahlili ustida ish olib boriladi.
Harflarning yozma shakli ularning bosma shakli bilan taqqoslash orqali tanishtiriladi.Yozuv daftarida tinish belgilar qo‘llangan. Ular shu belgi uchragan o‘rinlarda tanishtirib boriladi.Yozuvga o‘rgatishda o‘quvchilarning ko‘ruv, eshituv, qo‘l harakati sezgilarni ishga solish lozim. Shunda yozuv quniq yozuv bo‘lmay, ongli yozuvga aylanadi.Yozuvga o‘rgatishda orfografik elementlar. Orfografiya yunoncha so‘z bo‘lib, «to‘g‘ri yozuv» degan ma’noni bildiradi. Orfografiya (imlo) adabiy tilning yozma shakli bilan bog‘liq bo‘lib, to‘g‘ri yozish haqidagi qoidalar yig‘indisidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni ad-lil ine’yorlari asosida yozma ifodalab bo‘lmaydi. O‘quvchilarning imloviy savodxonligi haqida g‘amxo‘rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to‘g‘ri ifodalash, kishilar bilan o‘zaro xatosiz muomala qilish uchun |g‘amho‘rlik demakdir. Savod o‘rgatish davrida bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan birga imloga oid malaka ham shakllantiriladi.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar quyidagilarni amaliy tarzda o‘rganadilar:
a) talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarda tovush bilan harfning mosligini;
b) so‘zlarni alohida yozishni, ya’ni yozuv vositasida so‘zni ma’nosi sifatida ajratishni; (I) so‘zning satrga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab chirib yozishni (bunda bo‘g‘in hosil qilgan bir unli harfni qatorga chirib yozib bo‘lmasligini);
d) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh harming ishlatilishini.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarda o‘z-o‘zini tekshirishga oid malaka shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar, yo‘l qo‘ygan xatolarini topadilar, ularni izohlashga o‘rganadilar. Shu davrdanoq ko‘chirib yozish, diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan foydalaniladi .
Gap va so‘zlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam o‘tkazib boriladigan o‘z-o‘zini tekshirish mashqlari, o‘qilgan matnning imlosini kuzatish o‘quvchilarda yuqori savodxonlik garovi bo‘lgan fografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, ularni yuqori sinfda o‘rganiladigan imlo qoidalarini puxta o‘zlashtirishga tayyorlaydi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish