Yozuv darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish. Yozuv darslarida ham o‘quvchilar nutqini o‘stirish, fikrlashga o‘rgatish asosiy vazifalarda hisoblanadi. Yozuvga o‘rgatishning dastlabki kunlaridanoq bolalarni o‘z fikrini yozma ifodalashi muhim ekanligini, u insonlarning aloqa kirishuvida muhim vositaligini tushunishlariga erishish lozim. Buning uchun o‘quvchilar yozadigan birinchi so‘z ularning jonli nutqidan yo o‘zlari tuzgan gapdan olinishi kerak. Bu jarayonda ko‘chirib yozish diktant ijodiy yozuvdan so‘ng o‘tkaziladi. Bu yozma mashq turlari ning ongli bajarilishini, o‘quvchilarning bilish faolligini ta’minlaydi. Masalan, bolalar o‘qish darsida «Alifbe» da berilgan rasmga qarab gap yoki hikoya tuzadilar, yozuv darsida esa o‘sha gap yoki hikoyada ma’lum bir so‘zni yozadilar. Bu ular uchun ijodiy yozuv—inshodir. Keyinchalik o‘quvchilar alohida so‘z yozishdan kichik-kichik gaplar yozishga o‘tadilar.
O‘quvchilar gap yoki hikoyani og‘zaki ravishda erkin tuza oladilar lekin yozish uchun o‘rganilmagan harf bo‘lmagan so‘zni tanlashda qiynaladilar. Bu jarayonda o‘qituvchi yordam berishi va yozuvni kuzatib borishi lozim.
Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o‘tkazib, asta-sekin murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o‘quvchilarni insho va bayon yozishga tayyorlaydi, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga o‘rgatadi.Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o‘quvchilarning yozma nutqini og‘zaki nutqi bilan bog‘liq holda o‘stirishni ta’minlaydi.
Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozuv darslari
O‘qish va yozuv darslariga qo‘yiladigan talablar. Dars ta’limni asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod o‘rgatish darslari xilma-xil bo‘lishi, o‘quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qo‘ymasligi kerak.
Savod o‘rgatish davridagi o‘qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo‘lgan asosiy talablar mavjud:
1. Umumdidaktik talablar:
a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo‘lib, unda bironta axloqiy sifat o‘stirilishi lozim darsning ta’limiy maqsadi, ya’ni o‘quvchilar darsda qanday bilishi, nimani o‘rganishi, qanday ko‘nikma va malakalar o‘tirilishi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bo‘lishi aniq belgilab olinishi kerak;
d) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi va keyingi darslar bilan bog‘liqligi aniq belgilab olinishi zarur;
c) o‘tiladigan materialning xarakteri va ta’lim maqsadidan kelib chiqib dars uchun xilma-xil va qiziqarli metodik usullar va vositalar tanlanishi lozim;
f) dars davomida o‘quvchilarga differensial va individual yondashish, ishni barcha o‘quvchilarning imkoniyati, bilimi, ko‘nikma malakasi hamda fikrlash faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish kerak;
g) o‘quvchilarni aqliy mehnat (o‘qish) usullariga o‘rgatish, ularda maktabda o‘qish uchun kerakli ko‘nikmalarni hosil qilish zanir;
i) beriladigan material ilmiy, o‘quvchilar yoshiga mos va muvofiq bo‘lsin va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |